Yutuqlar kuraşlarda namoyon böladi
Urganç davlat universiteti talabalariga omad kulib boqmoqda. “Bu birinçisi emas, nasib bölsa, oxirgisi ham bölmaydi!” Universitet iqtidorli yoşlarining qalb şiori bu!
Oliy taʼlim dargohi talabalari orasidagi muvaffaqiyat balki yuzinçi marta ğoliblikdan darak berayotgandir… Qayerdaki sport sohasida musobaqa boşlansa, iqtidorli yoşlarning yutuqlaridan butun boşli universitet ahli hayajonga tuşadi. Axir iqtidorli öğil-qizlar hazilakam emas – naq 2 ta oltin, 2 ta kumuş, 4 ta bronza medaliga ega bölişdi.
Joriy yilning 11-13 fevral kunlari Qarşi şahrida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “Universiada-2024” sport musobaqasining kuraş turi böyiça respublika final bosqiçi bölib ötdi.
Mazkur musobaqada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti jamoasi 7 ta vazn toifasida faol iştirok etib, bir qator medallarga sazovor bölişdi.
— Respublikamiz miqyosida qölga kiritilgan ğalabalar köp ming sonli universitetimiz jamoasining qalbini katta quvonçga, ğurur va iftixorga töldirdi, — dedi filologiya fanlari doktori Dilşod Ğoyibov. — Talabalarimiz erişgan natijalardan şu narsa ayon böladiki, yutuqlarimiz nafaqat taʼlim sohasida, balki sport yönalişida ham respublika va jahon miqyosida namoyon bölayotgani faxrli natijalardir.
Oliy taʼlim maskanining sport faoliyati pedagogika va psixologiya fakulteti 241-dzyudo guruhi talabasi Asadbek Bekturdiyev 1-örinni olib, oltin medalga munosib topilganligidan hayajonlanib, universitetda sport bilan şuğullaniş uçun barça yetarli şaroitlar yaratilganligidan mamnunligini eʼtirof qildi.
— Men ham Asadbek bilan bitta fakultetda, ammo kuraş guruhida taʼlim olayapman, — dedi xursandlikdan çehrasi tabassumga tölgan Mavluda Abdullayeva. — Biz mamlakatimizning eng baxtiyor yoşlaridanmiz. Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan mamnun bölganim holda şuni taʼkidlamoqçimanki, öqiş va örganiş insonning bir umrlik hamrohi bölmoği darkor. Yutuqlarimda, avvalo, ustozlarimning mehnati borligidan baxtliman. Menga berilgan oltin medal — avvalo, ustozlarimniki, qolaversa, universitet jamoasinikidir!
Yana universitet yoşlaridan Asadbek Şixnazarov, Mohinur Allaberganova 2-örin sohiblari — kumuş, Dinara Egamberganova, Laylo Yöldoşevalar 3-örinni egallab, bronza medalini qölga kiritişga muyassar bölişdi.
Feruza TANGRIBERGANOVA
