Ustozlik bag'rikenglik demakdir

Haq gaplar. Har safar hayotda kimningdir yo'lini yoritgan, o'z maslahati, yo'l-yo'rig'i bilan tayanch, ibrat bo'lib kelayotgan mehridaryo ustoz va murabbiylar bilan ko'rishsak, uchrashsak, suhbatidan bahramand bo'lsak, bunga qayta-qayta ishonch hosil qilamiz.

Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi xodimlari sohada uzoq yillar faoliyat olib borgan ustoz jurnalistlardan Jabbor Razzoqov hamda To'lqin Qozoqboyevlar xonadonida bo'lishdi. Ularni O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X.Salimov 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy qutladi.

–  Prezidentimiz tomonidan ta'lim-tarbiyaga, shu qatorda milliy jurnalistikamizga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugun oila a'zolarim, nabiralarim bilan ularning ustoz va murabbiylarga yo'llagan tabrigini eshitdik, e'tiborlaridan mamnun bo'ldik. Davr hisobida uzoq bo'lsa-da, men uchun bir fursatda o'tib ketgan faoliyatim davomida ko'plab jonkuyar, fidoyi shogirdlar yetishib chiqqanidan, mana shunday bayramlar arafasida yo'qlaganlaridan ko'nglim tog'dek ko'tariladi, – dedi faxriy jurnalist To'lqin Qozoqboyev.

– Jurnalistika fidoyilikni, tinimsiz izlanishni talab etadi. Umringni shu sohaga bag'ishlasang, albatta, ijod zavqi hech qachon tark etmaydi. Bugun garchi nafaqada bo'lsam-da, ko'pgina respublika nashrlari bilan ijodiy  hamkorlik qilib kelaman. Bizdek faxriy ijodkorlar holidan Uyushmamizning doimiy xabar olib turishi esa, tabiiyki, har birimizni quvontiradi, – dedi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Jabbor Razzoqov.

Bunday xayrli ishlar Uyushma va uning hududiy bo'limlari tomonidan davom etmoqda.

Rasuljon NAFASOV,

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi yetakchi mutaxassisi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 + 12 =