Kuçli iroda va hamjihatlik

Toşkent şahrida 19 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinçi yalpi majlisi bölib ötdi.

Majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi.

Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev oçdi.

Davlatimiz madhiyasi yangradi.

Yalpi majlis işini taşkil etiş uçun kotibiyat va elektron ovoz beriş nazorati böyiça guruh tuzildi, kun tartibi tasdiqlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Oliy Majlis Senatiga saylov natijalari töğrisida axborot berdi.

Bu jarayon yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda takomillaştirilgan milliy saylov qonunçiligiga binoan oşkora va adolatli ötgani taʼkidlandi. Asosiy qonunimizga muvofiq, Senat aʼzolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan teng miqdorda – 4 kişidan saylandi. Yana 9 nafar senator Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlandi.

Yalpi majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

Davlatimiz rahbari yangi tarkibdagi Senat aʼzolarini yuksak işonçga sazovor bölganlari bilan samimiy tabrikladi.

Yuqori palataning avvalgi tarkibi mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qöşgani taʼkidlandi. Oxirgi beş yilda yuqori palata tomonidan 106 marta hisobotlar eşitilgan, ijro organlariga 1 ming 300 ta sörov kiritilgan. Parlamentning xalqaro maydondagi nufuzi ham sezilarli darajada oşgan. Ötgan davrda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo döstlik guruhlari soni 26 tadan 73 taga yetgan.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixçamlaşib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi. Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir neça barobar oşdi. Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini şakllantirişdagi iştiroki sezilarli ravişda kengaytirildi. Senatga ham qonunçilik taklifi kiritiş huquqi berildi.

Prezident bugun dunyodagi vaziyatga yiğilganlar eʼtiborini qaratib, tinçlik va birlikning ahamiyatini taʼkidladi.

– Mana şunday ğoyat tahlikali vaziyatda biz faqat kuçli iroda, birlik va hamjihatlik, qattiq mehnat bilangina yurtimizda tinçlik va taraqqiyotni taʼminlaşga erişa olamiz. Hurmatli senatorlarimiz, mahalliy kengaşlarga saylangan deputatlarimiz ana şu ötkir haqiqatni, öz zimmalaridagi ulkan masʼuliyatni çuqur anglab iş olib boradilar, deb işonaman, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Majlisda taşkiliy masalalar ham körib çiqildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 101-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga nomzod taqdim qildi.

Yaşirin ovoz beriş orqali Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva saylandi. Şuningdek, Senat Raisining birinçi örinbosari lavozimiga Sodiq Safoyev, Senat Raisining örinbosari lavozimiga Amanbay Orinbayev saylandi.

Kun tartibiga muvofiq, Senatda 7 ta qömita va bitta komissiya tuzildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegişli qarorlari qabul qilindi.

ÖzA materiallari asosida tayyorlandi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan