Qöşnim – jigarim
Xorazmliklar Şumanay tumaniga madadga kelişdi
“Qöşning tinç — sen tinç” maqoli zamirida katta maʼno borligini anglaş qiyin emas. Qöşnimizning uyidagi farovonlik, tökinlik, hamjihatlik bizga ham halovat bağişlaydi. Mabodo qöşnining xonadonida kelişmovçilik boşlansa, biz ham tinçimizni yöqotamiz. Şuning uçun qöşnilarimiz bilan ahil, inoq bölib bordi-keldi qiliş, şirinroq taom pişirsak, qöşniga ham iliniş azaliy udumlarimizdan sanaladi.
Xorazmliklar Qoraqalpoğistonning çeksiz hududlarida istiqomat qilayotgan aholi bilan yaqin qarindoşdek, oğa-ini-yu, opa-singildek bir-birlariga izzat-hurmat körsatişadi. Bu bejiz emas. Çunki yaqin qöşniçilik uluğ neʼmat.
Yaqinda xorazmlik bir guruh quruvçilar va turli kasb egalari bunyodkorlik jabhalarida qatnaşiş uçun Şumanay tumaniga yöl olişdi. Maqsad — qöşnilarning yaşaş şaroitidan xabar oliş, muhtoj oilalarga yordam körsatiş, yangidan imoratlarni tiklaşdan iborat edi.
— Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 1 noyabrdagi “Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş böyiça işlarning samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida Qoraqalpoğiston Respublikasida istiqomat qilayotgan, yaşaş şaroiti oğir bölgan oilalarni qöllab-quvvatlaş közda tutilgan edi. Şu asosda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarorida Qoraqalpoğiston Respublikasida aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida vazifalar belgilab berildi. Ana şunga asosan respublikamizdagi viloyatlar hamda Toşkent şahri hokimliklari Qoraqalpoğiston Respublikasining bir qator tumanlariga biriktirildi.
— Xorazmliklar Şumanay tumanidagi ovullarni taraqqiy ettiriş, aholining turmuş darajasini yanada yuksaltiriş, yangidan uy-joylar quriş va boşqa muammolarni bartaraf etiş maqsadida bunyodkorlik işlarini boşlab yuborişdi, — dedi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Nazira Matyoqubova.
Eng quvonarlisi, tumanning “Birlaşik” ovuli fuqarolar yiğiniga qaraşli hududda 50 örinli zamonaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti bunyod etildi. Xorazm viloyati mahalliy byudjeti hisobidan qad rostlagan mazkur binoda endilikda ovulning maktabgaça yoşdagi bolalari tarbiyalanmoqda.
Bundan taşqari, uy-joyi eskirgan aholiga yangidan turar joylar qurib berilib, foydalanişga topşirildi. Baʼzi uylar tomi şifer qilib berildi. Bundan taşqari, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan Şumanay tumanida 349 ta oilaning turar joyida taʼmirlaş işlari olib borilganligi bois, uylar yangiça qiyofa kasb etib, közlarni quvontirdi. 20 nafar fuqaroning eskirgan uylari örnida yangidan zamonaviy imoratlar bunyod etildi. Mazkur yangilanişlar uçun viloyat byudjetidan 5,5 mlrd sömlik mablağ ajratilgan.
3 mlrd sömlik loyiha asosida yangidan yana bir maktabgaça taʼlim taşkiloti qurilayotganligi ota-onalarga çeksiz quvonç bağişlamoqda. Tumandagi bir qança ovullardagi önqir-çönqir yöllar asfalt qilinib, piyodalar yölakçalari taşkil etildi.
Şumanaylik aholi xorazmliklarning beğaraz kömaklaridan behad mamnun bölişmoqda. Endilikda Şumanay tumani ham ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlanib, ovullarning infratuzilmasi yanada yaxşilanmoqda.
Qöşnilarning qalbida yaralgan döstlik köpriklari heç qaçon zavol topmagay!
Feruza TANGRIBERGANOVA
