Murabbiylarining işonçini oqlagan Taxmina

Bundan töqqiz yil muqaddam samarqand­lik yoş qizça Qozoğistonning Ostona şahrida bölib ötgan badiiy gimnastika böyiça “Aygolek − 2014” xalqaro musobaqasida şohsupaning yuqori poğonasini egallagani ança şov-şuv bölgan edi. Öşanda dunyoning turli mamlakatlaridan 340 dan ortiq yoş gimnastikaçi qizlar qatnaşgan musobaqaning köpkuraş bahslarida oltin medalni qölga kiritgan Taxmina Ikromova 11 yoşda edi.

Yurtimizda bolalar sportining rivojlanişiga qaratilayotgan alohida eʼtibor öz mevasini berdi. Taxmina Ikromova keyingi yillarda ham murabbiylari işonçini oqlab, qator sovrinli örinlarni egalladi. “FIG” jahon çempionati seriyalarida yakkalik bö­yiça finalda oltin medalni qölga kiritgan birinçi özbek badiiy gimnastikaçisi degan faxrli nomga sazovor böldi.

2023 yil avgust oyida Ispaniyaning Valensiya şahrida ötkazilgan badiiy gimnas­tika böyiça jahon çempionatida esa Taxmina Ikromova Özbekiston delegatsiyasi uçun “Parij-2024” yozgi Olimpiya öyinlarining ilk yöllanmasini qölga kiritdi.

2023 yil oktyabrda Xitoyda bölib ötgan Osiyo öyinlarining badiiy gimnastika böyiça yakkalik bahslarida Taxmina Ikromova oltin medalga sazovor böldi. Taxmina musobaqada 131.300 ball töpladi va barça raqiblarini orta qoldirib, şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi.

Maʼlumki, “Parij-2024” yozgi Olimpiya öyin­lari 2024 yil 26 iyul – 11 avgust kunlari Parijda ötkazilişi belgilangan.

U.Xöjaniyozov.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan