“JADID”NING ILK SONINI O'QIDINGIZMI?

Gazeta lotin va kirill alifbolarida chop etildi. Jami adadi 17 156 nusxa. Shundan, lotin yozuvidagisi 12 356, kirill yozuvidagisi 4800 nusxada nashr etildi.

Ushbu gazeta Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi negizida tashkil etildi. Nashr muassislari — O'zbekis­ton Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akade­miyasi, Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hisoblanadi.

Gazetaning ilk nishona sonida Davlatimiz rahbarining xalqimizga Yangi yil tabrigi, Prezidentimizning “Jadid” gazetasi jamoasi va mushtariylariga yo'llagan tilagi, shu yilning 22 dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi Prezidentimiz nutqidan iqtiboslar, shuningdek, “Davr ruhi”, “Oina”, “Jamiyat”, “Fikr maydoni”, “Tamaddun”, “Boqiy meros” singari sahifalarida xalqimizning taniqli ziyolilari bo'lgan Ibrohim G'afurov, Hamidulla Boltaboyev, Bahodir Karimov, Olimjon Davlatov, Xurshida Qo'chqorova, Shahnoza Nazarovalarning rang-barang maqolalari, mushohadalari o'rin olgan. Shubhasizki, nashrda jadid bobolarimizdan Behbudiy, Avloniy, Cho'lpon va Qodiriylar ijodidan namunalar e'lon qilingan. Bundan tashqari, yosh iqtidorlarning ijod namunalariga ham o'rin berilgan.

O'ylaymizki, “Jadid” xalqimiz ziyolilarining sevimli minbariga, hur fikrlarga ishtiyoqi baland yurtdoshlarimizning eng o'qishli, qiziqarli nashrlaridan biriga aylanadi.

M.TO'RAYEV

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fifteen − seven =