Pudina — afsonaviy qişloq

Pudina —ajoyib va ğaroyib joylardan biri bölib, bu möʼjazgina qişloqça Qaşqadaryoning Koson tumanida joylaşgan.

Tarixda Pudina nomi maşhur bölib, öz davrining kuçli ilm markazlaridan hisoblangan. Bu qişloqda juda ziyrak va Islom dinining tarğibotçisi bölgan Qusam ismli şayx alloma yaşab ötgan. Ul zotga atalgan maqbara ham qurilgan.

Pudinadagi tarixiy ziyoratgoh joy Qusam şayx ota qadamjosidir. Bu muborak joyga köplab sayyohlar taşrif buyuradi.

Ha, Qusam şayx ota — ibn Muhammad Qusamning hayoti va faoliyati Pudina qişloği bilan boğliq. Tarixiy manbalarda qayd etilişiça, Qusam şayx Turkistonda Ahmad Yassaviy xonadonida (qiz tomonidan evarasidir) tuğilgan bölsa-da, umrini Pudina hududida ötkazgan. U Ahmad Yassaviy hazratlarining nevaralari — Gavhar Şahnozbegimdan tuğilgan bölib, otasi buxorolik Husayn şayx Atoiy avlodlaridan, yaʼni Xonzoda Muhammad Xojadir.

Pudinaning madaniy markazlardan bölişida Qusam şayxning xizmatlari beqiyos. Pudina maktabida Sayyid Amir Kulol, Şamsiddin Kulol, Bahouddin Naqşband va boşqa allomalar taʼlim olgan.

Qusam şayx hazratlari haqida uluğ şoir Abdurahmon Jomiy özining “Nafahot-ul-uns” asarida: “Muhammad Qusam Atoiy turkiy şayx bölib, Ahmad Yassaviy avlodidandur, Bahouddin Naqşbandning ustozidir”, — deya qayd etgan.

Mutafakkir şoir Alişer Navoiy esa özining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida uni “Şayxlar şayxi” deb eʼtirof qilgan.

Qusam şayx islom ilmi bilimdoni bölib, nomi yetti iqlimga yoyilgan.

Qusam şayx meʼmoriy yodgorligidagi eng qadimgi maqbaralar XI-XIII asrlarda barpo etilgani aniqlangan.

Qusam ota majmuasi bezatilişi nuqtai nazaridan Şohi Zindadagi Ali Nasafiy amaliy naqşinkorligiga yaqinligi bilan ajralib turadi. Bu yodgorlik Markaziy Osiyo meʼmorçiligining eng qadimiy va noyob namunalaridan biridir. Taʼkidlaş lozimki, Qusam şayx majmuasi uslubi XIV asrga xos bölib, Temuriylar meʼmorçilik uslubini namoyon etadi.

Ilm va maʼrifat nuri taralib turgan bu tarixiy va uluğvor göşada tuğilişning özi men uçun ham katta baxtdir. Pudina ana şunday gözal tarixi, ğaroyib yodgorliklari va mehribon, oq köngil insonlari bilan juda fayzli maskandir.

Jasmina BAXTIYOROVA,

Özbekiston Milliy

universiteti 2-bosqiç talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan