Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinçi majlisidagi nutqi

Assalomu alaykum, hurmatli Senat aʼzolari!

Qadrli döstlar!

Avvalo, siz, azizlarni yuksak işonçga sazovor bölib, Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylanganingiz bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, senator degan nom – yuksak va şarafli maqom, şu bilan birga, ulkan masʼuliyat ekanini hammamiz yaxşi tuşunamiz.

Sizlar Yangi Özbekistonni barpo etiş, xalqimiz uçun tinç va osoyişta, erkin va farovon hayot yaratiş yölida bor bilim va tajribangizni, kuç va salohiyatingizni işga solib, xalqimiz işonçini oqlaysiz, deb umid qilaman.

Kuçli raqobat, adolat va oşkoralik ruhida ötgan saylovlar natijasida beşinçi çaqiriq Senatning tarkibi sifat jihatidan yuqori darajada şakllandi. Bugun sizlarning timsolingizda köplab yetakçi soha va tarmoqlar vakillarini, taniqli siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat namoyandalarini körib turganimdan xursandman.

Senatorlarimizning intellektual salohiyati haqida gapirganda, ularning har 3 nafaridan biri ilmiy darajaga ega ekanini alohida taʼkidlaş kerak.

Eʼtiborlisi, Senat aʼzolarining qariyb 27 foizi yoki 16 nafari xotin-qizlardir. Bu esa oila, onalik va bolalik, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, umuman, ijtimoiy masalalar böyiça qonunçilik faoliyati hamda parlament nazoratini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.

Mamlakatimizda bölib ötgan saylovlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojida ham, mahalliy Kengaşlar faoliyatida ham yangi davrni boşlab bermoqda, desak, töğri böladi.

Yangi saylangan mahalliy Kengaşlar tarkibi va maqomiga köra oldingi holatdan mutlaqo farq qiladi. Ularning tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 3 mingdan ortiq yurtdoşlarimiz ilk bor deputat bölgani ham şundan dalolat beradi.

Ayniqsa, mahalliy Kengaşlarda ayol deputatlar uluşi 32 foizga yetgani, 30 yoşgaça bölgan deputatlar soni 3,5 karra oşib, 266 nafarni taşkil etgani Senat faoliyatini yangiça yondaşuv va qaraşlar asosida taşkil etişda muhim rol öynaydi.

Bugungi majlisda iştirok etayotgan senatorlarning aksariyati bir vaqtning özida mahalliy Kengaş deputatlari hamdir.

Barçamiz yaxşi tuşunamiz, dunyo miqyosidagi vaziyat misli körilmagan darajada keskin va murakkab bölib borayotgan hozirgi şaroitda yurtimiz tinçligi va ravnaqini taʼminlaş har qaçongidan ham ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Buyuk şoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud bobomiz aytganlaridek, qadimgi ajdodlar bitta töfon körgan bölsa, bugun biz mingta töfon körmoqdamiz. Çindan ham, biz duç kelayotgan global muammolarning har biri bitta töfon emasmi?

Turli mintaqalardagi qonli töqnaşuvlar, ekologik va texnogen fojialar, iqlim özgarişlari, iqtisodiy inqirozlar, terrorizm va ekstremizm tahdidlari, qoçoqlar muammolari tobora kuçayib borayotganini barçamiz körib-bilib turibmiz.

Mana şunday ğoyat tahlikali vaziyatda biz faqat kuçli iroda, birlik va hamjihatlik, qattiq mehnat bilangina yurtimizda tinçlik va taraqqiyotni taʼminlaşga erişa olamiz. Hurmatli senatorlarimiz, mahalliy Kengaşlarga saylangan deputatlarimiz ana şu ötkir haqiqatni, öz zimmalaridagi ulkan masʼuliyatni çuqur anglab iş olib boradilar, deb işonaman.

Qadrli döstlar!

Yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan uluğvor vazifalarni amalga oşirişda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qöşdi. Ayniqsa, ayollar huquqlarini işonçli taʼminlaş, xotin-qizlar va bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş masalalarida Senat alohida faollik körsatdi. Oxirgi beş yilda yuqori palata tomonidan 106 marta hisobotlar eşitilgani, ijro organlariga 1 ming 300 ta sörov kiritilgani ham muhim ijobiy natijadir.

Parlamentning xalqaro maydondagi nufuzi ham sezilarli darajada oşib bormoqda. Ötgan davrda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo döstlik guruhlari soni 26 tadan 73 taga yetdi. Senatimiz Osiyo xotin-qizlar forumi, Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlararo forumi kabi yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi.

Parlamentlararo Ittifoq assambleyasining 150-sessiyasi, yaʼni yubiley anjumani kelgusi yili poytaxtimizda ötkazilişi ham alohida eʼtiborga loyiq. Senat uşbu nufuzli xalqaro forumni ham yuqori saviyada taşkil etiş va ötkazişga boşçilik qilsa, öylaymanki, ayni muddao böladi.

Şu örinda Senatda davlatlararo kelişuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlaş böyiça ilk bor ijobiy amaliyot yölga qöyilganini ham taʼkidlaş joiz.

Muhtaram senatorlar!

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixçamlaşib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi. Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir neça barobar oşdi. Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini şakllantirişdagi iştiroki sezilarli ravişda kengaytirildi.

Yana bir muhim masala. Ilgari senatorlarimiz nazorat tadbirlarida yoki saylovçilar bilan uçraşuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etiş böyiça aniq vakolatga ega emas edi. Yangilangan Konstitutsiyamizda Senatga qonunçilik taklifini kiritiş huquqi berilişi bilan masala öz yeçimini topdi. Yangi saylangan senatorlarimiz bu jarayonlarda endi faol böladilar, deb işonaman.

Hurmatli yiğiliş iştirokçilari!

Endi, yuqori palata öz faoliyatida töliq işga solişi lozim bölgan imkoniyat va yönalişlarga töxtalib ötsak.

Konstitutsiyada Senat hududiy vakillik palatasi ekani belgilab qöyilgan. Şu bilan birga, oldingi çaqiriqda Senat mahalliy Kengaşlar bilan muloqot va hamkorlik borasida faqat dastlabki qadamlarni qöyganini tan oliş lozim. Masalan, mahalliy Kengaşlar 15 dan ortiq masalalar böyiça qaror qabul qiliş vakolatiga ega bölsa-da, ularni tayyorlaş, kelişiş va tasdiqlaş böyiça yagona tartib haligaça işlab çiqilmagan.

Yana bir masala. Mahalliy Kengaşlarga köp vakolatlar berib, maqomini ança oşirdik. Lekin, afsuski, Kengaş deputatlari tajriba almaşadigan, malaka va amaliy könikmasini oşirib boradigan tizim yölga qöyilmadi. Öylaymanki, uşbu masala ham Senatning yangi tarkibi eʼtiboridan çetda qolmaydi.

Bundan taşqari, mahalliy Kengaşlarning eng yaxşi tajribalarini boşqa hududlarda ham ommalaştiriş, namunali Kengaşlarni eʼtirof etiş ham yölga qöyilsa, albatta, işimizning samarasi yanada oşadi.

Asosiy qonunimizga muvofiq, Senat 10 dan ziyod yuqori martabali mansabdor şaxslarning hisobotlarini eşitadi. Ötgan beş yilda bunday hisobotlar 100 martadan ortiq eşitilgan. Lekin hisobotlar köp hollarda çuqur tahlillar ötkazmasdan körib çiqilmoqda. Masalan, jinoyatçilik masalasini olaylik. 2024 yilning 9 oyida mamlakatimiz böyiça 45 mingdan ziyod şaxs jinoyatga qöl urgan. Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida öğrilik, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida firibgarlik, Surxondaryo va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrida giyohvandlik jinoyatlari boşqa hududlarga nisbatan köproq sodir etilgan.

Senat parlament nazorati doirasida mavjud ahvolni puxta tahlil qilib, “qizil” hududlardagi vaziyatni nazoratga olsa, bu borada qatʼiy sörov ötkazsa, öylaymanki, vaziyatni ijobiy tomonga özgartiriş mumkin.

Qadrli yurtdoşlar!

Sönggi yillarda keng kölamli demokratik islohotlarimiz tufayli Özbekistonning xalqaro reytinglardagi örni yaxşilanib bormoqda. Mamlakatimiz reytingi qonun ustuvorligi böyiça 8 poğona, elektron hukumat böyiça 18 poğona, iqtisodiy erkinlik böyiça 49 poğona, logistika va innovatsiya böyiça 10 poğona yuqori kötarildi.

Bunday muhim yutuqlarni eʼtirof etgan holda, biz ayni vaqtda bu yönalişlarda hali yana köp iş qilişimiz zarurligini yaxşi tuşunamiz.

Bugungi kunda Özbekiston nufuzli xalqaro minbarlardan katta-katta taşabbuslarni ilgari surmoqda. Albatta, ularning mazmun-mohiyatini xalqimizga, xorijiy va mahalliy ekspertlarga yetkazişda senatorlarimiz faol bölişlarini barçamiz istaymiz. Ammo, afsuski, ularning bu boradagi roli yetarli darajada sezilmayapti. Senatdagi xalqaro işlarga masʼul qömita ham uşbu masalada ança sust işlayapti. Umid qilamanki, yuqori palatamizning yangi tarkibi mazkur yönalişdagi faoliyatini yaxşilaydi.

Hurmatli majlis qatnaşçilari!

Bugungi tahlikali zamon barçamizdan öz işimizni tanqidiy baholab, uni butunlay yangiça taşkil etişni taqozo etmoqda. Şu munosabat bilan Senat oldida turgan dolzarb vazifalarga qisqaça töxtalib ötmoqçiman.

Birinçidan, yangilangan Konstitutsiyamizda Senat bilan Qonunçilik palatasi vakolatlaridagi takroriy holatlar bartaraf etilib, ularning har biriga tegişli vazifalar aniq körsatildi.

Endi Senat qonunlarni muhokama qilişda yangiça mexanizmlarni joriy etişi zarur. Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy Kengaşlarni keng jalb etiş, har bir qonun böyiça ularning fikrini oliş amaliyotini yölga qöyiş muhim ahamiyatga ega.

Eʼtibor bering, Kengaşlar deputatlari bu yil fuqarolar bilan uçraşuvlarda 22 mingdan ortiq muammolarni aniqlagan. Yaʼni, joylardagi haqiqiy ahvolni ular yaxşi biladi. Şunday ekan, qonunlarni parlament qömitalarida körib çiqişda, vazirlik va idoralar vakillari bilan emas, balki mahalliy Kengaşlar deputatlari bilan köproq iş olib borilsa, albatta adolatdan böladi. Çunki, hududlarning öziga xos xususiyat va imkoniyatlari hisobga olinmagan qonunlar quyi böğinda samarali işlamaydi.

Eng muhimi, qonunlarda hududiy va umumdavlat manfaatlari uyğun bölişiga erişiş lozim. Qonunlar ijrosini taʼminlaşda mahalliy hokimlik yoki Kengaşning imkoniyat va resursi qay darajada ekani doimo Senatning eʼtibor markazida bölişi zarur.

Ikkinçidan, mahalliy Kengaşlar faoliyatiga har tomonlama kömaklaşiş Senatning ustuvor vazifasi bölişi kerak.

Mahalliy boşqaruvda sifat jihatidan yangi model joriy etilayotgan hozirgi vaqtda bu ayniqsa muhimdir. Xabaringiz bor, endi Xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlariga hokimlar emas, balki deputatlar orasidan saylangan Kengaş raislari boşçilik qiladi. Biz uşbu siyosiy islohot orqali xalqimizning 30 yillik orzusini röyobga çiqardik, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi majlisda iştirok etayotgan hududiy Kengaşlar raislarini qutlab, ularga kelgusi faoliyatlarida yutuqlar tilayman.

Bu yil hokimlarning 33 ta vakolati Kengaşlarga olib berildi, yana 17 ta vakolatni ötkazişni reja qilyapmiz. Misol uçun, içimlik suvi tarifiga ustama, davlat obʼyektlari va bozorlarda ijara tölovlari kabi jami 7 turdagi mahalliy yiğimlar miqdorini tasdiqlaş vakolati ham mahalliy Kengaşlarga ötkazilişi közda tutilgan.

Şuningdek, Kengaş sörovi va Kengaş tekşiruvi kabi yangi mexanizmlar orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazorat kuçaytiriladi. Mahalliy Kengaşlar tomonidan har yarim yilda qilingan işlar böyiça matbuot anjumanlari ötkaziş amaliyoti yölga qöyilsa, öylaymanki, bu ularning faoliyatida oşkoralik va hisobdorlikni kuçaytiradi.

Uşbu çora-tadbirlarning barçasi mamlakatimizda davlat boşqaruvini quyi böğinga tuşiriş, ularni aholiga yaqinlaştiriş jarayonlari ortga qaytmas tus olganidan dalolat beradi.

Şu örinda ğoyat muhim bir jihatga eʼtiboringizni qaratmoqçiman. 1992 yilgaça mamlakatimizda bir muddat mahalliy davlat hokimiyatiga ikki rahbar boşçilik qilgan holatlar ham bölgan. Buni bugungi majlisda qatnaşayotgan yoşi uluğ insonlar yaxşi eslaydi. Öşa vaqtda ayrim rahbarlar dolzarb muammolarni hal qilib, hududni rivojlantiriş örniga obrö talaşişdan ortmay qolgani ham bor gap.

Yaqin ötmişda yöl qöyilgan bunday xatolardan töğri xulosa çiqarişimiz va ularni takrorlaşga yöl qöymasligimiz lozim. Umuman, hokim ham, Kengaş raisi ham, avvalo, öz hududida yaşayotgan aholi manfaatlarini yetakçi öringa qöyib, bir jamoa bölib işlaşi lozim.

Ayni paytda Konstitutsiyada belgilanganidek, tuman, şahar va viloyatlar miqyosida qonun hujjatlarini sözsiz ijro etiş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantiriş uçun hokimlar masʼul va javobgar ekanini alohida taʼkidlab aytmoqçiman.

Bu fikrlarni siz, hurmatli senatorlar bilan uçraşuvda bayon etayotganim bejiz emas. Çunki, sizlar, bir tomondan, mahalliy Kengaş deputatisiz, ikkinçi tomondan, Senat aʼzosi sifatida zimmangizga mahalliy vakillik idoralariga kömaklaşiş vazifasi ham yuklatilgan.

Senat mahalliy hokimlik va Kengaşlar hamjihat faoliyat yuritişi, özaro munosabatlarini töğri taşkil etişi uçun ularga yaqindan yordam berişi lozim.

2026 yildan boşlab tuman va şahar Kengaşlariga ham hokimlar raislik qilmaydi. Bu ham muhim demokratik jarayon. Yuqori palatamiz bu islohotga ham jiddiy tayyorgarlik körişi kerak.

Uçinçidan, yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy Kengaşlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlaşda, ularning hududni rivojlantirişga oid dasturlarini ilk bor körib çiqib, maʼqulladi.

Xalqimiz deputatlardan bu dasturlardagi vazifalar ijrosi böyiça deputatlik va Kengaş nazoratini amalga oşirişda faol va taşabbuskor bölişni kutmoqda.

Misol uçun, sönggi beş yilda yöl qurilişi sohasiga 48 trillion söm mablağ ajratilgan bölsa-da, yöllarning 32 foizi yoki 66 ming kilometri hanuz taʼmirtalab ahvolda. Içimlik suvi va kanalizatsiya tizimiga esa 23 trillion söm mablağ yönaltirilgan, lekin 747 ta mahalladagi qariyb 8 million aholi hali ham markazlaşgan tarmoqqa ulanmagan. Markazlaşgan isitiş qozonlarining 8 foizi hamda issiqlik tarmoqlarining 14 foizi yaroqsiz ahvolda.

Şahar va şaharçalarning 826 tasi yoki 70 foizi, qişloq aholi punktlarining 5 ming 859 tasida yoki 78 foizida boş reja yöq. Oqibatda, joylarda pala-partiş va noqonuniy qurilişlar köpayib bormoqda. Ötgan yili röyxatdan ötkazilmasdan quriliş boşlangan 1 ming 600 ta obʼyekt aniqlangan bölsa, joriy yilning olti oyida bu körsatkiç 1 ming 900 tadan oşgani ham buning dalilidir.

Bu esa mahalliy Kengaşlar vazirlik va idoralarning quyi böğinlari, ayniqsa, tuman va şahar bölinmalari bilan joylarda yangiça yondaşuv asosida işlaşini taqozo etmoqda.

Aziz döstlar!

Maʼlumki, byudjet munosabatlari sohasida mahalliy Kengaşlar juda katta vakolatlarga ega. Biz 2025 yilda yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini töliq, daromad soliğining esa kamida 50 foizini tuman va şaharlarning özida qoldiriş böyiça qaror qabul qilamiz. Bu orqali mahalliy Kengaşlarning uşbu sohadagi roli yanada ortadi. Natijada 2025 yilda tuman va şaharlar byudjetlari daromadi 9,4 trillion söm yoki 47 foizga oşadi.

Misol uçun, birgina Xatirçi tumanining byudjetida daromadlar 69,4 milliard söm yoki salkam 2 barobar, Buxoro tumanida 29 milliard söm yoki 1,3 barobarga köpayadi.

Bu islohotlarimiz tuman va şaharlardagi masʼul va mutasaddi şaxslar öz hududlaridagi muammolarni mustaqil hal etişi uçun imkoniyatni tubdan oşiriş barobarida mahalliy Kengaşlardan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qiynayotgan masalalar yeçimi böyiça asosli taşabbuslarni ilgari surişni ham talab etadi.

Senat esa bu yönalişlarda mahalliy Kengaşlar faoliyatini tizimli tahlil qilib, ularga kömaklaşib borişi zarur.

Törtinçidan, yangilangan Konstitutsiyamizda Senatga mahalliy Kengaşlarning qarorlari qonunçilikka muvofiq bölişini taʼminlaş böyiça katta masʼuliyat yuklangan.

Birgina ötgan yilning özida uşbu Kengaşlar 34 ming 400 ta qaror qabul qilganini hisobga oladigan bölsak, bu qançalik muhim vazifa ekani yaqqol ayon böladi. Senat bu borada oçiqlik va şaffoflikni, qonuniylikni taʼminlaş böyiça samarali tizim yaratişi kerak. Bu yönalişda yuqori palata huzurida yaqinda taşkil etilgan Hududiy vakillik organlari faoliyatini örganiş markazi imkoniyatlaridan unumli foydalaniş lozim böladi.

Beşinçidan, Senat qömitalari – yuqori palataning yuragi, harakatlantiruvçi kuçidir.

Har bir qömita joylardagi muammolarni örganiş va ularning yeçimi yuzasidan ötgan beş yil davomida örtaça 37 tadan nazorat-tahlil tadbiri ötkazgan. Albatta, bu körsatkiç va raqamlar yaxşi. Lekin nazorat tadbirlari kutilgan natija beryaptimi, ulardan keyin joylarda aniq bir muammo öz yeçimini topyaptimi, degan savol senatorlarimizni öylantirişi kerak.

Şu bois, qömitalardagi eşituv instituti asoslarini qonun darajasida mustahkamlab qöyiş vaqti keldi, deb hisoblayman. Har bir qömita öz yönalişi böyiça mahalliy Kengaşlarga kömaklaşib borsa, tabiiyki, ularning faoliyati ham sezilarli darajada kuçayadi.

Oltinçidan, biz kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş borasida katta dasturlarni amalga oşirmoqdamiz.

Tört yil avval 23 foiz yoki 7,5 million nafar aholimizning daromadi kambağallik çegarasiga ham yetmas edi. Ötgan davrda 3,5 million fuqaro uçun daromad oliş imkoniyatini yaratib, kambağallikni 11 foizga tuşirişga erişdik. Kelgusi uç yilda uni 7 foizga tuşirişni reja qilganmiz.

Kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş maqsadida kelgusi yili byudjetdan 500 milliard söm yönaltiramiz. Yana bir yangilik – yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni özida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yölga qöyiladi.

Daromadi va soğliğini yöqotib, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş kölami bosqiçma-bosqiç kengaytiriladi. Buning uçun “Ijtimoiy suğurta töğrisida”gi qonun qabul qilinadi. Nogironligi bölgan şaxslarning jamiyatga moslaşuvini taʼminlaş uçun ijtimoiy xizmat va yordamlar kölami kengaytiriladi.

Xabaringiz bor, bugungi kunda imkoniyati çeklangan bolalarning aksariyati ijtimoiy muhitdan ajralgan holda taʼlim olmoqda. Ularning umumtaʼlim maktablariga qatnaşi uçun tösiqsiz muhit va zarur şaroit yaratiladi, maxsus pedagog va psixologlar jalb qilinadi.

Yana bir muhim masalaga alohida töxtalmoqçiman. Jamiyatimizda bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlari uçrayotganidan xabarim bor. Biz milliy madaniyatimizga xos bölmagan bunday illatlarga qarşi murosasiz munosabatda bölişimiz va ayovsiz kuraşişimiz şart. Bu masala şaxsan Prezidentning nazoratida böladi.

Şu bois, yaqinda bolaning hayoti, soğliği, şaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilinadigan, jismoniy va ruhiy azob yetkazişi mumkin bölgan barça holatlarda davlat tomonidan tegişli huquqiy va ijtimoiy çoralar körilişini qonun bilan mustahkamlab qöydik.

Prokuratura organlari zöravonlikdan jabrlanuvçilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça taʼsirçan çoralarni yanada kuçaytirişi kerak.

Ana şunday reja va taşabbuslarimizni töliq röyobga çiqarişda senatorlarning iştiroki, heç şubhasiz, juda muhim.

Yettinçidan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida milliy kengaş faoliyati yölga qöyilib, Senat raisi unga rahbarlik qilişi töğri bölganini hayotning özi tasdiqladi.

Sönggi beş yilda “Korrupsiyaning mavjud emasligi” körsatkiçida Özbekiston 23 poğona yuqori kötarilib, 2023 yilda 140 ta mamlakat orasida 66-örinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida bu yönalişda sezilarli ijobiy körsatkiçni namoyiş etdi.

Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining şaffofligini baholaş böyiça “Oçiqlik indeksi” joriy etildi. Baholaş natijalariga köra, qoniqarsiz deb topilgan davlat taşkilotlari rahbarlarining hisobotlari Milliy kengaş yiğilişlarida eşitib borilmoqda. Biroq, bu borada hali yeçimini kutayotgan masalalar ham yetarli. Ötgan yili korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaygan bölsa-da, 6 ming 500 nafar şaxs korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortilgan.

Umuman, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça parlament nazoratini, butun jamiyatimiz iştirokini yanada kuçaytiriş zarur, deb hisoblayman.

Senat aholi va davlat xizmatçilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini şakllantiriş, yoş avlod ongiga qonunga hurmat, töğrilik va halol mehnat tuşunçalarini singdiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni işlab çiqişi kerak.

Sakkizinçidan, Senat tomonidan Sudyalar oliy kengaşining barça aʼzolarini saylaş tizimi yölga qöyilgani sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaşga xizmat qiladi.

Şu örinda bir fikrga urğu berib aytmoqçiman: Senatning uşbu konstitutsiyaviy vakolati faqat nomzodlarni tasdiqlaş bilan çeklanib qolmasligi kerak. Yuqori palata qömitalarida nomzodlarning faoliyati bilan tanişiş va baho beriş, ular haqida xulosa bildiriş amaliyotini yölga qöyiş zarur.

Şu bilan birga, sudyalarning maqomi va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asosini, sud tizimini moliyalaştiriş uçun mablağlar ajratişda uşbu hamjamiyatning iştirok etiş kafolatlarini alohida qonunlar bilan belgilaydigan vaqt keldi, deb hisoblayman.

Muhtaram döstlar!

Bugun sizlar bilan birga kun tartibiga kiritilgan taşkiliy masala – Senat Raisi va uning örinbosarlarini saylaş töğrisidagi masalani körib çiqişimiz zarur.

Konstitutsiyamizning 101-moddasiga muvofiq, köpçilik, jumladan, tajribali senatorlar bilan maslahatlaşgan holda, men Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga hurmatli senatorimiz Tanzila Kamalovna Norboyeva nomzodini taqdim etmoqçiman.

Uşbu nomzodni barçangiz yaxşi taniysiz. Tanzila Kamalovna davlat va jamoat boşqaruvida boy tajribaga ega. Ötgan davrda uning Oliy Majlis Senati Raisi sifatidagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlaş va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vaziyat sezilarli ravişda yaxşilandi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari borasida ilgari surilgan köplab taşabbuslar bugungi kunda öz natijasini bermoqda.

Hurmatli Tanzila Kamalovna yuksak lavozimda sizlar bilan yaqin hamkorlikda yanada muvaffaqiyatli faoliyat körsatişiga işonaman.

Senat Raisining birinçi örinbosari lavozimiga hurmatli senatorimiz Sodiq Solihoviç Safoyev nomzodini tavsiya etaman.

Bu rahbarni mamlakatimizda va xalqaro maydonda tanilgan yirik diplomat, jamoat arbobi sifatida yaxşi taniysiz. Sodiq Solihoviçni barçangiz yaqindan bilganingiz tufayli u kişining mehnat faoliyati haqida uzoq töxtalib ötirmayman.

Senat Raisi örinbosari lavozimiga hurmatli senatorimiz Amanbay Tleubayeviç Orinbayev nomzodini tavsiya etaman.

Bu inson xalqimizning fidoyi farzandi bölib, 2022 yil 26 avgustdan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, öşa yilning 13 sentyabridan bir paytning özida Senat Raisi örinbosari sifatida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Amanbay Tleubayeviç köp yillar içki işlar organlari tizimida masʼul lavozimlarda samarali xizmat qilgan. Mehnat faoliyati davomida özini masʼuliyatli, Vatanga, kasbiga sadoqatli, sinovli damlarda odamlarni jipslaştira oladigan jonkuyar rahbar sifatida körsatdi.

Sizlardan Amanbay Orinbayev nomzodini qöllab-quvvatlaşingizni sörayman.

Hurmatli Senat aʼzolari!

Senat Raisi va uning örinbosarlari etib saylangan Tanzila Norboyeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni bugungi yuksak işonç bilan şaxsan öz nomimdan va sizlarning nomingizdan çin qalbimdan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bölişini tilayman.

Aziz döstlar!

Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Saltanat tönini kiygaç, tanimdan halovat ketdi”, degan taʼsirçan sözlarini köpçiligingiz öqigansiz, albatta. Uluğ ajdodimizning uşbu sözlarida davlatçilik işiga, el-yurt xizmatiga bel boğlagan inson amal qilişi zarur bölgan oliy mezon nazarda tutilganini hammamiz yaxşi tuşunamiz.

Çindan ham, davlat va xalq xizmatçisining – u senator yoki deputat böladimi, hokim yoki vazir böladimi – rahbarlik masʼuliyatini öz zimmasiga olganidan söng beğam-beparvo, loqayd bölib yurişga, huzur-halovatga berilib yaşaşga maʼnaviy haqqi yöq.

Özingiz tasavvur qiling, 37 millionlik xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator bölişdek yuksak şaraf va baxt nasib etdi. Bu ulkan işonç va masʼuliyatning qadriga yetiş, uni halol va sodiq xizmat bilan oqlaş barçamizning muqaddas burçimizdir.

Donişmandlar aytganlaridek, vijdonan qilingan mehnatdan – najot, adolatdan – yutuq va zafar hosil böladi.

Sizlar Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini bunyod etişga munosib hissa qöşasizlar, xalqçil va adolatli qonunlar qabul qilib, barçaga örnak bölasizlar, deb tilak bildiraman.

Men siz, muhtaram senatorlar timsolida ana şunday katta işlarga qodir, Özbekiston oldida turgan strategik vazifalarni çuqur anglaydigan, Vatan va xalq manfaatini hamma narsadan ustun qöyadigan fidoyi insonlarni – özimning eng yaqin maslakdoşlarimni köraman.

Sizlar bor bilim va tajribangiz, kuç va imkoniyatingizni işga solib, mamlakatimiz hayotida, Senat faoliyatida yangi, yorqin sahifa oçasiz, deb işonaman.

Ana şunday şarafli yölda barçangizga sihat-salomatlik, ulkan kuç-ğayrat, omad va zafarlar tilayman.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan