“Turonbank”ning Nukusdagi loyihalari!

O'zbekiston moliya bozorida 33 yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda respublika bo'yicha o'zining 21 ta bank xizmatlari markazi va 70 dan ziyod ofislari orqali 622 ming nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Ayniqsa, so'nggi yillarda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng qamrovli transformatsiya jarayonlari natijasida bank faoliyatida raqamli texnologiyalar joriy etilib, mijozlarga yanada qulay va tezkor bo'lgan takliflar taqdim etilmoqda. Bu o'zgarishlarni “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining har bir bo'linmasida sezish mumkin.

Xususan, 33 yildan buyon qoraqalpoq xalqiga beminnat xizmat qilib kelayotgan “Turonbank”ning “Qoraqalpog'iston Respublikasi” bank xizmatlari markazi so'zimizga isbotdir. Ayni vaqtda u o'ziga qarashli 4 ta ixcham va samarador bank xizmatlari ofisi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirib kelmoqda.

OAV vakillari ishtirok etgan press-tur tadbirida ushbu markaz bilan hamkorlikda o'z faoliyatini rivojlantirib kelayotgan ishbilarmonlarning muvaffaqiyatli lo­yihalari haqida to'liq ma'lumot berildi.

Dastlabki manzil — Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan “Kardar academy school” xususiy maktabi bo'ldi. 2016 yilda o'quv markazi sifatida ish boshlagan korxona Davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan sharoitlar natijasida 2020 yilda yirik ta'lim muassasasini ishga tushirdi. Bugungi kunda mazkur zamonaviy maktabda bosh­lang'ich va katta sinflar mavjud bo'lib, ularda 330 nafar bola ta'lim va tarbiya olmoqda. Ahamiyatli jihati, ushbu xususiy maktab matematika, informatika va ingliz tili fanlarini chuqur o'rgatishga ixtisos­lashgan bo'lib, bu yerda Buyuk Britaniyaning “Cambrindge Assessment” metodikasi orqali ta'lim beriladi. O'quvchilarga kun davomida 3 mahal sifatli mahsulotlardan tayyorlangan issiq ovqatlar berib boriladi. Asosiy darslardan so'ng esa “Mental arifmetika”, “Shaxmat”, “Ingliz tili”, “Raqs”, “Xitoy tili” kabi to'garaklar tashkil etilgan. Xususiy maktabga 60 nafar taj­ribali pedagog jalb etilgan bo'lib, ularning qariyb 70 foizi oliy toifali o'qituvchilardir. “Turonbank”ning “Qoraqalpog'iston Respublikasi” bank xizmatlari markazi bilan hamkorlik esa maktabning yanada rivojlanishiga turtki berdi. Albatta, bu kabi ishlarni amalga oshirishda Davlatimiz rahbarining “Nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori xuquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, press-tur davomida OAV vakillari xususiy maktabni yaratgan tadbirkorning navbatdagi loyihasi, ya'ni “Kardar” nomi ostida turli xildagi eshik va romlar ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Berilgan ma'lumotlarga qaraganda, 2012 yil Nukus shahrida ish boshlagan “Kardar” brendi yog'och va temir eshik-romlar, yumshoq mebellar va temir buyumlari ishlab chiqarish, shuningdek, kalennыy oynaga ishlov berish faoliyati bilan shug'ullanadi. Qariyb 2 gektar maydonda bugun 10 dan ortiq ishlab chiqarish bo'limlari mavjud bo'lib, umumiy hisobda 300 nafar xodim mehnat qilmoqda. Temir, taxta va shishaning 100 dan ortiq turlari mavjud. Yiliga 20 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati qariyb 1,5 mln. AQSh dollari bo'lib, shundan 1 mln. AQSh dollari “Turonbank” “Qoraqalpog'iston Respublikasi” bank xizmatlari markazining krediti hisoblanadi. Moliyaviy ko'mak evaziga Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kelingan. Mahsulotlarni qo'shni davlatlarga eksport qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Bank loyihalari orasida jurnalistlarni qiziqtirgan yana bir korxona bu Nukus shahridagi eng tajribali va taniqli xususiy ta'lim muassasasi “Kinderland Nukus” xususiy bog'cha va maktab loyihasi bo'ldi.

2014 yilda kichik binoni ijaraga olib, 12 nafar bola va 4 nafar pedagog bilan ish boshlagan xususiy bog'cha bugunga kelib, o'zining shaxsiy kampusida 350 dan ziyod bolalarga ta'lim va tarbiya bermoqda. Ya'ni, “Kinderland Nukus” nafaqat bog'cha, balki xususiy maktabga ham aylandi. 1 sinfdan 11 sinfgacha bo'lgan bosqichlarda 170 nafarga yaqin bolalar o'qitilmoqda. Shuningdek, yana 150 nafari bog'chada tarbiyalanayapti. Ularga 20 nafarga yaqin pedagog ta'lim bermoqda. Ularning barchasi oliy toifali mutaxassislar hisoblanadi.

“Kinderland Nukus” loyihasining asoschisi va rahbari Nigarxan Allanazarovaning so'zlariga ko'ra, 2017 yilda “Turonbank” “Qoraqalpog'iston Respublikasi” bank xizmatlari markazi bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijasida korxona yangi bino sotib olish, ularni ta'mirlash va zaruriy jihozlar bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'ldi. Nafaqat bog'cha, balki maktab faoliyati ham yo'lga qo'yildi. Umumiy hisobda 2017 — 2023 yillar davomida bank tomonidan “Kinderland Nukus” loyihasiga 3,6 mlrd so'mlik kredit ajratildi.

Press-turning so'nggi manzili Nukus shahridagi sanoat zonasida joylashgan, qurilish uchun shisha tolasidan tayyorlangan zamonaviy sanoat to'rlari (setka) va shisha tola mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asadbek Glass Fiber” korxonasi edi.

Bu manzildagi loyihaning umumiy qiymati 1 mln. AQSh dollari bo'lib, bugungi kunda korxona kuniga 2000 kvadrat-metr, yiliga esa 600 000 kvadrat-metr shisha tolasidan qurilish setkasi tayyorlamoqda.

Korxona rahbari Baxram Allabergenovning ta'kidlashicha, odatda, bunday mustahkam zichlikdagi qurilish to'rlari yurtimizga Xitoydan import qilingan. Yaratib berilgan sharoit va moliyaviy ko'mak natijasida bu mahsulotlar endi o'zimizda mahalliylashtirilmoqda. Buning zamirida esa Davlatimiz rahbarining “Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etayapti.

“Turonbank” ATB

Axborot xizmati.

Reklama huquqi asosida.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

16 + sixteen =