Bolalar — jannat rayhonlaridir
Antaliya dunyodagi gözal şaharlardan biri. Bu şaharda nafaqat boğlar, balki köçalar ham gullarga burkangan. Binolaridan ham baland palmalari-yu xuşmanzara daraxtlari şaharni yanada körkamlaştirib turibdi. Singlim oliy maʼlumotli farmatsevt-provizor. Antaliya şahrida oilasi bilan istiqomat qiladi. Kuyovimiz esa şifokor. Katta jiyanim Sadiya beş yoşda bölsa-da, juda ham ziyrak qiz. Turkça qilib aytganda, “çöh” gözal va dono. Uluğlarda “Qiz farzand oilaga baraka keltiradi” degan hikmat bor. Yaqinda Alloh ularga yana bir qiz farzand ato etdi. Iloho, rizqi bilan, umri bilan bergan bölsin!
Ularni yöqlab, Antaliyaga tez-tez borib turamiz. Samiya bir yoşdan ötdi, juda şirin payti: kulsang kulaveradi, kuldirsang qiqirlaydi. Çaqaloqlar kulgisi olamni nurga töldiradi, degan ibora topib aytilgan ekan.
Har safar Turkiyaga borganimda, bu gözal yurtda bolajonlar, ayniqsa, çaqaloqlar naqadar eʼtibor va eʼzoz bilan qadrlanişini körib, hayratga tuşaveraman. Ança mamlakatlarda bölganman. Bolalarni suyib erkalatişda turk qardoşlarimizga yetadigani bölmasa kerak, degan fikrga keldim.
Mahalliy aholi vakillariga kimning farzandi ekanining farqi yöq: çaqaloqni kördi degunça unga kulib qarayveradi, erkalatib tabassum qilaveradi. Gödakni yetti yot begona erkalab suyib, şirin sözlar aytganida judayam xursand bölib ketasiz ekan.
Singlim Zarifa bizlarga yaxşiliklarni ilinişga odatlangan. Doimo bizlarni dengizga, parklarga, muzeylarga, şahar taşqarisidagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlarga, savdo va köngiloçar markazlarga taklif qiladi. Bu safar “Agora” savdo va köngiloçar markaziga otlandik. Bolalar aravaçasidagi çaqaloqning qadrlanişini Turkiyada bölmaguningizça tasavvur qila olmaysiz. Tramvayga çiqasizmi, avtobusgami, bolali ayolni kördi degunça unga yöl berişadi, joy böşatişadi. Aravaçalarni avtobusga çiqarişda bajonidil-beminnat yordam berişadi va eng muhimi, ular bolalilarga yordam berib zavqlanişadi. Bolajonga biror-bir şirinlikmi, öyinçoqmi hadya qiliş turklar uçun odatiy hol ekan. Oçiq çehra bilan zurriyotingizga quvonç ulaşayotgan mehridaryo insonlarga taşakkurlar aytamiz.
“Agora” savdo va köngiloçar markazida brendi jahonga maşhur savdo dökonlari, restoranlar, avtomat öyin zallari, bolalar öyin maydonçalari va kinoteatr bor. Markazga kiraverişda nogironlar va bolalar aravaçalaridan bepul foydalaniş mumkin. Hatto kuçuk va muşuklar uçun ham şunday aravaçalar bor ekan. Markazdagi betakror gözallik hayratingizni oşiradi. Bolalar va onalarga yaratilgan şaroitdan mamnun bölgan singlim: “Opajon, bu yurtda bolalar juda baxtiyor hayot keçirişadi”, deydi.
“Agora”ga taşrif buyuruvçilarning bolalari uçun zamonaviy öyingoh mavjud bölib, otasi yoki onasining telefon raqami yozib olinadi-da, bolajon bu maydonçaga qirq beş daqiqagaça bepul qöyib ketilişi mumkin. Xuddi bolalar boğçasi kabi xuşmuomala tarbiyaçilar farzandingizga qarab turadi.
Bu markaz içkarisida östirilayotgan anvoyi gullar va manzarali daraxtlar bahri dilingizni yayratadi. Savdo şaxobçalari oldidagi dekorativ örindiqlarda nafasingizni rostlaysiz, favvoraçalardan zavqlanasiz. Töğri, ikki nafar yoş bola bilan bir joyga borişning maşaqqatlari köp, ammo odamlarning bolajonlarga ğamxörligi evaziga qiyinçiliklarni unutasiz, sizda ruhiy quvvat paydo böladi.
Bunday fayzli maskanda dunyoning köplab mamlakatlaridan dam oliş uçun kelgan sayyohlarni uçratasiz. Bir-biriga tabassum bilan qarayotgan kişilarning muomala madaniyatini körib, havasingiz ortadi.
Jajji bolajonlarni bağringizga bossangiz, göyo jannat rayhonlarini hidlaysiz. “Bolalar — jannat rayhonlaridir” degan hadisi şarifning mohiyatini anglab yetgandek bölasiz. Bolalarga şunçalar quvonç ulaşilayotgan bu qardoş turk yurtida, ona Vatanimizda, keling, butun dunyoda doimo tinçlik-osoyiştalik bölsin!
Gavhar DILMURODOVA.
