Rayyonaning quvonç yoşlari
Dunyoda ilmdan yuksak hikmat yöq. Ilm olişga intilayotgan yoşlar bugun maktab partalarida ustozlardan saboq olişmoqda.
Maʼlumotlarga qaraymiz: 2023-2024 öquv yilida Özbekiston maktab öquvçilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qölga kiritildi. Bu natija hozirga qadar erişilgan eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Yana maʼlumot uçun aytadigan bölsak, ötgan yilda olimpiadaçi öquvçilar tomonidan 65 ta medal qölga kiritilgan. Bugun şu medal sohibalaridan biri haqida hikoya qilmoqçimiz.
Rayyona Ibrohimova – Andijon şahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 10-sinf öquvçisi. Germaniyaning Gyottingen şahrida ötkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida (The Internationale Deutscholympiade — IDO) oltin medalni qölga kiritgan.
2024 yil 15-22 iyul kunlari bölib ötgan olimpiadada 62 ta davlatning 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan 100 dan ortiq vakillari iştirok etdi. Olimpiada uçta yönalişda — A2, B1 va B2 darajada ötkazildi, Rayyona B1 daraja yönalişida oltin medal oldi.
Rayyona eng umidli yoşlarimizdan. Hali kelajagi oldinda. Hali maktabda öqiydi. Şunday bölsa ham, allaqaçon yurtimiz bayroğini yelkalarida tutib, qanday farah tuyib ulgurdi. Şu emasmi inson degan nomni oqlaş saodati?
U avvaliga özini adabiyotda sinab kördi. Axir 1-sinfdan kiçkina şeʼrlar yozib yurardi. Yana bobosi har doim “Zulfiya mukofoti oladi mening qizim”, deb umid qilardi, köp takrorlardi. Kiçkina bölsa ham Zulfiyaxonim qizi bölişga intilganidan, “Nima qilsam bu mukofotni olaman?” deb söraganida, bobosi: “Onangga öxşab şeʼr yozsang”, deb javob bergan ekan. Bu, ehtimol, şunçaki hazillaşib aytilgandir. Ammo yoş qizçadagi isteʼdodni yuzaga çiqarib yubordi. Şu ondanoq u özini sinab kördi va dastlabki şeʼrini bobosiga bağişladi. Jajji Rayyonaning yaxşi bölmagan şeʼrini ham köklarga kötarib maqtagan ota-onasi, bobo-buvilari qizçaning qalbida yana şeʼr yozişga, yodlaşga, kitob öqişga, umuman, adabiyot dunyosiga qiziqişni orttirgan. 3-sinf bölganida dadasi Andijon şahridagi 3-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining fortepyano yönalişiga öqişga olib bordi. U yerda uning orzulari özgardi. “Kelajakda pianino öqituvçisi bölaman”, deb uç yil tahsil oldi. Törtinçi yili unda yana adabiyotga bölgan qiziqiş kuçaydi. Butun vujudi bilan adabiyotga intildi. Turli xil onlayn va oflayn tanlovlarda iştirok etib, faxrli örinlarni oldi. Şeʼr yozişda va yod olişda davom etdi. “Yoş kitobxon” kabi respublikaning nufuzli tanlovlarida qatnaşdi. Ammo qança köp tayyorlanmasin, boşqalar undanda köp tayyorlanişgan ekan, viloyat bosqiçidan ötib, respublikaga qadam qöya olmadi. U bobosi uçun harakat qilar, hammasi boboning orzusini amalga oşiriş uçun edi. Ammo qizça Zulfiya mukofotini oliş yoşiga yetguniça bobosi olamdan ötdi. Bu Rayyonaning ruhini tuşirmadi. Qaytaga yanada maqsad sari borişiga undadi. Kasalxonadalik paytlarida bobosidan eşitgan oxirgi sözi ham: “Qizim hali zör qiz böladi, kitobxon, Zulfiyaxonimdek şoira böladi”, degan gaplari edi. Unda mualliflik kitobi bölmagani uçun örin ololmadi.
Şundan söng onasi uni xorijiy tillarni örganişga yönaltirdi. “Bunda ham Zulfiya qizi bölasan, hatto taqdirlanişing mumkin. Xalqaro maydonlarga çiqiş imkoniyatlaring ham köpayadi”, dedi onasi uni ruhlantirib.
Maktab darslaridan taşqari 8-sinfdan Toşkent Gyote institutining respublikamizdagi yagona filiali, yaʼni Andijon şahrida joylaşgan “Berlin Zentrum” öquv markazida tahsil olişni boşladi. Birinçi marta erişgan katta muvaffaqiyati — 5 oy ötar-ötmas Germaniyaga 3 haftalik yöllanma yutib olgani böldi, bu 2022 yilning mart-aprel oylarida edi. Germaniyaga birinçi safar esa öşa yilning avgust oylariga töğri keldi. Şundan keyin unda nemis tiliga bölgan qiziqiş yanada ortdi.
“Ikki yil içida u yerda öqidim va darslarni tamomlaganim töğrisida 10-sinfligimda sertifikat oldim. Bu ham mening özimga işonçim ortişiga sabab böldi va respublika fan olimpiadalarining maktab, tuman-şahar bosqiçlarida faxrli örin egallab, viloyat bosqiçiga ötdim. Viloyat bosqiçi ötişi kerak bölgan kunda test sinoviga borişim, testda qatnaşişim mening respublika bosqiçiga çiqişimga sönggi şaxdam qadam ekanini bilmagan edim. Keçqurun javoblar eʼlon qilindi, men 1-örinni egallagan edim. Özimda yöq xursand edim. Tabiiyki, fan olimpiadalarining respublika bosqiçi faqat 11-sinflar uçun. Men esa 10-sinf edim, lekin 2 oy ötib bizga xabar keldi: “16 fevral kuni “The Internationale Deutscholympiade — IDO” (xalqaro nemis tili olimpiadasi)ning saralaş bosqiçiga borasizlar”, degan. Öşa kuni maktabda menga nemis tilidan dars beradigan ustoz Muqaddas opa Qosimova bilan Gyote institutiga bordik. U yerda har bir viloyatning nemis tili fanidan 1-örin olgan 10-sinf öquvçilari yiğilgan edi. Biz eşitib tuşuniş, tinglab tuşuniş, oğzaki imtihonlarda bellaşdik. Ularning içida men 1-örin olgan edim. U yerdagi ustozlar kuçli işonç bildirib, bizga 15-22 iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen şahrida böladigan “IDO-2024”ning final bosqiçiga omadlar tiladi. Institutning til bölimi rahbari Dildora Muhammadaminova “12 yildan buyon qatnaşib keladi öquvçilarimiz, lekin hali örin olişgani yöq”, deganlarida öylanib qoldim”.
Rayyona har doim ustozlari bilan işladi, ota-onasining qöllab-quvvatlaşlari bilan olimpiadaga tayyorgarlik kördi. Qançalik qiyin bölişiga qaramasdan, olğa borişi kerakligini anglab yetdi. Bobosining ruhi oldida, qolaversa, 12 yil davomida yurtdoşlariga ğoliblik nasib qilmagan olimpiadada birinçi medalni Özbekistonga olib kelişni maqsad qilgan edi. Final bosqiçida nemis tilini qay darajada bilişlari, insoniyligi, özligini anglay bilişi, özi va özgalarni hurmat qilişi, ijtimoiy odob kabi xususiyatlari 2 ta oğzaki va 1 ta yozma imtihonda baholandi. Rayyona Ibrohimova B1 yönalişida 1-öringa munosib topildi.
“Olimpiadada ğolib bölişimda mening özbek millatiga mansubligim foyda berdi deb ayta olaman, sababi, özbeklardek özligini, qadriyatini anglay oladigan, insoniyligi, odamlarga mehr-muhabbati kuçli boşqa xalq topilmasa kerak. Mening 16 yil Özbekistonda — jonajon özbek oilasida olgan tarbiyam juda ham qöl keldi. Adabiyotimni, öz tariximni, ajdodlarimni tanişim, Vatanimni sevişim turli xil “workshop”larda ayon böldi. Bunga misol qilib bir voqeani ayta olaman: turli şakllardagi legolardan özimiz uçun qadrli va körganda bizni eslatadigan narsa yasaşimiz kerak edi. Men mustaqilligimiz ramzi deya Mustaqillik maydonini, özbekligimizni anglatiş uçun paxta, bayroğimizdagi oy va yulduzlardan birini, sörida ötirgan odamlarni tasvirlaşdan taşqari, qadimdan elimiz foydalanib kelgan ötovni ham — Özbekiston oilasiga ayniqsa, qoraqalpoq xalqi ramzi sifatida tasvirlagan edim. Barçamizning bir haftalik yuriş-turişimiz, muomala va qaraşlarimiz olimpiada söngida baholandi. Barçasi jamlangan holda örinlar aniqlandi. Men esa orzuimga yetib turgan edim. Undagi his-tuyğularim taʼriflab bölmas darajada edi…” — dedi u tölqinlanib. Şu joyida odam köz yoşlarini tiya olmaydi.
Rayyona ustozlarini alohida eʼtirof etadi. Bu kungaça yuzlab öqituvçilar bilan yuzma-yuz bölganini, nimadir örganganini aytadi. Aynan nemis tili öqituvçilariga töxtaladigan bölsak, maktabda 1-sinfdan to hozirgi 11-sinfigaça Muqaddas Qosimovadan tahsil oldi. Asosiy taʼlimni Andijon şahridagi “Berlin Zentrum” öquv markazining ustozlaridan oldi. Jumladan, Mavjuda Abduraimova, Ozoda Muxtorova, Muslima Komilova, Gulsanam Xudoyberdiyevalar qölida ikki yil öqidi. Aynan olimpiadaga uç oy qolganda Muslima Komilova va Ozoda Muxtorovalarning darsida iştirok etdi. “Aslida, ular çempion. Yana öqişimga şaroit yaratib, mening sifatli taʼlim olişimga mablağ sarflagan birinçi ustozlarim — ota-onam. Ular barçalari Vatanimiz uçun ön ikki yillik rekordni yangilaşdi”, dedi Rayyona kamtarlik bilan. Haqiqatan ham, hayotimizda ota-onaning qöllab-quvvatlaşlarisiz, ustozlarimizning bergan bilimlarisiz heç kim böla olmaymiz. Har bir muvaffaqiyat ortida mehribon ota-ona va matonatli ustozlar turibdi.
Otasi Jörayev Nodirbek 1976 yilda tuğilgan. Ayni damda Andijon viloyatining sanʼat va madaniyat maktabining estrada yönalişida öqituvçi bölib iş yuritadi. Onasi Jörayeva Irodaxon 1978 yilda tuğilgan. Andijon şahar 4-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi. Ota-onasi farzandini hamişa bilim olişga undagan. Qaysidir bir mağlubiyat bilan uyga kelsa, heç qaçon koyimagan, “böldi, yiğiştir öqişingni” deb aytmagan. Har doim qöllab-quvvatlaş, har doim işonç bilan kelgan.
Rayyona özining hayotiy xulosalarini şunday bildirdi:
“Heç qaçon nimanidir boşlaş uçun keç emas. Men nemis tilini keç boşlaganman deb öylar edim. Heç qaçon ota-onaning duosi ijobatsiz qolmas ekan. Ota-onam duoda bölişgan va men yuksak natijaga erişdim. Niyat qilganda heç qaçon ikkilamçi narsa qöşmadim, yaʼni u bölmasa, boşqa yöl bor kabi. Butun vujudim bilan orzumdagi marraga intildim. Harakatdan töxtamadim. Doim katta-katta orzu qiliş kerak, heç qaçon atrofdagi insonlarning u-bu gaplariga eʼtibor bermaslik kerak, axir mayda gaplar odamni yeyişdan boşqa işga yaramaydi. Bir maqsad qildikmi, albatta, oxirigaça boriş kerak, hammasi bir kunmas-bir kun yuzaga çiqadi.
Zulfiya mukofoti uçun bu safar adabiyot emas, boşqa yönalişdan hujjat topşirişni niyat qildim. Agar inson muvaffaqiyatli bölişni xohlasa, muvaffaqiyatli insonlar davrasida yurişi kerakligini va atrofdagilar insonga taʼsir etişiga amin böldim. Hayotimga yangi şior öylab topdim: “Niyat — Harakat — Intizom — Natija”.
Men Yurtboşimizdan juda mamnunman. Çunki bizlarning taʼlim olişimizga barça şaroitlarni qilib berdilar, işonç bildirdilar. Germaniya kansleri Olaf Şolsning yurtimizga taşrifi çoğida meni ularga gapirib berganlari qanday baxt va qanday quvonçli hol! Albatta, ota-onamga hammasi uçun, ustozlarimga bardoş va matonat uçun, bergan bilimlari uçun taşakkur aytaman” dedi Rayona.
Maʼmura ZOHIDOVA,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi bölim boşliği.
