Özbekiston Prezidentining Malayziyaga taşrifi boşlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatga keldi.
Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, taʼlim vaziri Zambri Abdulqodir va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Özbekiston yetakçisining taşrifi şarafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarildi.
Prezidentimiz aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uçraşuv ötkazdi. Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi. Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almaşinuvlarni davom ettiriş, özaro taşriflar va döstlik guruhlari tadbirlarini taşkil etiş, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yölga qöyiş, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oşirişga kömaklaşiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taşrif dasturining asosiy tadbirlari 5 fevral kuni bölib ötadi.
Özbekiston Prezidenti va Malayziya Boş vaziri oliy darajada muzokaralar ötkazadi hamda Özbekiston – Malayziya biznes forumida iştirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
ÖzA.
