Fidoyi olimning ibrat maktabi

Yurt taraqqiyoti, millat maʼnaviyati va kelajak avlod tafakkuri yuksalişida ilm-fan ahli, xususan, fidoyi olimlarimiz beqiyos örin tutadi. Ular nafaqat ilm dunyosidagi yutuqlari, balki vatanparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlari bilan ham jamiyatga ibrat namunasi bölib xizmat qilmoqda. Ana şunday el dardi bilan yaşaydigan, butun faoliyatini yoş avlod tarbiyasiga, milliy ilm-fanimizni rivojlantirişga bağişlagan fidoyi insonlardan biri — Farğona davlat texnika universiteti texnologik maşinalar va jihozlar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Rasuljon Tojiyevdir. Uning yarim asrlik ilmiy-pedagogik faoliyati, Özbekiston oliy taʼlim tizimi rivojiga qöşgan hissasi, yaratgan ixtirolari va tarbiyalagan şogirdlari butun mamlakatimiz taʼlim sohasi tarixida unutilmas iz qoldirgan.

Texnika fanlari doktori, professor Rasuljon Tojiyev 1945 yil 18 aprelda Oltiariq tumanida tuğilgan. Toşkent politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ni tugatganidan söng öşa paytlarda yangi taşkil etilgan, yuqori malakali kadrlarga ehtiyoji katta bölgan Farğona politexnika instituti (hozirgi Farğona davlat texnika universiteti)ga yöllanma böyiça işga yuborilgan. Öz iş faoliyatini şu institutning “Maşina-mexanizmlar nazariyasi va maşina detallari” kafedrasi assistenti lavozimida boşlagan. U ilmga intilişi, işga masʼuliyat bilan yondaşişi bilan jamoada hamda talabalar örtasida hurmat-eʼtibor qozondi. Yoş olim öz bilimi va malakasini oşiriş maqsadida Ukrainaga – Kiyev muhandis-quriliş instituti aspiranturasiga yöl oladi.

Farğonaga qaytgaç, politexnika institutining “Korxonalarning mexanik jihozlari” kafedrasida assistent lavozimida öz mehnat faoliyatini davom ettirdi. Ukrainada xizmat körsatgan fan va texnika arbobi, akademik Yu.A.Vetrov rahbarligida “Işlaş muddatini oşiriş maqsadida rezina-matoli konveyer lentalarining çarçaş xossalarini tadqiq qiliş” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1987 yilda esa unga dotsent ilmiy unvoni berildi.

1993 yilda Rossiya Qahramoni, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Yu.I.Krasnoщekov rahbarligida “Tuproqqa kontaktsiz taʼsir körsatişning mexanik-texnologik yeçimlarini tadqiq qiliş, ğözaga yuqori samarali işlov beriş maqsadida gazodetonatsion agregatlar yaratiş” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Professor Rasuljon Tojiyev Farğona politexnika instituti öquv işlari böyiça prorektor, rektor lavozimida samarali faoliyat olib borgan.

U institut rahbari lavozimida işlagan  yillari jahon andozalariga mos obʼyektlarni barpo etdi, institut moddiy-texnika bazasini mustahkamladi. Sohalar böyiça yetuk mutaxassislar tayyorlaşni özining oliy maqsadi deb bildi va şu maqsad yölida kuç-ğayrat va zakovat bilan mehnat qildi. Turli masʼuliyatli lavozimlarda mehnat qilişiga qaramasdan, talabalarni öqitiş işlariga katta masʼuliyat bilan yondaşdi. Yangi pedagogik texnologiyalardan, öqitişning texnik vositalaridan, axborot-kommunikatsiya yutuqlaridan samarali foydalandi.

Ha, Rasuljon Tojiyev ilmiy maktab yaratgan olim. U gazodetonatsion tölqin energiyasidan qişloq xöjaligida foydalanişni yölga qöyiş böyiça qator ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oşirib, GDRP-1, GDRP-2, GDRP-3 qurilmalarini yaratdi. Gazodetonatsion tölqin energiyasidan foydalanib, ğöza qator oralariga işlov beriş, qatqaloqni yumşatiş, ğöza bargini tökiş, paxta teriş maşinalari yaratiş işlarini amalga oşirdi. Yaratilgan yangi qurilmalar qator rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Avstraliyaning Sidney körgazmalarida namoyiş etilib, noyob qurilma sifatida eʼtirof etildi va munosib taqdirlandi.

Jahondagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan manfaatli hamkorlik taʼlim sifatini yanada yaxşilaşga xizmat qildi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozoğiston, Ozarbayjon, Boltiq böyi respublikalari, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Belgiya, Malayziya, Germaniya, Çexiya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlari oliy öquv yurtlarida bölib, tajribasiga tayangan holda, öquv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etişga alohida eʼtibor qaratdi. Natijada elektron resurslarni yaratiş böyiça institutda 200 dan ortiq elektron işlanmalar yaratilgan. Önlab ajoyib ğoyalarni amalga oşirdi.

Uning rahbarligida 2 ta fan doktori (DSc), 9 ta fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), 70 magistr tay­yorlandi. Hozirda 14 ta şogirdi doktorlik dissertatsiyasi ustida işlamoqda. Şogirdlaridan biri Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi böldi. Ustozning xorijiy va respublika jurnallarida 550 dan ziyod ilmiy maqolalari eʼlon qilindi. Tajribali olim 28 ta ixtiro muallifi hisoblanadi. U yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda talabalar uçun darslik va öquv qöllanmalarning zamonaviy avlodini, elektron öquv adabiyotlarini yaratiş işlariga ham özining katta hissasini qöşib kelmoqda. Domlaning 18 ta darslik, 25 ta öquv qöllanma, 16 ta monografiyasi, 90 dan ortiq uslubiy işlanmalari çop etilgan. Ulardan öquv jarayonida va ilmiy faoliyatda keng foydalanilmoqda.

“Google scholar” platformasidagi iqtibosligi 1260 ta, “Hirsch index” körsatkiçi 20, “ResearchGate” platformasidagi iqtibosligi 26 ta, “Research Interest Score” körsatkiçi 12.3 ga teng. “Quriliş maşinalari” nomli darslik kitobi 2001 yilda “Ustoz” jamğarmasi tomonidan ötkazilgan “Yilning eng yaxşi darsligi” körik-tanlovida 2-örinni, “Metrologiya, standartlaştiriş va sifat nazorati” nomli öquv qöllanmasi 3-örinni, “Mexanizatsiyalaşgan işlar texnologiyasi” nomli darsligi Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida ötkazilgan tanlovda 1-örinni egallagan.

Öz işiga fidoyi, mustahkam eʼtiqodli, masʼuliyatli, talabçan va ğoyatda samimiy inson  Rasuljon Tojiyev olimlar va talabalar orasida katta hurmat va obrö-eʼtiborga sazovordir. Beminnat ustoz Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim tizimida byudjetdan taşqari mablağlar işlab topiş böyiça “Eng tadbirkor rahbar” deb eʼtirof etilgan. Jahon ilm-fanini rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun u kişi xalqaro “Suqrot” oltin medali bilan mukofotlangan.

Bugungi kunda Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölida ulkan hissa qöşib kelayotgan professor Rasuljon Tojiyevning davlatimiz tomonidan “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangani — uning köp yillik samarali mehnati, ilm-fan va taʼlim sohasi rivojiga qöşgan ulkan hissasiga berilgan yuksak eʼtirofdir.

Zahmatkaş olim, fidoyi insonning faoliyati nafaqat yoşlarga ibrat maktabi, balki jamiyatimiz uçun fidoyilik namunasi bölib xizmat qilaveradi.

Öktam ABDULLAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan