Donald Tramp – AQŞning 47-prezidenti

Ha, şu yilning 20 yanvaridan boşlab Donald Tramp AQŞning 47-prezidenti lavozimiga kirişdi. Qasamyod qiliş uçun u Amerikaning 16-rahbari bölgan Avraam Linkolnning Injilidan foydalangan.

“Amerikaning oltin asri ayni şu damdan boşlanadi, bugundan boşlab biz gullab-yaşnay boşlaymiz va barça mamlakatlar bizga hasad qiladi”, degan Tramp öz inauguratsiya nutqida.

U anʼanaga köra, prezidentlik vazifalarini vijdonan bajarişga va AQŞ konstitutsiyasini himoya qilişga qasamyod qildi. Şuningdek, Jeyms Devid Vens ham AQŞ vitse-prezidenti lavozimiga kirişdi.

Inauguratsiya marosimi Kapitoliy binosida bölib ötdi, unda örnini Trampga böşatib bergan prezident Jo Bayden va endilikda sobiq vitse-prezident Kamala Harris ham iştirok etdi. Şuningdek, tadbirga mamlakatning avvalgi prezidentlari Barak Obama (2009-2017), Bill Klinton (1993-2001), kiçik Jorj Buş (2001-2009), sobiq davlat kotibi Xillari Klinton taşrif buyurdi.

Inauguratsiya marosimidan söng prezident Donald Tramp Vaşingtondagi “Capital One” stadionida öz tarafdorlari oldida sözga çiqib, dastlabki töqqizta farmonni imzolaganini maʼlum qildi. Birinçi imzolangan farmonlar Jo Bayden davrida qabul qilingan 78 ta qarorni bekor qiliş, şuningdek, AQŞning Parij bitimidan çiqişni ham öz içiga olgan. Uning dastlabki qarorlari qatorida quyidagi qaror va vazifalar örin olgan:

* 2021 yil yanvardagi Kapitoliyga hujumda ayblangan 1,5 ming mahkumni töliq afv etiş töğrisidagi hujjat. Ularning tez orada ozod qilinişi kutilmoqda.

* Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşiş niyatida. Prezident Ukrainadagi mojaroni tezroq töxtatişga harakat qiladi. Rossiya prezidenti bilan muloqotdan keyingina Ukraina mojarosining tugaş muddatlarini aniqlaş mumkin.

* Trampning taʼkidlaşiça, Amerika Ukrainaga yordam beriş uçun NATOga qaraganda 200 milliard dollardan köproq mablağ sarflagan. U NATOga  aʼzo davlatlardan qöşimça 5 foiz tölovlarni talab qiliş niyatida.

* Tramp AQŞning Jahon Soğliqni Saqlaş taşkilotidan çiqiş töğrisida hujjatni ham imzolagan.

* Tramp Meksika körfazini Amerika körfazi deb qayta nomlaş jarayonini boşlaş töğrisidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi.

* Yana bir muhim qarorlardan biri bu — AQŞda tuğilganlik huquqi asosida fuqarolik olişni çeklovçi farmondir. Endilikda uşbu Farmon federal agentliklarga, odatda, AQŞ fuqarolariga beriladigan muayyan hujjatlarni rasmiylaştirişni taqiqlaydi.

* Şuningdek, Prezident immigratsiya çoralarini kuçaytirişga olib keladigan bir qator farmonlarni imzolagan.  Xususan, u AQŞning janubiy çegarasida jiddiy çoralarni eʼlon qilib, AQŞning çegara devori qurilişini yakunlaş uçun Pentagon va mamlakat Qurolli kuçlaridan qöşimça resurslarni yönaltirişni nazarda tutadi.

* Donald Tramp, AQŞ Prezidenti: «Bugungi kunga kelib Qöşma Ştatlarning rasmiy siyosati faqat ikki jinsni- erkak va ayolni tan olişdir.»

* Bundan taşqari, Tramp AQŞ mudofaa salohiyatini yanada oşiriş, xususan, mamlakatni havo hujumidan mustahkam himoya qiladigan jahonda mutlaqo tengsiz tuzilmani yaratişga oid vazifani maqsad qilganini bildirdi.

Vaqt — oliy hakam. Prezident Trampning bu niyatlari neçoğliq amalga oşişini ham, albatta, vaqt körsatadi.

Internet maʼlumotlari asosida

Islom EGAMBERDIYEV tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan