“Boburnoma” naşrlari
Heç şubha yöqki, “Vaqoye”, “Voqeoti Boburiy”, “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tavorixi Boburiy”, “Tuzuki Boburiy” yoki “Boburnoma” şahanşoh Bobur tomonidan turkiy tilda yozilgan mumtoz badiiy yodgorliklardan biri bölib, adabiy va tarixiy qimmatga ega bölgan asarlar içida eng yuqori örinni egallaydigan manbadir. U ötmiş tariximiz, maʼnaviy qadriyatlarimiz, qolaversa, umuman Markaziy Osiyo va Hindiston, Afğoniston va Pokiston mamlakatlari tarixini örganişda muhim tarixiy manba hisoblanadi. Şu bois ham bu asar XVI asrning özidayoq boşqa tillarga tarjima qilina boşlangan. Ingliz tarixçisi Elfingstoun bu asarni “Osiyo tarixini haqqoniy yoritgan asar” deb baholagan. Ikkinçi ingliz tadqiqotçisi Leyn Poulning taʼbiriça: “Agar biron tarixiy hujjatni boşqa guvohliklarsiz ham haqqoniy deb qabul qiliş mumkin bölsa, bunday hujjat Boburning yodnomasi, yaʼni “Boburnoma”dir”, degan edi.
Asar boburiylar hukmronligi davridayoq tört marta fors tiliga tarjima qilingan. Humoyun va Akbar hukmronligi davrida “Boburnoma” bilan bir qatorda Bobur mirzo qölyozmalarining köpçiligi bir neça nusxada köçirtirilgan: Bobur mirzoning ğazallari töplami — “Devon”, “Mubayyin”, “Risolai Volidiya”, “Xatti Boburiy”, “Aruz risolasi” şular jumlasidandir. “Boburnoma”, “Bobiriya” nomi bilan yuritilayotgan bu asar Markaziy Osiyo, keyinroq esa bir neça Ovröpa tillariga, şu jumladan, ingliz va fransuz tillariga qayta-qayta tarjima qilingan. Ular orasida Annetta Suzan Beverij hamda Uiller Tekstonning asl turkiy matndan qilgan tarjimalari eng yaxşi tarjima asarlari hisoblanadi.
Ötmişdan maʼlumki, 1858 yilda britaniyaliklar Hindistonni bosib olgaç, ular hind jamoasini boşqarişda qator qiyinçiliklarga duç keladi. Çunki mamlakatda mavjud bölgan turli til, turliça din, eʼtiqod va şarqona turmuş tarzi yevropaça qonun-qoidalarni tan olmas, masalaga yevropaça qaraş esa boşqaruv işini muşkullaştirar edi. Şu bois qiroliça Viktoriyaning buyruğiga binoan boburiylar davrida yaratilgan barça asarlar qölyozmalarini töplab olib ketdilar va ularning barçasini ingliz tiliga ögirib, Hindiston ştatlarini boşqariş uçun Londondan tayinlanadigan voliylar va viloyat hokimlari qöliga tarjima qilingan asarlar, xususan, “Boburnoma”ni dasturilamal sifatida beriş va undan hind jamoasini boşqarişni örganiş taʼkidlab körsatilişi odat tusiga kirgan edi.
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi Xalqaro Bobur ilmiy ekspeditsiyasi öz safarlari çoğida uşbu asarning köplab nusxalari hamda tarjimalarini Andijondagi “Bobur va jahon madaniyati” muzeyida mujassamlaştirib kelmoqda.
“Boburnoma” quyidagi tarzda asta-sekin dunyo böylab tarqala boşladi:
- Humoyunşoh hukmronligi davrida (1530-1555) “Boburnoma” ikki marta: dastlab Şayx Zayn Vafoiy tomonidan, ikkinçi marta esa Poyanda Hasan tomonidan turkiydan fors tiliga ögirilib, qölyozma sifatida xattotlar tomonidan köçirildi va öquvçilar eʼtiboriga havola etildi.
Uçinçi marta Akbarşoh hukmronligi davrida (1556-1605) Abdurahim Xonixonon tomonidan turkiydan fors tiliga ögirildi.
Törtinçi marta esa Şoh Jahonning farmoniga binoan Abu Tolib Turbatiy tomonidan fors tiliga ögirildi. “Boburnoma”ning ana şu nusxalaridan Yevropada “Boburnoma” boşqa tillarga tarjima qilina boşladi.
- “Boburnoma”ning nomaʼlum qölyozmadan olingan parçalari 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga tarjima qilinib, Amsterdamda naşr etildi.
- Asarning ingliz tilidagi köplab tarjima nusxalari mavjud. Dastlab 1775-1811 yillarda yaşagan ingliz şarqşunosi Jon Leyden 1809 yilda ingliz tiliga tarjima qilişga kirişgan. U bevaqt vafot etgaç, bu işni şotlandiyalik rohib, şarqşunos olim Uilyam Erskin davom ettirgan va 1816 yilda oxiriga yetkazgan. Jon Leyden va Uilyam Erskin hammuallifligidagi özbekça va forsça nusxalarini soliştiriş asosidagi uşbu tarjima 1826 yili Londonda naşr etiladi. Bu tarjima öz navbatida 1921 yilda maşhur ingliz ziyolisi Uayt King tomonidan töldirilib naşr etilgan.
1905 yilda Londonda Beverijxonim “Boburnoma”ning Haydarobod qölyozmasi faksimilesini sinkografiyada çop ettiradi. Beverijxonim tomonidan “Boburnoma”ning ingliz tiliga qilingan tarjimalari 1921, 1989 va 1990 yillarda Hindistonda qayta-qayta çop etildi. 2006 yili hamda 2017 yillari Dilip Xiro sözboşisi bilan ham 2 marotaba çop etildi.
1993 yilda amerikalik taniqli şarqşunos, Garvard universiteti professori Uiller Tekston “Boburnoma”ni ingliz tiliga ögirgan bölsa, 1995 yilda yangidan tarjima qilingan “Boburnoma”ning ingliz tilidagi naşri Oksford universiteti naşriyotida çop etildi. Bu naşrga professor Uiller Tekstonning özi muharrirlik qilib, söz boşi yozgan. 2002 yilda professor Uiller Tekston “Boburnoma”ni yana tarjima qilgan va tahrir etilgan inglizça nusxasini AQŞda qayta naşr ettirdi. Bu kitobga taniqli jamoat arbobi Salmon Ruşdi sözboşi yozgan.
- “Boburnoma” nemis tiliga birinçi marta 1810 yilda Yulius Klaprot tomonidan, 1828 yilda esa nemis şarqşunos olimi Amadeus Kayzer tomonidan tarjima qilingan bölib, ular ingliz tili orqali ögirilgan. Şuningdek, ikkinçi jahon uruşi davrida (1939-1945) turkiydagi asl nusxa, forsça va inglizça tarjimalari asosida ham nemis tiliga ögirilgan. Nemis tilidagi keyingi ança tuzuk tarjima 1990 yilda Volfgang Ştammler tomonidan amalga oşirilgan bölib, uni tarjimon fransuz tilidagi nusxadan ögirgan.
Germaniyalik tarixçi olim va tarjimon Xelmut Dalov esa 2015 va 2022 yillarda Porso Şamsiyev tomonidan tayyorlangan 1960 yildagi naşrdan foydalangan holda asarni Germaniyada çop ettirdi.
- 1857 yilda Qozon şahrida rus şarqşunos olimi Nikolay Ilminskiy tomonidan “Boburnoma”ning asl turkiy nusxasi toşbosma usulida naşr ettirildi. 1948 yilda esa rus tarjimoni Mixail Salye tomonidan “Boburnoma”ning rus tiliga qilingan tarjimasi Toşkentda naşr qilindi. Unda asarning 1504-1505 yillargaça bölgan voqealari bayon qilingan. 1958 yilda “Boburnoma”ning töla rusça tarjimasi Mixail Salye tomonidan Toşkentda naşrdan çiqdi. Bu asar 1993 yilda tarix fanlari doktori Sabohat Azimjonova tahriri ostida qayta naşr etilgan bölsa, 2008 yilda aynan Mixail Salye tarjima nusxasi asosida Vahob Rahmonov masʼul muharrirligida jiddiy tuzatişlar bilan Bobur fondi tomonidan Toşkentdagi “Sharq” naşriyotida qayta çop etildi.
- 1948-1949 yillarda özbek olimlari Porso Şamsiyev va Sodiq Mirzayevlar tomonidan 2 ta kitob şaklida “Boburnoma” birinçi bora Boburning ona tilida naşr etildi. 1960 yilda esa Porso Şamsiyev tomonidan “Boburnoma”ning töla nusxasi Toşkentda çoğiştiriş va tuzatişlar asosida qayta çop etildi. Porso Şamsiyev, Sodiq Mirzayevlarning uşbu özbekça naşri, yapon olimi Eyji Mano tuzgan ilmiy-tanqidiy matni va Tehrondagi “Guliston” muzeyidagi “Bobur kulliyoti”ga asoslangan holda esa 2002 yilda Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi homiyligida Saidbek Hasanov tomonidan naşr etildi.
2008 yilda “Boburnoma”ning özbek olimlari Vahob Rahmonov va Karomat Mullaxöjayevalar tomonidan hozirgi özbek tiliga qilingan tabdili Bobur xalqaro jamoat fondi homiyligida naşr etildi. Jumladan, 2002 yildan to şu kungaça asarning bu tabdili Bobur fondi homiyligida 8 marotaba çop etilgan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Buyuk şoir va olim, maşhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorining “Boburnoma” asarining zamonaviy özbek va qoraqalpoq tillaridagi tabdilini yaratiş” haqidagi maxsus 6-bandi ijrosi yuzasidan “Boburnoma”ni yangi oq va qora rasmlar bilan töldirilgan, zamonaviy özbek tilidagi tabdili tayyorlanib, “Özbekiston” naşriyotida 5000 nusxada Bobur fondi grifi bilan çop etildi.
- Asarning fransuz tiliga qilingan tarjimalari 1871 yilda fransuz olimi Pave de Kurteyl hamda 1980-1985 yillarda ikkinçi marta fransuz olimi Bakyu Grammont tomonidan tarjima qilinib, naşr etildi.
- 1924 yili “Boburnoma” ilk marotaba urdu tiliga Mirzo Nosiriddin tomonidan tarjima qilinib, Dehlida çop ettirilgan bölsa, “Tuzuki Boburiy” nomi bilan 1969 yilda Axtar Nadviy tomonidan, 2000 yilda Hasan Bek tomonidan uçinçi marotaba rangli suratlar bilan bezatilgan holda naşrdan çiqarildi.
- Taniqli turk olimi Raşid Rahmati Arat dastlab 1943-1944 yillarda asar “Babur vaqaye” (Baburun xatirati) sarlavhasi ostida 2 jildda, keyinroq 1987 yilda Anqarada, xususan, uning yana bir turkça nusxasi 1993 yilda Istanbulda turk olimi Mesut Şen tomonidan naşrga tayyorlanib çop etildi.
- “Boburnoma”ning hindça tarjimasi Yugjit Navalpuriy tomonidan amalga oşirilgan va 1974 yilda Dehlida çop etilgan. Mazkur naşr öziga xosligi bilan ilmiy ahamiyat kasb etadi, ammo Boburning fors tilidagi farmonlari va Hindistondagi sarkorlardan tuşadigan yillik daromad haqidagi maʼlumotlar tuşirib qoldirilgan.
- 1992 yili asar Hamit Temur tomonidan Pekinda uyğur tilida çop etildi.
- 1995 yilda yaponiyalik tarixşunos olim Eyji Mano tomonidan “Boburnoma” inglizça kiriş qismi bilan yapon tilida Kioto universiteti naşriyotida naşrdan çiqdi. Uşbu naşr tez orada muxlislar tomonidan sotib olingani bois kitob 2006 yilda yana qayta çop qilindi.
- 1997 yilda Vang Jilay tomonidan Pekin şahrida xitoy tilida, 2001 yilda ispaniyalik olima Marisa Komas tomonidan “Boburnoma” ispan tiliga tarjima qilinib, naşrdan çiqarildi.
- 2008 yilda arab olimasi, Misrdagi Ayn Şams universiteti professori Majida Maxluf “Boburnoma”ni arab tiliga tarjima qilib, Qohirada qayta-qayta naşrdan çiqardi. Aynan şu tarjima sababli bugungi kunda 20 dan ortiq arab tilida sözlaşuvçi davlatlar asarni öz ona tillarida öqiydilar.
- 2011 yilda ozarbayjonlik jurnalist, navoiyşunos va boburşunos professor Ramiz Asker “Boburnoma”ni ozarbayjon tiliga tarjima qilib, uning bir neça nusxasini özbek xalqiga inʼom qildi.
Xuddi şu yili professor Fuzuli Bayat ham uşbu uluğ asarni ozar tiliga ögirib, naşr ettirdi.
- 1990 yili Almati şahrida B.Kojabekov tomonidan “Boburnoma” naşri rus tilidagi tarjima asosida amalga oşirilgan bölsa, 2022 yilda qozoğistonlik professor olim Islom Jemeney tomonidan Mozori Şarifning “Uluğbek” naşriyotida tayyorlangan “Boburnoma” (Eyji Mano ilmiy matni) Hidoyatulla Hidoyat naşri asosida qozoq tiliga ögirildi. Mazkur naşrning öziga xos jihati şundaki, asar, şaxs va joy nomlari tavsifi bilan öquvçiga taqdim etilgan.
- “Boburnoma” asari Afğonistonda ham bir neça marotaba naşr etildi. Jumladan, 2007 yilda maşhur olima Şafiqa xonim Yorqin tomonidan Kobulda (Kobul voqealari) fors-dariy tilida çop ettirildi.
2007 yilda Hidoyatulloh Puqniyor “Boburnoma”ning Eyji Mano yaratgan ilmiy matnini Afğonistonda naşr ettirdi. 2020 yilda navoiyşunos va boburşunos olim Burhoniddin Namiq tomonidan “Xurşidiy” naşriyotida dariy tilida hamda 2023 yilda Mozori Şarifda boburşunos Rahim Ibrohim tomonidan arab grafikasidagi eski özbek tilida tayyorlangan naşrlar sönggi naşrlar hisoblanadi.
…2023 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan asar Italiyaning Rim şahridagi “Teti Editore” naşriyot uyida mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda atoqli italyan adibi Franko Kardini sözboşisi bilan tarjimon Federiko Pastore tomonidan italyan tiliga ögirildi: “Boburning ölmas ijodi dunyoning köplab tillariga tarjima qilingan. Endilikda uni tengsiz Petrarka va Dante, Mikelanjelo va Bokaçço tilida öqiş imkoniyati tuğilganidan behad xursandman. Işonçim komilki, “Boburnoma” kitobxonlarda katta taassurot uyğotadi…” deyiladi mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tarjima asar sözboşisida. Kitobni tayyorlaşda yurtimizning taniqli olimi, professor Şuhrat Sirojiddinov va italiyalik turkşunos, professor Federiko De Rensi ilmiy va adabiy muharrirlar sifatida iştirok etişgan.
Taʼkidlaş joizki, Bobur nomli xalqaro jamoat fondi taşkil etilganidan to şu kungaça fondning 30 ga yaqin jamoatçilik asosidagi bölimlarini taşkil etgan. Aynan italiyalik olim, “Sandra Editore” naşriyot uyining rahbari janob Sandro Teti rahbarligida taşkil etilgan Italiya bölimi ham kelajakda Bobur va boburiylar ilmiy merosini jaxon böylab tarğib-taşviq qilişga xizmat qiladi, degan fikrdamiz.
Darvoqe, Bobur mirzo tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 2023 yilda Özbekiston va Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli yozuvçi va adib Kenesbay Karimov tomonidan qoraqalpoq tiliga tabdil qilinib, “Sahhof” naşriyot uyida çop etildi.
Ha, Bobur mirzoning ölmas ijod namunasi dunyoning yana boşqa tillariga ham tarjima qilinişda davom etmoqda. Yuqorida nomlari tilga olingan “Boburnoma” tarjimalari Bobur xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi “Bobur va jahon madaniyati” muzeyida jamlanişda davom etib, asar turli mamlakatlardagi şarqşunos va tarixçilar, tilşunos va adiblar tomonidan katta iştiyoq bilan örganilmoqda.
Zokirjon MAŞRABOV,
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi
raisi, professor,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
