Prezident Şavkat Mirziyoyevning Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi boşlanişiga bağişlangan marosim iştirokçilariga murojaati
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Avvalo, siz, azizlarni Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston yangi magistral temir yöli qurilişi boşlanişi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bundan yarim yil oldin mazkur strategik transmintaqaviy loyihani amalga oşiriş böyiça birinçi tölaqonli bitim imzolangan edi. Ötgan qisqa davrda texnik hujjatlarni tayyorlaş işlari yakunlandi. Bugun esa biz bevosita quriliş işlariga start bermoqdamiz.
Bu döst mamlakatlarimiz salkam 30 yil davomida intilib kelgan tom maʼnodagi tarixiy voqeadir.
Sizlarning iştirokingizda xalqaro ahamiyatga ega bölgan yangi transport arteriyasi yaratilmoqda. U Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy bilan qisqa yer usti yöli orqali boğlaydi, davlatlarimizning köp qirrali hamkorligini yanada kengaytiriş va strategik şerikligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Yana bir muhim jihat – uşbu loyiha hamkorlikda barqaror rivojlaniş va farovonlik yölida köplab mamlakatlarni birlaştirib kelayotgan “Bir makon, bir yöl” taşabbusi doirasidagi ezgu maqsadlarga töliq mos keladi.
Şu munosabat bilan hurmatli hamkasblarim – Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Nurğojoyeviç Japarov janoblariga loyihani ilgari suriş borasidagi şaxsiy hissalari va faol saʼy-harakatlari uçun yana bir bor minnatdorlik izhor etaman.
Hurmatli marosim iştirokçilari!
Yangi temir yöl qurilişi mamlakatlarimiz iqtisodiyoti va bepoyon mintaqamiz uçun katta samara berişini alohida qayd etişni istardim.
Infratuzilma sohasidagi uşbu yirik loyiha ilğor muhandislik, innovatsiya va raqamli yeçimlar asosidagi keng kooperatsiyani, yuqori ekologik standartlarga amal qilişni nazarda tutadi.
Koşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yönalişi böyiça 20 ta stansiya, 42 ta köprik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.
Hisob-kitoblarga köra, uşbu magistral yölning işga tuşirilişi mintaqaviy savdo va investitsiyalar hajmini bir neça barobar köpaytiriş, transport xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiriş, Markaziy Osiyoning ulkan tranzit salohiyatini yuzaga çiqarişga xizmat qiladi.
Quyidagi muhim raqamlarga ham eʼtiboringizni qaratmoqçiman.
Uşbu yöl orqali yiliga 15 million tonna yuk taşiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib beriş masofasi va muddati bir neça ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yölovçilarni muntazam taşişni yölga qöyiş imkoniyati paydo böladi.
Kelgusida uşbu temir yöl liniyasi Transafğon yölagi bilan tutaşib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo örtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlaştiriş va kuçaytirişga imkon yaratadi. Bundan, heç şubhasiz, barça mamlakatlar iqtisodiy foyda köradi. Yuzlab yangi korxonalar va ön minglab iş örinlari yaratiladi.
Albatta, mazkur loyiha Buyuk ipak yölining qayta tiklanişiga, madaniy-gumanitar almaşuvlar rivojiga, xalqlarimizning yanada yaqinlaşuviga xizmat qiladi.
Qadrli döstlar!
Özbekiston mavjud texnik va intellektual resurslarni töliq işga solgan holda, bugun boşlanayotgan qurilişning barça bosqiçlarida faol iştirok etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Işonçim komil, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli uşbu temir yöl tarmoği bizning mustahkam döstligimiz, şeriklik va taraqqiyotimizning yana bir yorqin timsoliga aylanadi.
Fursatdan foydalanib, uşbu strategik loyihani amalga oşirişda iştirok etayotgan barça quruvçi va muhandislarni, işçi va mutaxassislarni kirib kelayotgan Yangi – 2025 yil bilan çin dildan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, katta yutuq va omadlar tilayman.
Bugun sizlarning bunyodkor saʼy-harakatlaringiz bilan boşlanayotgan ulkan loyiha mamlakatlarimiz va mintaqamizning umumiy kelajagi va ravnaqi uçun xizmat qilsin!
Eʼtiboringiz uçun rahmat.
