AQŞ Prezidentining bayonoti

AQŞ prezidenti Donald Tramp kuni keça Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatidan söng bayonotlarini eʼlon qildi:

  • Öylaşimça, tez orada nimadir sodir böladi. Bu uruşga katta ego egalari aralaşgan. Agar heç narsa yuz bermasa, biz ortga çekinamiz.
  • Ukraina masalasida jiddiy siljiş kuzatilmasa, AQŞ muvofiqlaştiruvçi rolini Yevropaga topşiradi.
  • Ukrainadagi uruş Yevropaning muammosi edi, AQŞ bekor aralaşdi.
  • Menimça, Putinning joniga tegdi. Putin töxtaşni istaydi, deb öylayman.
  • Miyamda Rossiya-Ukrainaga bosim qilişdan töxtaşimni körsatuvçi qizil çiziq bor. Ammo u qanaqa qizil çiziqligini aytmayman.
  • Ukrainani qurol bilan taʼminlaş rejamiz yöq emas, biroq uruş töxtaşiga işonamiz.
  • Tinçlikka erişiş uçun imkoniyat bor, şu sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytirmayapmiz.
  • Amerika askari Ukrainaga bormaydi.
  • Zelenskiy bilan “muloqot qiliş unça oson emas”.
  • AQŞ Ukrainaga “xorijiy davlat uçun rekord miqdordagi mablağ”ni berdi.
  • Ukrainaning nizoni bas qiliş va tinçlikka erişiş uçun xatti-harakatlari yetarliçami, 2-4 haftadan söng bir nima deyiş mumkin.

Uçuvçisiz samolyot parvozi

Xitoy kelasi oyning boşida 100 tagaça kiçik dron-kamikadzelarni taşişga qodir bölgan “Jiutian SS-UAV” uçuvçisiz samolyotining ilk parvozini amalga oşirişi mumkin.

Şuningdek, qurilma 8 ta taşqi osma blok bilan jihozlangan bölib, ular yordamida 1000 kilogrammgaça bölgan boşqariladigan aviabombalar, şuningdek, “havo-havo” va “havo-yer” raketalari, kemaga qarşi raketalar va kamikadze-dronlarni örnatiş mumkin.

Xitoy markaziy televideniyesi bergan maʼlumotga köra, uçuvçisiz samolyotning yuqoriga kötarilişi 15 ming km balandlikkaça erişa oladi. Qanotlari kengligi 25 metr, parvoz masofasi 7 ming km va maksimal uçiş oğirligi 16 tonnani taşkil qiladi. Havoda 12 soat qoliş imkoniyatiga ega.

“Jiutian” uçuvçisiz uçiş apparati bortini yiğiş yakunlandi. Hozirda qurilmaga tizimni örnatiş va test rejimida işlatib köriş işlari olib borilmoqda. Birinçi parvoz joriy yilning iyun oyi oxiriga rejalaştirilgan”, – deyiladi xabarda.

Yangi papa işga kirişdi

Rim katolik çerkovi yangi rahbari Papa Leo XIV hokimiyat ramzlari – “baliqçi uzugi” va palliy – kaşta tikilgan xoçli jun tasmani qabul qilib oldi. Uşbu qadimiy marosim pontifikat 267-Papa faoliyati rasman boşlanganini bildiradi.

Papa vaʼzi, “Osmon malikasi”ni  duo qiliş bilan yakunlanadigan oçiliş marosimi Leo XIV raisligida keçadi. Maydonda köplab dindorlar, şuningdek, xorijiy mamlakatlardan kelgan 150 dan ziyod delegatsiya aʼzolari, qirollik xonadonlari va diniy konfessiya vakillari, nasroniylardan taşqari musulmonlar, yahudiylar, hindular va butçilar ham bor. Muqaddas taxt matbuot xizmati maʼlumotiga köra, tadbirda 150 mingga yaqin odam töplangan.

Leo XIV öz vaʼzida dindoşlarini çerkovda birlaşişga çaqirib, bu tinç-totuv yaşaş uçun asos ekanini taʼkidlagan.

Ğazoga hujum kuçaydi

Sönggi 24 soat içida Ğazoning turli hududlariga uyuştirilgan hujum natijasida 30 nafar falastinlik halok böldi, deya xabar bergan “Anadolu” agentligi.

Isroil havo kuçlari sektor janubidagi Xon Yunusga, begunoh aholi joylaşgan uy va çodirlarga 14 marta havodan zarba bergan. Jabaliya qoçqinlar qönalğasi ğarbiy qismida, Al-Faluja bozori yaqinidagi aholi manzilida ham odamlar qurbon bölgan. Al-Yormuq hududiga ham hujum qilingan. Anklav markaziy qismidagi Dayr Al-Balo va Nusayrat qoçqinlar lageriga yöllangan tört havo hujumi oqibatida sakkiz kişi, jumladan, uç bola va bir ayol hayotdan köz yumgan.

Xon Yunus şimoli-şarqidagi Al-Qarara şahri ham öqqa tutildi. Bundan taşqari Nosir kasalxonasi yaqinidagi qöriqlanadigan obʼyektga zarba berildi. Bu joylarda qurbonlar qayd etilmagan. Guvohlar xabar berişiça, artilleriyadan Ğazo şimolidagi Bayt Lohiya şahri ham töpga tutilgan.

Poytaxt merining ğalabasi

Ruminiya Prezidenti saylovining ikkinçi bosqiçi natijasi 100 foiz hisoblab çiqilganda, Buxarest şahri meri Nikuşor Dan ğalaba qozongani maʼlum böldi. Bu haqda “RIA Novosti” yozgan.

Uşbu siyosatçini saylovçilarning 53,6 foizi qöllab-quvvatlagan. Asosiy raqib, 46,40 foiz ovoz töplagan “Ruminlarni birlaştiriş ittifoqi” muxolifat partiyasi rahbari Jorj Simion allaqaçon mağlubiyatini tan oldi va raqibini tabriklagan.

Ğolib haqida nima maʼlum? Nikuşor Dan Ruminiyaning Yevropa Ittifoqi va NATO bilan yanada faol hamkorlik qilişi, şuningdek, Qöşma Ştatlar bilan strategik şeriklikni mustahkamlaşi tarafdori. U Şimoliy Atlantika alyansining Rossiya Yevropaga tahdid solayotgani haqidagi rasmiy fikriga qöşiladi. Ğarbdagi hamkorlar bilan birga Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etmoqçi. Mamlakat mudofaa xarajatini yalpi içki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan 3,5 foizga kötariş zarur, deb hisoblaydi. Avval eʼlon qilgan rejalariga köra, “gibrid tahdid, jumladan, kiberhujum va dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş uçun tezkor kuçlar yaratiş”ni maqsad qilgan.

ÖzJOKU 1-kurs talabasi Nigina Iskandarova tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan