Özbekiston mintaqaviy şeriklikni izçil mustahkamlamoqda

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida böladi.

25-26 dekabr kunlari taşrif doirasida mamlakatimiz yetakçisi MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammiti va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining  (YEOIK) navbatdagi yiğilişida iştirok etadi.

Davlatimiz rahbari har yili MDHning anʼanaviy sammitlarida iştirok etib, Özbekiston Hamdöstlik maqsad va vazifalariga sodiqligini namoyiş qilmoqda. Bunday formatlarda iştirok etiş respublikaga yaqin şeriklar bilan faol hamkorlik qiliş, kun tartibidagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qiliş va özaro munosabatlarni yanada rivojlantirişga qaratilgan takliflarni  ilgari suriş imkonini beryapti.

Özbekiston iştirokçi davlatlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşiş orqali MDH doirasida faol pozitsiyani egallab kelmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan muhim taşabbuslarni muntazam ilgari surib kelayotir. Özbekistonning MDH doirasidagi ustuvor yönalişlari qatoriga integratsiyani çuqurlaştiriş, qöşma loyihalarni ilgari suriş va mintaqada barqarorlikni taʼminlaş kiradi.

Özbekiston uçun MDHdagi hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy şeriklik  muhim örin tutadi. Respublika eksport-import munosabatlarini faol rivojlanib, milliy mahsulotlarni sotiş bozorini kengaytirmoqda, mintaqaning transport-logistika infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan loyihalarda ham faol iştirok etmoqda. MDH davlatlari bilan özaro manfaatli hamkorlik aholi farovonligi darajasini oşirişga hamda Özbekistonning işonçli şerik sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga muhim omil bölayapti.

Özbekistonning MDH bilan aloqalari respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorligi bilan çambarças boğliq.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy makon negizida tuzilgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlaşmadir. Ittifoq 2014 yil 29 mayda Ostona şahrida (Qozoğiston) Belarus, Qozoğiston va Rossiya davlat rahbarlari tomonidan imzolangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi töğrisidagi şartnoma kuçga kirganidan söng 2015 yil 1 yanvardan iş boşladi. 2015 yilda Armaniston va Qirğiziston şartnomaga qöşildi.

Özbekiston 2020 yilda YEOIIda kuzatuvçi davlat maqomini olgan. Kuba va Moldova ham YEOIIda xuddi şunday maqomga ega.

Birlaşma nizomiga köra, kuzatuvçi maqomiga ega davlatlar YEOII organlari yiğilişlarida qaror qabul qiliş huquqisiz iştirok etişi, şuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga mamlakat vakilini tayinlaşi mumkin.

Özbekistonning YEOII bilan hamkorligini uşbu formatda rivojlantiriş milliy manfaatlarga javob beradi va teng huquqlilik, şuningdek, iştirokçi davlatlar tomonidan bir-birining manfaatlarini hisobga oliş tamoyillariga asoslanadi.

Özbekiston Prezidenti mamlakatimiz kuzatuvçi maqomini olganidan beri mazkur birlaşma Oliy Kengaşining oltita yiğilişida qatnaşdi.

Özbekiston Boş vaziri boşçiligida YEOII mamlakatlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlik böyiça idoralararo işçi guruhi tuzilgan. Işçi guruh YEOII bilan özaro hamkorlikni muvofiqlaştiradi, iqtisodiy aloqalarni  tahlil qiladi va hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi.

2024 yil 1 oktyabrda Özbekiston hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi örtasida 2024-2026 yillarga möljallangan Qöşma harakatlar rejasi imzolandi.

YEOII platformasida kuzatuvçi davlat sifatida iştiroki orqali  Özbekiston muhim taşabbuslarni ilgari surmoqda. Ittifoqqa aʼzo barça davlatlar bilan faol hamkorlik qilyapti, şuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirmoqda. Uşbu omillar esa barqaror ösiş surʼatlarini körsatayotir.

Muxtasar aytganda, Özbekiston Prezidentining Sankt-Peterburg şahrida bölib ötadigan MDH va YEOII sammitlarida iştirok etişi, özaro manfaatli aloqalarni kengaytirişga yangi surʼat bağişlaş barobarida, Hamdöstlik va birlaşma makonidagi davlatlar hamda xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini  mustahkamlaş yölidagi yana bir amaliy qadam bölib xizmat qiladi.

“Dunyo” AA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan