“Islom – ezgulik va tinçlik dini” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi iştirokçilariga

Hurmatli anjuman qatnaşçilari!

Qadrli döstlar!

Avvalo, sizlarni azim Toşkent va qadimiy Xiva şaharlarida ötkazilayotgan “Islom – ezgulik va tinçlik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning oçilişi bilan samimiy tabriklayman.

Biz dunyoning uzoq va yaqin davlatlaridan taşrif buyurgan siz, aziz mehmonlarni — nufuzli xalqaro islom taşkilotlari rahbarlari, taniqli olim va ulamolar, jamoat arboblari va tadqiqotçilarni tinçlik va totuvlik, döstlik va hamjihatlik elçilari, deb bilamiz.

Sizlarning muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini oçib beriş, jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk allomalarimiz merosini örganiş va keng tarğib etiş borasida olib borayotgan ibratli faoliyatingizni barçamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Ana şunday ezgu işlaringiz uçun sizlarga öz nomimdan, xalqimiz nomidan çuqur minnatdorlik bildiraman.

Bağrikeng va mehmondöst Özbekiston diyoriga xuş kelibsiz!

Aziz döstlar!

Xabaringiz bor, bugungi anjumanimiz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 2023 yil 19 sentyabr kuni Nyu-York şahrida bölib ötgan 78-sessiyasida Özbekiston tomonidan ilgari surilgan taşabbus asosida ötkazilmoqda.

Uşbu ezgu taşabbus xalqaro hamjamiyat va sizlar kabi maʼrifatparvar va oqil insonlar tarafidan qöllab-quvvatlangani bizga mamnuniyat bağişlaydi.

Konferensiyamizning “Islom – ezgulik va tinçlik dini” deb nomlanişi ham albatta bejiz emas. Hammamiz yaxşi bilamizki, islom dini odamzod uçun tinçlik va omonlik dini sifatida yuborilgan buyuk taʼlimotdir. Muqaddas Qurʼoni karimning “Baqara” surasi, 208-oyatida: “Ey, iymon keltirganlar, yoppasiga tinçlik işiga kirişingiz!” — deya daʼvat qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Uluğ vatandoşimiz Imom Termiziy hazratlari rivoyat qilgan: “Allohdan afv va tinçlik-omonlikni söranglar. Çunki biror kişiga iymondan keyin tinçlik-omonlikdan afzalroq neʼmat berilgani yöq”, degan hadisi şarifda ham tinçlik va barqarorlikning insoniyat hayotida qanday beqiyos ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlangan.

Bugungi kunda Yangi Özbekistonda islom dinining ezgu qadriyatlari, nomlari dunyoga maşhur mutafakkir olimu ulamolarimiz merosini asrab-avaylaş, ularni ilmiy örganib, xalqimiz va jahon ahliga yetkazişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.

Sönggi yetti yilda mamlakatimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari taşkil etilgani, ilmiy-maʼrifiy jihatdan ğoyat noyob bölgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati yölga qöyilgani buning yorqin dalilidir.

Ayni vaqtda, Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy”, “Tarix”, “Xalqu afʼol al-ibod”, Imom Termiziyning “Sunani Termiziy”, Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon”, “Tavhid”, Abu Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla”, Burhoniddin Marğinoniyning “Hidoya” kabi islom dunyosida nodir sanalgan asarlari özbek tiliga tarjima qilinib, zamonaviy şarhlari tayyorlangani va bu kabi xayrli işlar izçil davom etayotganini taʼkidlab ötmoqçiman.

Sönggi yillarda jahonda kuzatilayotgan globallaşuv jarayonlarining ijobiy jihatlari bilan birga, ayrim noxuş holatlar, jumladan, islomofobiya körinişlari musulmon jamiyatlarining tafakkur va turmuş tarzi, madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga ham taʼsir körsatayotganiga hammamiz guvohmiz.

Şu maʼnoda, mazkur konferensiyada yer yuzida tinçlik-osoyiştalikni mustahkamlaş, mömin-musulmonlar uçun manfaatli bölgan azaliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, globallaşuv şaroitida islom dinini zamon bilan uyğun va hamohang holda rivojlantiriş, maʼnaviy poklik va odob-axloqqa qarşi ğoyaviy tahdidlarning oldini oliş, islomda ijtimoiy himoya masalalari kabi muhim mavzularning muhokama etilişi katta ahamiyat kasb etişi şubhasiz.

Işonamanki, anjuman jarayonida bölib ötadigan qizğin muhokamalar, bildiriladigan ğoya va taşabbuslar muqaddas islom dinimizning asl maʼno-mazmunini, ezgulik va tinçlikka xizmat qiladigan olijanob ğoyalarini oçib beriş va ommalaştirişda muhim qadam böladi.

Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizda mömin-musulmonlar uçun yaratilgan şaroitlar, vijdon erkinligini taʼminlaş, uluğ ajdodlarimizning tabarruk xotiralarini eʼzozlaş, ularning ilmiy-maʼrifiy merosi va nodir qölyozmalarni tadqiq va tarğib etiş yölida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişib, bu boradagi özaro hamkorligimizni yanada rivojlantiriş böyiça yangi taklif va tavsiyalarni bayon etasizlar, degan umiddaman.

Sizlarni bugungi nufuzli anjumanning oçilişi bilan yana bir bor qutlar ekanman, Yaratgan Robbimizdan barçangizga sihat-salomatlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizga baraka tilab qolaman.

Şavkat MIRZIYOYEV,

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan