Özbekiston xalqiga bayram tabrigi
Qadrli vatandoşlar!
Siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiya milliy davlatçiligimiz, suverenitetimiz, şu kunga qadar erişgan barça yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etiş yölidagi saʼyharakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning jonajon Özbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz.
Albatta, bu yilgi bayram ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, mamlakatimiz rivojida alohida maʼno-mazmunga ega. Bu, avvalo, şu yil 30 aprelda milliy tariximizda birinçi marta umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilingani bilan boğliq, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Heç şubhasiz, tom maʼnoda xalqçil qomus bölgan Asosiy qonunimiz Yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan keng kölamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining mustahkam huquqiy kafolati bölib xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Özbekistonning beş ustuni, yaʼni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qatʼiy belgilab qöyildi, uning mazmuni tubdan takomillaştirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi.
Biz öz oldimizga qöygan ezgu maqsadlarga yetişda Asosiy qonunimizda muhrlangan barça qoida va tamoyillarni amalga oşirmoqdamiz. Jamiyatimizda Konstitutsiya va qonun ustunligini taʼminlaş, davlat organlari faoliyatini yangiça konstitutsiyaviy-huquqiy şaroitga mos holda yölga qöyişning ahamiyatini çuqur anglagan holda, bu borada tizimli işlarni boşladik. Xususan, Asosiy qonunimizdan kelib çiqib, amaldagi qonunlarimizni yangi konstitutsiyaviy normalar bilan uyğunlaştiriş yuzasidan jadal işlar olib borilmoqda.
Bu haqda söz yuritganda, qisqa muddatda 30 dan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlaştirilganini taʼkidlaş lozim.
Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyili – bu barqaror taraqqiyotning asosiy mezoni. Sönggi yillarda barça islohotlarimizni ayni şu tamoyil asosida amalga oşirdik.
Yurtimizda yalpi içki mahsulot hajmi oxirgi 6 yilda 1,5 martadan ortiq, tadbirkorlar soni 2 barobar va sanoatdagi ösiş 40 foizdan ziyod oşgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Şuningdek, joriy yilda ijtimoiy sohaga ajratilgan mablağlar 134 trillion sömni taşkil etib, 2016 yilga nisbatan 5,6 barobar köpaydi.
Keng kölamli va tizimli islohotlarimiz natijalari xalqaro maydonda ham keng eʼtirof etilmoqda. Jumladan, Özbekiston Korrupsiyaga murosasiz munosabat böyiça xalqaro indeksda 32 poğonaga, Matbuot erkinligi indeksida 28 poğonaga, Huquq ustuvorligi indeksida 13 poğonaga kötarildi.
Aziz döstlar!
Biz inson qadr-qimmati va manfaatlarini taʼminlaş böyiça boşlagan islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qatʼiy davom ettiramiz. Xalqimizning xohiş-irodasiga binoan Asosiy qonunimizda öz aksini topgan tamoyillarni töliq röyobga çiqarişimiz va hayotimizning ajralmas qismiga aylantirişimiz lozim.
Şu munosabat bilan oldimizda turgan eng muhim ustuvor vazifalarni qayd etmoqçiman.
Birinçidan, Konstitutsiyamizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deyilgan. Ana şu qoidadan kelib çiqib, fuqarolarning davlat va jamiyat boşqaruvidagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan islohotlarimiz izçil davom ettiriladi.
Ikkinçidan, Konstitutsiyani jamiyat hayotining barça jabhalarida töğridan-töğri va bevosita qöllaş amaliyotiga ötişimiz zarur. Şundagina xalqimiz Asosiy qonunimizning hayotbaxş kuçi va taʼsirini teran his etadi.
Bu borada barça davlat idoralari, jumladan, sudlar faoliyatida konstitutsiyaviy normalarni töğridan-töğri qöllaşni joriy etiş böyiça amaliy çoralar köriladi.
Uçinçidan, sud-huquq islohotlari yangi konstitutsiyaviy makonga uyğunlaştiriladi. Bu jarayonda sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga yönaltiriş ustuvor vazifa bölib hisoblanadi.
Törtinçidan, huquqiy taʼsir çoralarini qöllaşda mutanosiblikni taʼminlaş böyiça konstitutsiyaviy prinsipni röyobga çiqariş maqsadida qonun hujjatlaridagi 150 dan ortiq ana şunday çoralar töliq qayta körib çiqiladi. Jumladan, ayrim qilmişlarni jinoyatlar toifasidan çiqariş va jazo turlarini özgartiriş, fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan maʼmuriy javobgarlikni bekor qiliş borasida huquqiy islohotlar amalga oşiriladi.
Beşinçidan, Konstitutsiyamizda qatʼiy belgilab qöyilganidek, insonning şaʼni va qadr-qimmati daxlsiz bölib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid keladigan har qanday harakatlarga qarşi kuraşiş, heç şubhasiz, eng dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Uşbu yönalişda asosiy eʼtiborimiz bunday holatlarning oldini olişga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni joriy etişga, şuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili, Bolalar ombudsmani va boşqa inson huquqlari böyiça milliy institutlar faoliyatini takomillaştirişga qaratiladi.
Oltinçidan, barça islohotlarimizda inson va uning manfaatlari markaziy örinda turişi va xalqimiz farovonligi hamda qulay hayot keçirişini taʼminlaş davlat organlari uçun boş maqsad bölişi lozim. Sönggi yillarda şu maqsadda 300 ga yaqin davlat xizmatlari töliq raqamlaştirildi va aholiga 50 milliondan ortiq xizmatlar körsatildi.
Şu bois, fuqaro va davlat örtasidagi munosabatlarda mavjud byurokratik tösiqlarni keskin qisqartiriş hamda uşbu jarayonlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etiş böyiça işlarni izçil davom ettirişimiz kerak.
Yettinçidan, biz “Yangi Özbekiston – maʼrifiy jamiyat” konsepsiyasi asosida konstitutsiyaviy taʼlim masalasiga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Parlament tomonidan Konstitutsiyani öqib-örganiş böyiça Milliy faoliyat dasturi qabul qilindi. Asosiy qonunimizni örganişni bolalar boğçasidan boşlaş, barça darajadagi taʼlim muassasalari, aholining turli qatlamlari, ayniqsa, davlat xizmatçilari uşbu jarayonga töliq jalb etilişi lozim. Şuning uçun davlat xizmatiga işga kirişda Konstitutsiya asoslari böyiça imtihonlar ötkaziş tizimini amalda tatbiq etişimiz zarur.
Sakkizinçidan, Konstitutsiya va qonun ustunligini taʼminlaşda davlat organlari va mansabdor şaxslarning jamoatçilik oldidagi hisobdorligini oşiriş muhim ahamiyatga ega. Bu masalada fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor beramiz. Xususan, sönggi yillarda nodavlat notijorat taşkilotlarning soni qariyb 40 foizga oşdi va ularni qöllab-quvvatlaşga 700 milliard sömdan ortiq mablağ yönaltirildi.
Şu bilan birga, fuqarolik jamiyatining muhim şarti bölgan jamoatçilik nazoratini kuçaytirişimiz lozim hamda nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda ijtimoiy hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça aniq amaliy çoralarni körişda davom etamiz.
Aziz va muhtaram vatandoşlar!
Dunyoning turli mintaqalarida ziddiyat va qarama-qarşiliklar, qurolli töqnaşuvlar tobora avj olib bormoqda. Oldimizda yangi-yangi muammolar paydo bölmoqda. Hozirgi öta murakkab va tahlikali vaziyatda barçamiz yanada birlaşişimiz kerak. Tanlagan yölimizdan qatʼiy olğa borişimiz zarurligini asrlar davomida köplab oğir sinov va maşaqqatlardan munosib ötgan mard va donişmand xalqimiz albatta yaxşi tuşunadi.
Aminmanki, Özbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi biz uçun bu yölda ulkan işonç, kuç-ğayrat va ilhom manbai bölib xizmat qiladi.
Biz Asosiy qonunimizga tayangan holda, mana şunday noyob Konstitutsiyamizning asosiy ijodkori bölgan köpmillatli, bağrikeng va olijanob xalqimiz bilan birga ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!
Yangi Özbekistonni barçamiz birgalikda barpo etamiz!
Siz, aziz vatandoşlarimni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor çin dildan qutlab, hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Barça ezgu işlarimizda Yaratganning özi madadkor bölsin!
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bölsin!
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
