Bu yöllarda…
yoxud Prezident nazari tuşgan manzillarda bugun ahvol qanday?
“Tuya – bir tanga böldi. Qani öşa bir tanga? Tuya – ming tanga böldi. Mana – ming tanga!”
Har zamonga bir zamon deydilar. Ha, har davrning öz toşu tarozisi böladi. Demoqçimizki, yuz yilda bitmagan iş bir bahonada bitib qoladi. Xalqimizda har muammoning yeçimi topiladigan kuni, soati böladi, degan gap bejiz aytilmagan-da. Esingizda bölsa, Prezidentimiz 2023 yilning 13 mart kuni Surxon vohasiga taşrifi davomida özi maşina ruliga ötirib, avtomobil yölining zamonaviy talab darajasini tekşirgan edi. Töğrisi, beşta tumanni, önlab mahallalarni boğlaydigan foydalanişga yaroqsiz yölning holatini Prezidentimiz tanqid qiliş bilan birga, uning yeçimini ham topib bergandi.
Nafsilamrini aytganda, yarim asrdan buyon taʼmir nimaligini körmagan bu yöldan bir bor yurib ötgan har qanday texnika tutdek tökilib qolardi. Şu sababli qançalik uzoq bölmasin, haydovçilar “Toşkent-Termiz-Denov” avtomobil trassasi bilan aylanib ötişga majbur edi. Qalovini topsa qor ham yonadi, deganlaridek, buyurtmaçi ham, pudratçi ham, texnika, işçi kuçi ham, mablağ ham topilib, Prezidentimiz topşiriğiga asosan bir oyga qolmasdan işlar boşlanib ketdi.
Şu örinda eslatib ötiş joizki, Surxon vohasida avtomobil yöllari 16 ming 175 kilometrni taşkil etadi. Şundan 351 kilometri xalqaro, 990 kilometri davlat, 502 kilometri mahalliy ahamiyatga ega yöl hisoblanadi. Umumiy yöllarning 82 foizini esa içki yöllar taşkil qiladi. Bu hazilakam masofa emas.
Şunday qilib, “Lankaran Yjl Tikinti” xorijiy korxonasi tomonidan 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” (65 kilometr), 4R-100 “Manguzar-Jarqörğon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” (46 kilometr) avtomobil yölida rekonstruksiya işlari yoppasiga boşlab yuborildi. Eng avvalo, yöl qurilişiga ixtisoslaşgan xorijiy korxona mutasaddilari oğir va maxsus texnikalarni, köçma beton qoriş moslamalarini, zarur bölgan quriliş materiallari zaxirasini şakllantirdi. Soylar, jilğalar, jarliklardagi talabga javob bermaydigan suv ötkazgiçlar, köpriklar zamonaviy holda yangilandi. Yöldagi eski asfalt, toş-şağal qoplamalar butunlay olib taşlanib, yangi poydevor yotqizib borilmoqda. Buning uçun million tonnalab toş-şağal taşib keltirilib, zamonaviy texnikalar yordamida töşalib, qayta-qayta tekislanib, yölning ziçligi va oğir yukka bardoşliligi sinovdan ötkazilgaç, yuqori sifatli beton qoplama yotqizilayapti. Şu örinda aytib ötiş lozimki, jahon standarti talabiga javob beruvçi yöl qurilişi sifatini nazorat qiluvçi asbob-uskunalar va sinov-nazorat laboratoriyasi faol iş olib bormoqda.
Umumiy uzunligi 111 kilometr bölgan yölni taʼmirlaş uçun Osiyo taraqqiyot bankidan 183,8 million dollar miqdorida mablağ ajratilgan. Loyihani esa 2027 yilda töliq foydalanişga topşiriş möljallangan.
Siz yaqin orada “Qarşi-Buxoro-Xorazm” yönalişi böylab avtomobilda yurgan bölsangiz, biz aytmoqçi bölgan gaplarning mohiyatini anglaş oson böladi… Eng muhim jihati, bu loyiha tufayli xalqaro ahamiyatga ega bölgan ikkita M-39 va M-41 avtotrassalari qisqa masofada birlaşadi. Natijada, poytaxtga qatnovçi xalqaro hamda mahalliy transport vositalari uçun yöl 146 kilometrga qisqaradi, yuk narxi va yonilği sarfi kamayişi, vaqt tejalişi evaziga milliardlab söm mablağ iqtisod qilinadi. Boşqaça qilib aytganda, vohadan Toşkent şahrigaça bölgan masofa 150 kilometrga kamayadi, bu şunçaki aytişga oson…
Ayni paytda yölsozlar Boysun tumani Daştiğoz mahallasi hududidan ötuvçi tört qatorli zamonaviy avtomobil yöliga beton qoplamasi yotqiziş işlarini qizğin olib borişmoqda.
Xullasi kalom, yuqoridagi rivoyat zamiridagi hikmatni anglagandaysiz. “Ota, tuya bir tanga”, deganda, öğliga şuni ham topib berolmagan ekan. Zamonasi keldi, zayli keldi, mavridi keldi, millionlab tangalar topildi. Yaratganga şukurlar bölsinki, yurtimiz tinç, xalqimiz farovon, iqtisodiyotimiz bardavom. Xöş, yana nimalarni istaysiz? Bundan aʼlosi bölişi mumkin emas…
Safar OMON,
“Hurriyat” muxbiri.
SURATLARDA: vohadagi yöl qurilişidan lavhalar.
