“Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobining ilk nusxasi çop etildi
Özbek jurnalistikasi uzoq va boy tarixga ega. Bu tarixni tadqiq etiş, milliy jurnalistikamizning şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlari haqida kengroq maʼlumotga ega böliş, har bir davrning eng yaxşi jurnalistik materiallarini kelgusi avlodga yetkaziş muhim masala.
Töğri, şu paytgaça media sohaga doir köplab darslik va qöllanmalar, milliy jurnalistikamiz şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlariga oid maʼlumotlar örin olgan kitoblar naşr etilgan. Ammo ayni kunga qadar özbek jurnalistikasi antologiyasi yaxlit holatda yaratilmagan edi.
Bir neça yil avval ham mazkur işni amalga oşiriş uçun harakatlar bölgan, lekin muayyan sabablarga köra, iş har doim yakunlanmay qolaverardi.
Prezidentimizning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023 yillarda ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturida “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobini naşrga tayyorlaş belgilangan edi. Şu asosda zarur mablağ ajratildi. Natijada tarixiy kitob — milliy jurnalistikamiz antologiyasini yaratiş imkoni tuğildi.
Yuqorida taʼkidlangan dasturda qayd etilganidek, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi masʼullari hamkorligida işga kirişildi. Dastlab uşbu muhim kitobni naşrga tayyorlaş masalasi soha olimlari, ustoz va tajribali jurnalistlar, media uçun kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari iştirokida keng muhokama qilindi, işçi va ijodiy guruhlar şakllantirildi. Mahalliy va xalqaro tajribalar örganildi.
Örganişlar, bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobini naşrga tayyorlaş böyiça reja işlab çiqildi. Unda belgilanganidek, yaratiladigan antologiya “Qadimgi davr jurnalistikasidan lavhalar”, “Örta asrlar adabiyoti — milliy jurnalistika şakllanişi va takomilining asosi”, “Jadidlar va Ikkinçi jahon uruşigaça bölgan davr”, “Özbekistonning Ikkinçi jahon uruşi davri jurnalistikasi”, “Turğunlik davri jurnalistikasi: murakkab siyosiy jarayon va matbuotdagi evrilişlar”, “Qayta quriş va oşkoralik davri”, “Mustaqillik davri özbek matbuoti”, “Mustaqillik yillari televideniyesi va radiosi”, “Mustaqillik davri internet jurnalistikasi” davrlarini öz içiga olişi kerak, degan töxtamga kelindi. Har bir davrga oid materiallarni tayyorlovçi işçi guruh aʼzolari va rahbarlari tayinlandi.
Bir söz bilan aytganda, uşbu kitob jildlarini naşrga tayyorlaş oson keçmadi. Iş jarayonida arxiv va kutubxona fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjat va gazetalardan fotonusxalar, turli davrlarda çop etilgan eng sara publitsistik maqolalar, oçerk va felyetonlardan namuna va parçalar olişga töğri keldi. Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi masʼullari bu borada yordamini ayamadi.
Uzoq vaqt izlaniş va hamkorlikda qilingan mehnat natijasida 2 jildli “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobi naşrga tayyorlandi. Mazkur antologiyaga milliy jurnalistikamiz şakllaniş bosqiçlariga doir eng muhim maʼlumotlarni kiritişga harakat qilindi. Ilk nusxasi çop etilgan uşbu kitobning har bir jildi yaqin vaqt içida “Özbekiston” naşriyoti tomonidan ming nusxadan naşr etiladi.
Antologiyada kamçilik va noaniqliklar, sohada öz örniga ega yoki milliy jurnalistikamiz rivojiga katta hissa qöşgan baʼzi ustozlar kitobga kirmay qolgan bölişi mumkin. Uyuşma bu boradagi işni davom ettirib, mazkur kitobning 3 va 4 jildlarini ham naşr etişni maqsad qilgan. Demak, öşa kamçiliklar örnini töldiriş, milliy jurnalistikamiz va uning çin fidoyilari va ustozlari haqida töliq maʼlumot beradigan bir neça jildli kitob dunyoga keladi.
Milliy jurnalistikamizning rivojlaniş bosqiçlari bilan boğliq muhim va qimmatli maʼlumotlar jamlangan “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” yurtimiz ommaviy axborot vositalari vakillari, ijodkorlar, tadqiqotçilar, jurnalist kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasalari öqituvçi-talabalari uçun muhim manba bölib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Xolmurod SALIMOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi raisi
vazifasini bajaruvçisi
“Yangi Özbekiston” gazetasining 2025 yil 15 mart,
53-sonidan olindi.
