Uyning öçmas çiroği

jurnalist Şahzoda Akbarova portretiga çizgilar

Inson umrini oqar daryoga qiyoslaşadi. Haq gap. Kuni keçagina tuman markazidagi 1-örta maktabda öqib, jurnalist bölişni orzu qilib yurgan qizça bugun nafaqa yoşiga yetib, taniqli jurnalist, telejurnalist, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi sifatida yurtdoşlarimizning eʼtiborida, eʼtirofida.

Havas

Nozikkina jussasi bilan tinim nima bilmaydigan, ustozlariga savol beraverib, tinç qöymaydigan, qölidan kitob, gazeta tuşmaydigan Şahzoda Akbarova öşanda maktabning sakkizinçi sinfida öqirdi. Tuman “Mehnat bayroği” gazetasining binosi maktabga yaqin masofada edi. Darsdan söng u tahririyatga borar, gazeta xodimlaridan maslahatlar olar, topşiriqlar berişsa, albatta, bajarib kelardi. Gazeta sahifalarida bosilgan har bir kiçik xabar, maqola uning jurnalist böliş istagini yanada oşirardi.

Ota-ona uçun hali ön yettiga tölib ulgurmagan qizlarini Toşkentday azim şaharga öqişga yuboriş oson bölmagan, albatta.

Uning Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida öqib, iş faoliyatini boşlaganiga ham 33 yil bölibdi!

Sadoqat va fidoyilik

Öqişni tamomlab, faoliyatini Namangan viloyat teleradiokompaniyasida suxandonlikdan boşlagan qahramonimiz tuman “Mehnat bayroği” gazetasiga işga taklif qilindi. Bir paytlar özi havas qilib, jurnalistikaning dastlabki saboqlarini olgan dargohda muxbir, masʼul kotib vazifalarida işladi. Ğayrati, sözamolligi, odamlar dardi, muammolarini nafaqat gazeta sahifalariga olib çiqiş, balki, ularni bartaraf etişda kömaklaşişi, har bir fikrini aniq, lönda, öquvçi qalbiga yetib boradigan tarzda yozişi bilan tilga tuşdi, mehr qozondi.

Keyinçalik viloyatdagi “Ayol va jamiyat” gazetasida faoliyat yuritdi. Öqişli, rang-barang mavzudagi maqola, oçerklari bilan respublika miqyosida ham tanildi. Mamlakat miqyosida ötkazilgan turli tanlovlar ğolibi, sovrindori böldi.

Bugun viloyatimiz tumanlarining qaysi bir göşasiga bormang, Şahzoda Akbarovani yaxşi tanişadi. Sababi — u öz qahramonlari haqida xonasida ötirib yozmaydi, balki, tumanlarning öşa olis qişloqlariga borib, topadi, muloqot qiladi.

— Jurnalistning noni halol, – deydi qahramonimiz. — Ustozlarim ögitlariga amal qilib yaşayman. Oqni oq, qorani qora deyiş kerak. Körganlarimni yozaman. Bu kasbga xiyonat qilib bölmaydi.

Ha, Şahzoda Akbarova bugun nimagaki erişgan bölsa, bu uning kasbiga bölgan sadoqati, fidoyiligi tufayli.

Taşkilotçilik

Bu hammada ham bölavermaydigan fazilat. Qayerdaki tadbir bölsa, u yerda Şahzoda Akbarova iştirok etsa, albatta, mazmunli, qiziqarli savol-javoblar bilan, esda qolarli ötadi. Uning har bir fikrini öz örnida qöllaşi, nutqi, har bir insonning könglini topa bilişi, muomala madaniyatiga havas qilgulik. Bu qobiliyatni payqagan viloyat teleradiokompaniyasi rahbari M.Maqsudov Şahzodani işga taklif qilib, yanglişmagandi.

Uning “Oltin zamin” radiosiga rahbarligi davrida tayyorlagan rang-barang eşittirişlari, boş muharrir örinbosari lavozimi paytidagi faoliyati, tayyorlagan körsatuvlari hamişa rağbat olgan.

Mana, bugun ham u yaşab turgan Vali Ahmedov köçasidagi xonadonda çiroq öçmaydi. Hamma tinç uyquda, köçalar sokin bölgan pallada Şahzoda ertaga efirga uzatiladigan körsatuv matnini yozadi, ovozlaştiriş bilan band böladi.

Rejadagi materiallar Pop, Çust, Mingbuloqning olis qişloqlaridan bölsa, u joylarga yetib boriş, qahramonni topiş, suhbatlaşiş, suratga oliş vaqt oladi. Şu sabab tunda ham işlaşga töğri keladi.

— Körsatuv efirga uzatilgaç, u haqda iliq fikrlar eşitganimda, barça çarçoqlarim, qiyinçiliklarim unutiladi, — deydi qahramonimiz.

Jasorat

Bu sözni maʼlum toifadagi kişilargagina qöllaymiz. Vaholanki, atrofimiz jasoratli insonlarga töla.

Şahzoda Akbarovani jasorat, sabr-bardoş timsoli, degim keladi. Uning hayoti bir tekis, ravon, osuda, tinç keçgani yöq. Aksinça, har bir lahzada u köplab sinovlarga duç keldi. Lekin heç qaçon nolimadi, şukur qildi.

Mast holda rul boşqarib, tunda ona-bolani urib, qoçib ketgan yigit tufayli oylab kasalxonalarda azob çekib yotişsa-da, unga daʼvo qilmadi. Pandemiya paytida ham jonbozlik körsatib işladi, turli körsatuvlar tayyorlaşdan töxtamadi. Baxtga qarşi, virus balosidan aziyat çekib, viloyat şifoxonalarida yotdi. Bu dardni ham yengdi.

Yurtimizda taraqqiyot bosqiçlari oson keçmagani hammamizga maʼlum. Jurnalistning oylik maoşi hozir ham haminqadar. Ayniqsa, davlat organlari naşrlari va teleradio tizimida maoş kam. Şahzoda hasratni, nolişni aslo öziga ep körmaydi. Uning jasorati — köpçilik qatori özi ham örtaholgina yaşasa-da, özidagi tiyiqlik va şukronalikni atrofdagilarga ham yuqtira bilişi.

Rahmatli turmuş örtoği öziga munosib iş topolmaganidan tuşkunliklar girdobida qoldi. Şahzoda rözğordagi vazminliklarni ham tabiiy yaşaş tarzi sifatida qabul qildi. Öşa kezlar tört öğlonining yeyman, içaman, kiyaman deb turgan ayni ösiş, ötiş davri edi. Şahzoda farzandlari ruhiyatiga yöqçilik, tanqislik, tanglik zarbalarini yetkazmadi. Aksinça, moddiyatdan baland maʼnaviy, maʼrifiy intilişlar ehtiyojini tarbiyaladi.

Hali bolalari oyoqqa turmagan paytda umr yöldoşidan ayriliş qançalik oğir bölmasin, özini qölga oldi. Yanada irodali böldi. Bolalariga ham ota, ham onalik mehr-eʼtibori bilan qaradi.

Farzandlari özidan köpayişmoqda. Tört farzandning onasi bugun ikki kelinning suyukli qaynonasi, nabiralarga mehribon buvijon. Hasanboy — Namangan davlat universitetida faoliyat yuritadi. Husanboy — tadbirkor. Jamşidbek Toşkentda oliy öquv yurtini tamomlab, IT sohasida işlaydi. Kenjasi — Rixsitilla NamDUning tarix fakultetida tahsil olmoqda.

Şahzodaning bir odati borki, rosti, köplar havas qiladi. Böş vaqt topdimi, yaqinlari, hamkasblari holidan xabar oladi. Zarur bölsa, yonida turadi. Uni izlab, eşigiga yordam sörab kelgan har bir inson noumid bölmaydi. Qölidan kelgan yordamini ayamaydi.

U qaçon bir qiyinçilikka yoki tösiqqa duç kelsa, aslo siltanmaydi. Bunda ham Yaratganning bir hikmati bordir, deydi. Uning bu hayotiy qoidasi “Katta yölga tutaş söqmoqlar” (2001, hammualliflikda) kitobidagi qatralarida, hayotiy keçinmalaridan iborat “Oq tulporlar” (2010) kitobida ham öz ifodasini topgan.

Şahzoda Akbarova bugun ham Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinçligi, elimiz farovonligi yölida öz sözi, qalami bilan xizmatda. Bu yölda unga, avvalo, soğliq, uzoq umr, farzandlari rohatini körib yaşaşdek baxt tilaymiz.

Lobar RUSTAMOVA,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan