XORIJDAGI VATANDOŞLAR: Yangi yil yurtimizga yanada farovonlik yili bölib kelsin!
Şu kunlarda dunyoning turli burçaklarida bölgan vatandoşlarimiz Özbekiston xalqiga kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan özlarining dil qutlovlarini yöllamoqda. Vatandan olisda bölgan yurtdoşlarimiz öz tabriklarida ahillik va hamjihatlikni namoyon etib, yurtimizga hamda xalqimizga samimiy mehr va sadoqatlarini izhor etmoqda.
Buyuk Britaniyada yaşayotgan faol vatandoşimiz
Zamira ORTIQOVA:
— Barçangizni yaqinlaşib kelayotgan 2024 yil bilan xorijdagi, xususan, Britaniyadagi vatandoşlar nomidan çin dildan muborakbod etaman.
Hammamizning niyatimiz, tilagimiz bitta: u ham bölsa yurtimizda yaşayotgan har bir oila, har bir inson barça ezgu murod-maqsadiga yetsin. Jonajon Özbekistonimiz hamişa gullab yaşnasin, yurtimiz tinç bölsin.
Kirib kelayotgan yangi 2024 yil ona diyorimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin.
Malayziyadagi vatandoşimiz, kinoaktyor,
Daler HAMROQULOV:
— Men Malayziyada 10 yildan buyon yaşayman. Hozirgi vaqtda aktyor sifatida mehnat qilaman.
Köplab vatandoşlarimiz qatori mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi tomonidan ötkazilgan Yangi yil keçasida iştirok etdim.
Fursatdan foydalanib, Özbekiston xalqi va Malayziyadagi vatandoşlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman. Kelayotgan yangi 2024 yil barçaga baxt, omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Fransiyaning “ESAM Paris business school” magistranti
Humoyun BOBOYEV:
— Aziz yurtdoşlarimizni Fransiyadagi Özbekiston yoşlari nomidan kelayotgan yangi 2024 yil bilan çin yurakdan muborakbod etaman.
2023 yil Fransiyadagi özbekistonlik yoşlar uçun ham sermahsul yil böldi. Jumladan, bahor faslida “O‘zbekistonlik. Generating Ideas” xalqaro forumi, yozda esa Özbekiston Prezidenti sovrini uçun kuraş musobaqasi va boşqa bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi.
Öylaymanki, 2024 yil ham yangi loyihalar va yangi rejalarga boy böladi.
Yangi yil yurtimizga sermahsullik va farovonlik yili bölib kelsin. Barça sohalarda barqaror rivojlaniş, yangi yutuq va muvaffaqiyatlarni qölga kiritiş nasib etsin!
Pekin xorijiy tillar universiteti talabasi
Usmonxon MASUDXON:
— Sönggi yillarda mamlakatimiz salmoqli yutuqlarga erişdi. Köpgina sohalar qatori taʼlim yönalişiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Biz kabi yoşlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda xorijning nufuzli oliy taʼlim dargohlarida öqib, ilm örganayapmiz.
Men hozirgi kunda Xitoyda taʼlim olayapman. Maqsadim — Xitoyning taʼlim sohasidagi tajribasini mukammal örganib, mamlakatimizda uşbu sohani yanada rivojlantirişga hissa qöşişdan iborat.
Novosibirsk davlat universiteti magistranti,
Şohrux MADRIMOV:
— Barça vatandoşlarimizni Novosibirsk şahrida taʼlim olayotgan özbek talaba-yoşlari nomidan kirib kelayotgan 2024 yil bilan muborakbod etaman.
Yakunlanib borayotgan 2023 yil – “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” biz yoşlarning hayotimizda yorqin iz qoldirmoqda. Yil davomida biz yoşlarga berilgan eʼtibor, ayniqsa, taʼlim olişimiz uçun yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida katta yutuqlarga erişdik.
Insonga va sifatli taʼlimga berilayotgan eʼtibor natijasida biz yoşlar mamlakatimizning xalqaro nufuzini yuksaltirişga öz hissamizni qöşayapmiz.
Fursatdan foydalanib, xorijda taʼlim olayotgan tengdoşlarimni, vatandoşlarimizni, şuningdek, Özbekistonda bizni doimiy qöllab-quvvatlab kelayotgan fidoyi insonlarni Yangi yil bilan tabriklab, ularning barçasiga tinçlik va ravnaq tilayman.
Yangi kirib kelayotgan 2024 yil barçaga baxt va quvonç olib kelsin, yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin!
“Dunyo” AA.
