Muhim va dolzarb tadqiqot

Yaqinda “Zamin nashr” naşriyotida şarqşunos, tarix fanlari nomzodi Xurşid Fayziyevning “Şohrux Mirzo taşqi siyosatida Daşti Qipçoq va Möğuliston” nomli qimmatli tadqiqoti çop etildi. Kitob söz boşi (3-4-betlar), Şohrux Mirzo töğrisidagi tarixiy oçerk (5-14-betlar), keyingi ikki qismda (15-39- va 40-70-betlarda) Daşti Qipçoq va Möğuliston bilan bölgan diplomatik munosabatlar örin olgan. Asar ixçam (71-72-betlar) xulosa bilan yakunlangan. Unda Temuriylar saltanati taşqi siyosati va diplomatiyasining juda muhim jihati — XV asrdagi ulkan saltanat va yaqin qöşni hudud örtasidagi siyosiy, diplomatik munosabatlar tadqiq etilgan. Tadqiqot mavzusining muhim va dolzarb jihatlaridan biri şuki, bugungi Özbekistonning yaqin qöşnilari — avvalgi Daşti Qipçoq hududi Qoğoziston, öşa davrdagi Möğuliston esa Qirğiziston hududlarini qamrab oladi.

Ötmiş xalqlar tarixini birlamçi yozma manbalarga asoslangan holda, har tomonla tadqiq etiş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisob­lanadi. Şu jumladan, yurtimiz ötmişining ajralmas qismi bölgan Amir Temur va Temuriylar davri tarixini çuqur örganiş va uni tarğib etiş özbek fanining ustuvor vazifalaridan biridir.

Öz davri uçun ulkan saltanat yaratib, qitʼalararo xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlar, madaniy aloqalarni rivojlantirgan, adolat tamoyillariga tayanib davlat boşqargan buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda Amir Temur va uning avlodlari bölgan Temuriylar davri tarixi nafaqat yurtimiz, balki butun jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umumeʼtirof etilgan davr sifatida tadqiqotlar ötkazişni taqozo etadi.

Xurşid Fayziyevning “Şohrux Mirzo taşqi siyosatida Daşti Qipçoq va Möğuliston” nomli kitobi ana şunday tadqiqotlardan biridir.

Amir Temur vafoti (1405)dan keyin 1409 yilgaça Temuriylar saltanatida Mironşoh Mirzo, Şohrux Mirzo, Xalil Sulton, Mirzo Pirmuhammad va boşqalar örtasida taxt uçun kuraş olib borilgan. Natijada ulkan saltanat inqirozga uçraş arafasida bölgan. Bunday qaltis vaziyatda poytaxti Hirot bölgan Xuroson podşohi — Amir Temurning törtinçi öğli Şohrux Mirzo asta-sekin saltanat hokimiyati tepasiga kelgan va uning asosiy xatti-harakati saltanat hududi birligi va asosiy qudratini saqlab qoliş, tiklaş bölgan. U kuçli markazlaşgan saltanatning asosini saqlab qoliş yölida kuraşdi, mamlakatni birlaştirişdan manfaatdor bölgan kuçlarni bir joyga töplab, ular bilan birgalikda özboşimça amirlik­lar, markazlaşişga zid harakatlarga, mamlakatni parçalangan holatda saqlaşga intiluvçilarga, özaro uruşlarga undovçilarga qarşi muvaffaqiyatli kuraş olib bordi.

Uşbu kitobda Şohrux Mirzoning dunyoga kelişi, yoşligi, 1397 yilda Xurosonga noib etib tayinlanişi, 1405 yilda Xuroson poytaxti Hirot şahrida taxtga ötirişi va 1409 yilda Movarounnahr uçun olib borgan kuraşlari qator yozma manbalar, xususan, Nizomiddin Şomiyning, ibn Arab­şohning “Amir Temur tarixi”, Fasih Ahmad Xavofiyning “Mujmali Fasihiy”, Şarafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai saʼdayn va majmai bahrayn”, Ğiyosiddin ibn Humomuddin Xondamirning “Habib us-siyar fi axbori afrodi başar” asarlari va zamonaviy tadqiqotlar asosida amalga oşirilgani bilan qimmatlidir.

Qariyb beş yil mobaynida Temuriylar davlatining markazida keçgan siyosiy kuraşlar natijasida öz mavqeini mustahkamlab olgan Şohrux Mirzoning oldida saltanatning içki boşqaruv tizimini tartibga soliş, çegaralarni mustahkamlaş va qöşni davlatlar bilan siyosiy munosabatlarni yölga qöyiş kabi nihoyatda murakkab vazifani amalga oşiriş turar edi. Zero, eng yaqin qöşnilardan biri bölgan Çingiziylar hukmronlik qilayotgan Möğuliston va Daşti Qipçoq hududidagi siyosiy kuçlar bilan munosabatlarni tartibga soliş, mazkur joylarda saltanat manfaatlarini himoya qiliş, uning xavfsizligini taʼminlaş kabi strategik ahamiyatga ega vazifalarni hal qiliş öta dolzarb ahamiyat kasb etgan edi.

Şohrux Mirzo Xurosondan taşqari Movarounnahrda mustahkam mavqega va qator siyosiy muvaffaqiyatlarga erişgani, taşqi siyosatda çegaradoş davlatlar bilan ehtiyotkor munosabatda bölganligi, Daşti Qipçoq hukmdoriga nisbatan yuritgan öziga xos siyosati va Oltin Örda hukumati bilan iliq munosabatlarni örnatişga intilişining sabablari tadqiqotda keng yoritilgan. Şohrux Mirzo davrida Daşti Qipçoqqa nisbatan keng qamrovli harbiy yurişlar amalga oşirilmay, asosan, bu yerdagi Çingiziy sulolalarni diplomatik yöl bilan jilovlab turişga erişilgani işonarli dalillar asosida oçib berilgan.

Tadqiqotning ikkinçi qismida Şohrux Mirzoning Möğulistonga nisbatan tutgan siyosati tahlil qilinişi bilan birga Amir Temurning mazkur hududda olib borgan siyosati tarixiga ham töxtalib ötilgan. Bu esa öquvçiga nafaqat Şohrux Mirzo, balki Amir Temur siyosati haqida köplab maʼlumotga ega böliş imkonini beradi. Risolada manbalar asosida keltirilgan maʼlumotlarga köra, Şohrux Mirzoning harbiy strategik maqsadlarni közlab Möğuliston hukmdorlariga nisbatan olib borgan siyosati natijasida möğullar Movarounnahrning şimoli-şarqiy hududlariga talonçilik bosqinlarini muvaffaqiyatli amalga oşira olmagani, Şohrux Mirzo hukmronlik qilgan davrda Movarounnahr mintaqasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanişida hamda Xitoy bilan diplomatik munosabatlarning yuqori darajada amalga oşirilişida muhim omil bölib xizmat qilganini körişimiz mumkin.

Kitobda Temuriylar davri diplomatiyasi tarixi bilan qiziquvçi keng kitobxonlar uçun qimmatli maʼlumotlar jamlangan bölib, ular, asosan, öşa zamondagi qimmatli yozma manbalardan olingan va tadqiq etilgan. Şuning uçun ham uşbu muhim va qimmatli tadqiqotni temurşunoslikka qöşilgan muhim hissa deb baholaş mumkin.

Abdumajid MADRAIMOV,

ÖzFA Temuriylar tarixi

davlat muzeyi katta ilmiy xodimi,

tarix fanlari doktori, professor,

Şahnoza MIRALIYEVA,

ÖzFA Temuriylar tarixi

davlat muzeyi bölim mudiri,

tarix fanlari böyiça falsafa doktori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan