Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 33 yilligi va vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar!
Muhtaram Qurolli Kuçlarimiz faxriylari!
Qadrli yurtdoşlar!
Siz, azizlarni, köp millatli butun xalqimizni Özbekiston Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Barçamiz uçun şon-şaraf timsoliga aylangan mana şu qutluğ ayyomda öz hayotini Vatan himoyasidek uluğ işga bağişlagan botir va dovyurak öğlonlarimizni, muhtaram faxriylarimizni tabriklab, ularning şaʼniga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Sizlarning azmu şijoatingiz, el-yurtga sadoqatingiz tufayli xalqimizning tinç va osoyişta hayoti taʼminlanmoqda, mamlakatimizning mudofaa salohiyati mustahkamlanmoqda, milliy armiyamizning jangovar qobiliyati yuksalmoqda.
Yurtimiz böylab jasorat madhiyalari yangrayotgan bugungi uluğ kunlarda Vatan oldidagi burçini ado etiş çoğida halok bölgan qahramon harbiylarimizning sönmas xotirasi oldida barçamiz hurmat bajo keltiramiz.
Fursatdan foydalanib, mard va bahodir yurt posbonlarini tarbiyalagan barça ota-onalarga, harbiy xizmat davomida Vatan himoyaçilariga toğdek tayanç bölib kelayotgan ularning oila aʼzolariga çin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Aziz döstlar!
Keyingi yillarda olib borayotgan keng kölamli islohotlarimiz tufayli Qurolli Kuçlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, çegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaşning çinakam kafolatiga aylanib bormoqda.
Barça qöşin turlari zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan taʼminlanmoqda. Harbiy xizmatçilarning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligi uzluksiz oşib bormoqda. Milliy armiyamiz ular uçun, yoşlarimiz uçun mardlik va şon-şaraf maktabiga aylanmoqda.
Eng muhimi, xalq bilan armiya tobora yaqin bölib borayotgani harbiy soha rivojiga yangiça kuç va sifat bağişlamoqda.
Bugungi kunda navqiron avlodimiz örtasida harbiy xizmatga qiziqiş kuçayib, minglab yigit-qizlarimiz Vatan himoyasiga dadil bel boğlayotgani barçamizni çeksiz quvontiradi. Biz ana şunday ötyurak farzandlarimiz timsolida bölğusi qahramonlarimiz, Qurolli Kuçlarimizning bölajak ofitser va generallari, mohir qömondonlarni köramiz.
Ayni vaqtda barçamiz yaxşi anglaymizki, hozirgi vaqtda, dunyo miqyosida turli xavf-xatarlar, qurolli töqnaşuvlar tobora avj olib borayotgan öta murakkab vaziyatda Qurolli Kuçlarimizning jangovar salohiyatini, harbiy xizmatçilarning jismoniy va maʼnaviy şayligini oşiriş har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Şu munosabat bilan “Özbekiston – 2030” strategiyasi asosida bu borada boşlagan işlarimizni mutlaqo yangi sifat bosqiçiga kötarişimiz şart. Xususan, Qurolli Kuçlarimizni yangi, modernizatsiya qilingan öt oçiş tizimlari va texnika bilan taʼminlaşni harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini, qöşinlarni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini hisobga olgan holda davom ettiramiz.
Harbiy xizmatçilarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, maktablarda boşlanğiç harbiy taʼlim sifatini oşiriş, öquvçi yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaş işlarini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratamiz.
Askar va ofitserlarning professional mahorati, harbiy bilim yurtlarida taʼlim-tarbiya samaradorligini oşiriş, malakali harbiy kadrlar zaxirasini yaratiş doimo ustuvor vazifamiz bölib qoladi.
Harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuçlarimiz faxriylarini ijtimoiy himoya qiliş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş bundan buyon ham diqqatimiz markazida böladi.
Ana şu muhim vazifalarni bajarişda, heç şubhasiz, harbiy-maʼmuriy sektorlar, davlat va jamoat taşkilotlari hamda keng jamoatçilikning faol iştiroki ğoyat muhim ahamiyatga ega. Çunki xalq bilan muloqot va maslahat asosida, uning iştirokida amalga oşirilgan iş, albatta, qudratli ijobiy kuçga ega böladi.
Umuman, bugungi kunda barçamiz — qaysi soha yoki tarmoqda, qanday lavozimda işlamaylik, Vatan himoyaçisi bölişimiz zarur. Bu talabni davrning özi oldimizga qatʼiy vazifa qilib qöymoqda va xalqimiz ham bizdan aynan şuni kutmoqda.
Qadrli Vatan himoyaçilari!
Ona yurt qalqonlari, tinçlik posbonlari şaraflanadigan mana şu quvonçli kunda siz, azizlarni şonli bayramingiz bilan yana bir bor çin dildan qutlayman.
Barçangizga muqaddas qasamyodingizga sodiq qolib, xizmat burçingizni yuksak darajada ado etişda mustahkam soğliq, ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinçlik, fayzu baraka tilayman.
Jonajon Vatanimiz himoyasi yölida heç qaçon tolmang, yutuq va zafarlar doimo sizlarga yor bölsin!
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuçlar
Oliy Boş Qömondoni
