O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan o'tkazilgan “Eng ulug', eng aziz” an'anaviy ko'rik-tanlovi respublika bosqichi g'oliblari

“Bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari” nominatsiyasi bo'yicha:

 

1-o'rin

Bozorov Faxriddin – “Xalq so'zi” gazetasi muxbiri.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ijobiy o'zgarishlar haqida e'lon qilgan dolzarb publitsistik maqolalari uchun;

 

2-o'rin

Abdusamatova Muqaddas – erkin ijodkor.

Vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni ulug'lash, mamlakatimizda  nuroniy va keksalarni e'zozlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xususida respublikamizning markaziy nashrlarida e'lon qilgan turkum maqolalari uchun;

 

2-o'rin

Asilbekov Islom – “Hurriyat” mustaqil gazetasi muxbiri.

Ekologik muammolar va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga doir tanqidiy-tahliliy maqolalari uchun;

 

3-o'rin

Qosimov Xolboy – “Qadriyat” gazetasining Samarqand viloyati bo'yicha muxbiri.

“Bulung'urim – g'ururim”, “Ko'chalardagi qora dog'lar”, “Mashhur adibni eslab” singari ocherk va esselari uchun.

 

“Televidenie va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari” nominatsiyasi bo'yicha:

 

1-o'rin

Atadjanova Gulnora – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi —  “Nurafshon TV” muxbiri.

Yangi O'zbekistonda ro'yobga chiqarilayotgan bunyodkorlik ishlari, ona yurtimizda bo'y ko'rsatayotgan yangilanishlar yoritilgan qator telereportajlari uchun;

2-o'rin

Maxamadsaidova Halima – “O‘zbekiston” radiokanali “Madaniy-ma'rifiy, badiiy eshittirishlar” muharririyati bo'lim mudiri.

Qatag'on qurbonlari – Muftiy Sadriddinxon Sharifxo'jayev, Mirkomil Mirsharopov, Mar­yam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova, Bobooxun Salimov singari millatimiz fidoyilari haqida tayyorlagan radiofilmlari uchun;

 

3-o'rin

Xushnazarova Aisha – “Mening yurtim” telekanali “Hudud” informatsion dasturi muxbiri.

Yoshlarni milliy istiqlol g'oyasi va ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga oid mavzulardagi turkum tahliliy telereportajlari uchun.

 

“Internet jurnalistikasi”

nominatsiyasi bo'yicha:

 

1-o'rin

Karimova Maftuna – “Ishonch.uz” muxbiri.

Internet tarmog'ida e'lon qilingan dolzarb mavzulardagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun;

2-o'rin

Usmonova Nazokat – O'zbekiston Milliy axborot agentligi bo'lim mudiri.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yangilanish va o'zgarishlar haqidagi tahliliy materiallari, xabarlari uchun;

2-o'rin

Rustamov Sirojiddin – “Oyina.uz” portali yetakchi mutaxassisi.

Ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy mavzulardagi materiallari uchun;

 

3-o'rin

Ramazonova Ziyoda – “Gazeta.uz” muxbiri.

Ta'lim, fan va madaniyat sohalariga oid dolzarb tanqidiy-tahliliy materiallari uchun.

 

“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun”

nominatsiyasi bo'yicha:

1-o'rin

Bahriyev Karim –  “Oltin meros” xalqaro jamoat fondi “Meros-news” axborot xizmati rahbari.

 “Betoqat” nomli publitsistik maqolalar jamlangan kitobi uchun;

2-o'rin

Xojamuratova Perdegul – erkin ijodkor (Qoraqalpog'iston Respublikasi).

Qoraqalpoq xalqining milliy qadriyatlari, el ardog'idagi atoqli kishilar hayot yo'liga oid qator publitsistik maqola va ocherklari jamlangan “Anam tusime yengen kun” kitobi uchun;

3-o'rin

Hayitov Faxriddin – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

“Osmon yerga yaqin” nomli publitsistik maqolalar jamlangan kitobi uchun.

 

 

“Yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari” nominatsiyasi bo'yicha:

1-o'rin

Meliboyev Ahmadjon – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

“Yuz tahlil” kitobi uchun;

2-o'rin

Ernazarov Beknazar – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Roman, qissa va hikoyalardan iborat “Tanlangan asarlar”i hamda  Abdulla Qodiriyning “O'tkan kunlar” romanining qoraqalpoq tiliga tarjimasi uchun;

 3-o'rin

Ibragimova Gulzebo – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

“Dil maktublari” she'riy to'plami uchun.

 

“Tasviriy san'at, foto va dizayn ishlari” nominatsiyasi bo'yicha:

 

1-o'rin

Dehqonov Sultonboy – O'zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, fotorassom.

Yangi O'zbekiston bunyodkorlari aks ettirilgan turkum fotosuratlari uchun;

 

2-o'rin

Irgashev Murtaza – Respublika ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internati o'qituvchisi.

“Charxpalak yoki umr yo'liga tomosha” turkumidagi mato moybo'yoq tasviriy san'at asarlari uchun;

 

3-o'rin

Shavkatov Bunyodjon – “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo'limi dizayneri.

“Mustaqillik – Yangi O'zbekistonning mustahkam asosidir” mavzuidagi dizaynerlik ishlari uchun.

 

“Kino san'ati asarlari”

nominatsiyasi bo'yicha:

 

1-o'rin

Ahmedov Jahongir – kinorejissyor.

“Bahodir Yalangto'sh” nomli tarixiy-biografik to'liq metrajli badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun;

 

2-o'rin

Hamdamov Shohruh – kinoaktyor.

“Qora tuynuk sxemasi” kinoserialidagi soliqchi – bosh rol ijrosi uchun;

 

3-o'rin

Islomova Mohichehra – kinoaktrisa.

“Xaus” badiiy filmidagi ona obrazi – bosh rol ijrosi uchun.

 

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eight − three =