Gazetalar qaçon bepul tarqatiladi?

“Yangi Sirdaryo” gazetasi çin muxlislari uçun şunday taşabbus bilan çiqdi

Oziq-ovqat dökoniga kirdim. “Oq qand bormi?” — sörayman sotuvçi opadan. U bölsa jim. Hayron bölib qarasam, opa hayrat nigohlari bilan qölimdagi gazetalarga tikilib söradi.

— Qölingizdagi qanday gazetalar?

— Bularmi, “Yangi Sirdaryo” va “Hurriyat” gazetalari. Öqisangiz beraman, — dedim-da javobini kutmasdan “Yangi Sirdaryo” gazetasining 3-4 ta nusxasidan tutqazdim. — “Hurriyat”dan bera olmayman. Özi bir nusxa.

— Qança böladi bularning narxi?

— Heç qança. Öqiyman deganlarga tekin.

— Rostdanmi? — söradi işonqiramay u.

— Rostdan.

— Bu gazetalar hali ham naşr etilyaptimi? Ançadan beri körmagandim. Men respublika va viloyatimiz naşrlarini muntazam öqib, kuzatib borar edim. Ularning hali ham naşr etilayotganidan bexabar ekanman.

— Albatta, naşr etilyapti. Xohlasangiz, har hafta Sizga olib kelaman. Faqat bir şartim bor.

— Qanaqa şart?

— Dökoningizda gazeta qöyişga joy ajratasiz va savdo qilganlarga bir donadan berasiz. Men esa odamlarning gazetamizni olişiga qarab, öqilişiga qarab, neçta desangiz, har hafta olib kelaman.

— Tekingami?

— Ha.

 

Sotuvçi opa bilan şu taxlit oğzaki “şartnoma” tuzdik. Öyladimki, odamlar hozir gazetaga çanqoq. Bunga şu kabi bir qança voqealar asno guvoh böldim. Faqat aksariyat odamlar globallaşgan, intensivlaşgan va axborotlaşgan davrda adabiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy gazetalar naşr etilayotganligidan ham bexabar. Odamlarga bugun gazetalar yangilangan yangilik.

Qolaversa, bu ham gazetalar reklamasining (tahririyat zarariga bölsa-da) bir turi, lekin odamlarning maʼnaviy saviyasini oşirişning samarali  usulidir.

Şu voqeadan keyin bir qança dökon egalari bilan şu taxlit kelişuvga erişdim. Bir kitob dökoni egasi bilan dökon yonida maxsus kitob va gazetalar öqiydigan joy taşkil etyapmiz.

Bugungi kunda Sirdaryo viloyati hokimligi va bir qança taşkilotlar rahbarlarining qabulxonalari, kutubxonalarda, Xalq qabulxonalarida, umuman, odamlar kutiş joylarida gazetalar qöyiladigan maxsus joylar taşkil etiş urfga kirib bormoqda. Bu tajriba anʼanaga, ommaviy madaniyatga aylansa, ajab emas…

Qolaversa, köpgina davlatlarda, jumladan, eng rivojlangan mamlakatlarda gazetalar xalqqa bepul tarqatiladi.

Aeroport va vokzallar, mehmonxonalar, metro va katta-kiçik dökonlarda turli naşrlarni bepul olib ketiş mumkin. Qanday qilib deysizmi? Axir gezatalar öz-özidan çop etilib qolmaydi-ku! Unga qança qoğoz, çop etiş harajatlari, tahririyatning oylik maoşlari… bular hamma joyda bor. Faqat buning uçun ana şu bepul tarqatiladigan gazetalar uçun oldindan mablağlar ajratib qöyiladi. Bu davlat tomonidan bölişi mumkin yoki öşa manfaatdor kompaniya, taşkilotlar bölsin.

Albatta, pullik naşrlar ham yöq emas.

Xöş, bu jahoniy tajriba nega bizda yöq? Neaga qöllab-qövvutlanmaydi? Aytaylik, Mahallalar uyuşmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, “Özbekiston havo yöllari”, “Özbekiston temir yöllari”, Turizm vazirligi kabilar matbuot naşrlariga eʼtibor qaratsalar bölmaydimi?

Bu narsalarni kim, qaçon öylaydi?

Bir tuman mahallalar uyuşmasiga bordik. Eʼtiborimni tortgan jihat javondagi “Mahalla” gazetasining taxlamlari böldi. Qaradim. Gazetaning 2 ta sonining 100 ga yaqini. “Buni qaysi taşkilot olib keladi sizlarga?” — deya sörayman. “Topşiriş dalolatnomasi bor”, deb qölimga tutqazdi. “Surxondaryoda tezkor matbuot xizmati” MÇJ” deb yozilgan ekan. Tezkor matbuot bölsa, gazetalarni naşrdan keyin ikki haftada yetkazadimi? Endi bu gazetalar qaçon mahallalarga yetib boradi? Yetib boradimi özi? Savollar köp. Javob beradigan tomon esa sukutda!

“Mahalla” gazetasini tahririyatning özi yetkazib beruvçi taşkilotlar bilan şartnoma tuzib, viloyatlarga yetkazilişini taʼminlar ekan. Muammo yöq. Biroq Sirdaryo viloyatiga gazetaning 2 ta soni mutlaqo boşqa viloyatning matbuot xizmati tomonidan, boz ustiga, bir joyga berilişini qanday tuşuniş lozim?

Bunday holat yaqinda viloyatimizda taşkil etilgan “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari tahririyati jamoasining öz muştariylari bilan yaqindan muloqot qiliş asnosida taşkil etilgan “Işonç kunlari” yiğilişida ham eʼtirozlarga sabab böldi.

Muştariylarning aytişlariça, “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bir haftada bir marotaba yetkazib berilar ekan. “Gazetalarimizning özbekça naşri haftasiga uç bora, rusçasi bir marotaba naşr etiladi. Nega bir haftada bir marta yetkazib beriladi?” deya eʼtiroz bildirdi gazeta boş muharriri örinbosari Jahongir Nahanov uşbu gazetalarni muştariylarga yetkazib beruvçi Matbuot tarqatuvçi rahbariga. Javob esa yana yöq!

Yuqoridagilardan kelib çiqib, quyidagi taklif va tavsiyalarni aytmoqçi edik.

— Yurtimizda naşr etilayotgan barça gazetalar öz gazetalari öqirmanlarini köpaytiriş uçun muayyan savdo dökonlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritsalar. Buning uçun tahririyat hisobidan qöşimça gazeta naşr etişga töğri keladi, albatta. Biroq şu orqali xalqimizning gazetalarga bölgan qiziqişi, mutolaaga bölgan mehri ortsa, ajabmas. Biroz vaqt ötgaç, balki şu tufayli odamlarning özlari gazetalarni qidirib, ommaviy obuna bölişga intilib qolişar…

— Respublika naşrlari gazetalarning viloyatlarga tarqatilişida har bir viloyatning poçta bölimlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritsalar maqsadga muvofiq. Şunda gazetalar öz vaqtida yetib boradi hamda xalqimiz yurtimizning turli hududlarida sodir bölayotgan ijobiy özgarişlardan voqif böladi. Boşqa viloyatlarning yoki poytaxt matbuot tarqatuvçilari “ming marta tezkor” bölsa ham, ular boşqa viloyatlar gazetalarini bir manzilga yetkazib beriş bilan kifoyalanadi, xolos…

Uşbu fikrlar kimlar uçundir ehtimol eriş tuyular. Biroq bizningça bu işlarni amalga oşiriş uçun ozgina eʼtibor va masʼuliyat kerak, xolos. Bugun barça viloyatlarda taşkil etilayotgan “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida ham gazetalar xususida köproq fikr-mulohazalar bölsa, örinli bölar edi. Zero, muhtaram Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek, “Maʼnaviyat boşqa sohalardan ön qadam oldinda bölişi lozim”. Gazetalar esa maʼrifat, maʼnaviyat ulaşişning birlamçi va asosiy böğinlaridan biridir.

Bahrom BOYMURODOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan