“Ijtimoiy karta” nima va u kimlarga beriladi?

Ijtimoiy karta 2024 yilning dekabr oyidan boşlab yangi tayinlangan 9 turdagi ijtimoiy tölovlar oluvçi şaxslarga taqdim etilmoqda.

Unga muvofiq ijtimoiy kartani muomalaga çiqariş va foydalaniş uçun taqdim etiş moliyaviy agent vazifasini bajaruvçi Özbekiston Respublikasining rezident tijorat banklari tomonidan amalga oşiriladi.

Barça fuqarolar uçun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga çiqariladi va foydalaniş uçun taqdim etiladi. Bank kartasi şaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohişiga köra muomalaga çiqariladi va foydalaniş uçun taqdim etiladi.

Ijtimoiy kartani muomalaga çiqariş Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar — moliyaviy  agent orqali amalga oşiriladi.

Ijtimoiy karta barça fuqarolarga mobil ilova orqali real vaqt rejimida bepul asosda muomalaga çiqariladi va foydalaniş uçun taqdim etiladi.

2025 yil 1 yanvardan boşlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qöllab-quvvatlaş ijtimoiy karta böyiça tölov xizmatlarini körsatuvçi tölov taşkilotining tunu kun faoliyat körsatadigan texnik xizmati yölga qöyilgan bölsa, 1 fevraldan boşlab ijtimoiy kartani muomalaga çiqariş va foydalaniş uçun taqdim etiş masalalari böyiça Agentlikning axborot-maʼlumotnoma xizmatlarini körsatuvçi “1070” qisqa raqamli va tunu kun faoliyat körsatadigan xizmati faoliyati test rejimida yölga qöyildi.

Joriy yilning 1 oktyabridan boşlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali foydalanuvçilarni identifikatsiya qiliş tizimi doirasida “Ijtimoiy karta” ATning identifikatsiya qiliş tizimi joriy etiladi.

Aytiş kerak, qarorga muvofiq, fuqarolar öz xohişiga köra kerakli hujjatni qoğoz şaklida yoki mobil ilova orqali raqamli şaklda taqdim etiş huquqiga ega. Yil boşidan yangi tayinlangan ijtimoiy tölovlar ijtimoiy karta orqali tölanganda, oluvçining ilgari tayinlangan boşqa ijtimoiy tölovlari ham ijtimoiy karta orqali tölab beriladi.

Yana şuni alohida taʼkidlaş joizki, 1 apreldan boşlab ijtimoiy karta transport kartasi, şu jumladan, jamoat transporti uçun qonunçilik hujjatlarida belgilangan şahar yönalişlari böyiça tarif rejalaridan foydalangan holda imtiyozli transport kartasi vazifasini bajaradi.

2027 yil 1 yanvardan boşlab esa ijtimoiy tölovlar fuqarolarning ijtimoiy kartalariga ötkaziladi.

Alibek ÖSAROV,

Qöşrabot tuman adliya bölimi

yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan