Dolğali davr keçmişlari
Mamatqul Hazratqulovning ketma-ket naşr etilgan ikki kitobi – “Varaqsiz daftar” va “Qirğoqsiz daryolar” – özbek adabiyoti, özbek badiiy publitsistikasi hamda özbek memuarçiligi rivojiga qöşilgan munosib hissa böldi, deb öylayman. Zahmatkaş adib, mohir publitsist, taniqli siyosat va jamoat arbobi, ustozimiz Mamatqul akani bu ijodiy muvaffaqiyati bilan çin dildan tabriklayman.
Ayni paytda, uşbu ikki töplamni yuksak kitobat sanʼati talablariga binoan çop etgan “Oltin meros press” naşriyoti hamda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasini öqişli yangi naşrlari bilan tabriklasak arziydi.
“Varaqsiz daftar” va “Qirğoqsiz daryolar” – şubhasiz, astoydil öqiladigan, fikrlaşga va mulohazaga çorlaydigan noyob kitoblardir.
Noyobligi nimada?
Avvalo, qamrovining kengligida. Oz emas-köp emas, yarim asr, balki undan ham köproq davr voqealari qamrab olinganida. Ötgan epoxaning quruq bayoni emas, adabiyotdagi, sanʼatdagi, siyosatdagi, umuman, ijtimoiy hayotdagi jarayonlarning insonlar taqdiridagi inʼikosida, maroq bilan tasvirlanganida.
Yana bir muhim jihati – samimiyligida. “Varaqsiz daftar”da jamlangan xotiralarni maza qilib öqiysiz. Unda içakuzdi hangomalar, nozik kuzatişlar, ibratli hikoyalar, kutilmagan xulosalar – hammasi bor. Hammasi bir insonning eslaşga, roviyligiga munosib, ajoyib va ğaroyib keçmişlaridir.
Kimlar öz keçmişlari haqida yozişi va yozganlari boşqalarning eʼtiborini tortişi mumkin? Ayonki, dolğali davrlarda yaşab, unutilmas voqealarga, ulkan tarixiy evrilişlarga guvoh va bevosita iştirokçi bölgan şaxslar. Mamatqul akaning boşidan ötgan voqealarga, kitoblaridan joy olgan yodnomalariga havasingiz kelişi tayin.
Bu ikki kitob Vatanimizning yaqin ötmişdagi tarixi, adabiyoti, sanʼati, falsafasi, xalqimizning istiqlolga erişiş va mustaqillikni mustahkamlaş yillaridagi hayoti, yutuqlari, çekkan iztiroblari haqidagi badiiy, ayni paytda, öziga xos hujjatli solnomalardir. Tarixni insonlar yaratadi. Milliy taraqqiyotimizga öz ijodi va amaliy faoliyati bilan katta hissa qöşgan uluğlarimiz haqidagi öqişli hikoyalar jamlangan bu töplamlarga.
Uşbu majmualar – köpni körgan, irodasi mustahkam, el-yurt işida qoyim, fidoyi va donişmand adibning, yirik arbobning mozaika şaklida bitilgan, lekin kitobda yaxlit bir butunlik kasb etgan ğoyat jozibali memuaridir.
Özbekning ne-ne adiblari, olimlari, sanʼatkorlari, ulamolari, yaʼni, ziyolilari öz ilmiy-ijodiy işini çetga surib qöyib, umrini saltanatu siyosatga – Vatanimizning davlat mustaqilligini mustahkamlaş işiga bağişlaganini yaxşi bilamiz.
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov – çekiga ana şunday buyuk sinovlar tuşgan, milliy istiqlolimizni yelkasida opiçlab katta qilgan fidoyi avlodning kamtarin vakillaridan. Bu avlod istiqlolimizning avvalidagi ğoyat qaltis davr yukini – milliy davlatçiligimizni tiklaş va mustahkamlaşdek ulkan masʼuliyatni öz zimmasiga oldi. Xatolardan çöçimadi va el-yurtimizga, kelajak avlodlarga bebaho xazina hadya qildi. Öşa xazinaning nomi boy tajriba, tarixiy xotira va istiqlol işiga sidqu sadoqatdir.
Mamatqul aka kitoblarining mutolaasi öquvçini ana şu ulkan xazinadan keng bahramand etadi.
“Varaqsiz daftar” – milliy memuarçiligimizdagi şaklan va mazmunan yangi yönalişning boşlanişi. Muallif ijodiy mehnatining vijdon sarhisobi. Bilamizki, köpgina arboblarimizning xotiralarini öqişning özi azob. Soliq idorasiga taqdim etiladigan hisobotdan farqi kam.
Men Mamatqul aka bilan uzoq yillar birga işlaş nasib etgan qalamkaş sifatida u kişining yangi kitoblarida darj etilgan voqea-hodisalarning köplaridan xabardorman. Binobarin, kitobga jamlangan asarlarning aksariyatini siyohi qurimasidan öqiganman. Muallif kitobxonga aql örgatmaydi. Nasihat qilmaydi. Göyo u bilan guftigö qilib gurunglaşadi.
Mamatqul aka haqida gap ketar ekan, u kişini iş odami, barakali, serhafsala inson, degim kelaveradi. Bu fazilatlarning siri nimada? Masʼuliyatda, zahmatda! Öz kasbiga, Vataniga, xalqiga, adabiyotga mehrida, sadoqatida. Qayerda, qaysi işga qöl urmasin, bor mehrini berib, çin ixlos bilan mehnat qilişida.
Adibning mutolaasevarlarga taqdim etilgan yangi kitoblari ana şunday ulkan mehr, çin ixlos va katta hafsalaning mevalaridir.
“Qirğoqsiz daryolar”dan joy olgan esselarda hayoti va faoliyati haqida hikoya qilingan atoqli yozuvçilar, maşhur sanʼatkorlar, taniqli jamoat va siyosat arboblarining safi ançagina keng. Şunday uluğlar qatoridan marhum Nizom Komilov, Asad Dilmurodov, Otayor Nahanov kabi ğoyat kamtarin, behad kamsuqum, çumolidek zahmatkaş adiblarga ham joy berilganini körib, muallifdan minnatdor bölasiz.
Mamatqul aka Hazratqulovning yangi kitoblari, boşqa asarlari kabi, qölma-qöl bölib öqilişiga, talay maqolalar va ilmiy tadqiqotlarga asos bölişiga işonaman.
Qulman OÇIL
