Özbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanişi böyiça Özbekiston Jurnalistlar Uyuşmasining II milliy maʼruzasi
Aziz hamkasblar, hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
Eslatib ötamiz, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş hamda jurnalistika sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi”da har yili Özbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanişi böyiça Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining milliy maʼruzasini tayyorlaş va eʼlon qiliş belgilangan.
Uşbu hujjat ijrosi doirasida 2023 yili Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining I milliy maʼruzasi eʼlon qilindi. Şu orqali mamlakatimiz milliy media sohasi rivoji yölida amalga oşirilayotgan işlarga yana bir bor nazar taşlaş, sohada amalga oşirilgan işlar haqidagi maʼlumotlar bilan töliqroq tanişiş, tahlil qiliş, erişilgan yutuqlarni eʼtirof etiş imkoniyatlari yaratildi. Şuningdek, jurnalistika sohasida yuzaga kelgan muammo va kamçiliklar hamda ularning yeçimi, Uyuşma oldida turgan dolzarb masalalar, şuningdek, Özbekistonda milliy jurnalistikani rivojlantiriş böyiça yangi reja va dasturlar böyiça ommaga, şu jumladan, OAV vakillariga keng axborot taqdim etildi.
Taʼkidlaş joizki, eʼtiboringizga havola etilayotgan Uyuşmaning mazkur II milliy maʼruzasi ham ayni maqsad yölida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Özbekiston Milliy media birlaşmasi bilan hamkorlikda, şuningdek, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi boşqaruvi aʼzolari va hududiy bölimlari rahbarlari, uyuşma huzurida faoliyat yuritayotgan ijodiy kengaşlar masʼullari, soha ekspertlari, bir söz bilan aytganda, keng jurnalistlar jamoatçiligi taklif va tavsiyalari asosida, kömagi bilan tayyorlandi.
Ötkazilgan ayrim tadbirlar va sohaga oid islohotlar samarasi
Barça sohada bölgani kabi yurtimizda milliy jurnalistikani rivojlantiriş, oçiqlikni, matbuot va söz erkinligini taʼminlaş, media soha uçun kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, bir söz bilan aytganda, Yangi Özbekistonning yangi jurnalistikasini yaratiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Ötgan bir yil içida ham soha rivojiga qaratilgan bir qator işlar bajarilib, turli tadbirlar ötkazildi. Jumladan, jurnalistika taʼlim yönalişi (bakalavriat, magistratura) böyiça dual taʼlim şaklida jurnalistika sohasida eng yangi innovatsiyalar, xolis, tezkor va kreativ nuqtai nazar, professional bilim va könikmalarga ega kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlaş maqsadida Toşkentdagi Xalqaro Nordik universiteti va “UzReport” axborot agentligi hamkorligida “UzReport” jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi taşkil etildi. Uşbu akademiyaga öqişga qabul qilingan talabalar ayni paytda muxbir, suxandon, operator, montaj ustasi, texnik xodim, kontent-menejer, ovoz muhandisi, SMM-yordamçi singari zamonaviy media kasblarni egallamoqda. Mazkur taʼlim dargohining faoliyat boşlaşi media soha uçun kadrlar tayyorlovçi olim taʼlim muassasalari örtasida raqobatni kuçaytiradi.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan 2024 yil yanvar oyidan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi negizida “Jadid” gazetasi naşr etilişi yölga qöyildi. Mazkur naşr Vatan va xalq manfaatlari yölida jon fido qilgan jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng tarğib etişda öziga xos tafakkur maydoni bölib xizmat qilmoqda.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi muassisligida “Vatan” nomli ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼrifiy jurnal taʼsis etildi va 2024 yil mart oyida uning 1-soni öquvçilar qöliga yetib bordi. Uşbu jurnalni taʼsis etiş orqali jurnalistlar, ziyolilar, siyosatşunoslar, olim va yozuvçilar uçun Vatan va Millatga muhabbatni izhor etadigan minbar yaratildi, deyiş mumkin. Ayni paytda mazkur naşr sahifalarida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oşirilayotgan hayotbaxş islohotlar, şuningdek, aziz va muqaddas Vatanimiz tarixi aks etgan tahliliy maqolalar, yurtni madh etuvçi asarlar eʼlon qilib borilmoqda.
Xabaringiz bor, 2024 yil boşida Xavfsizlik kengaşining navbatdagi kengaytirilgan yiğilişida Prezidentimiz milliy kontent yaratiş masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Aytiş mumkinki, ana şu eʼtibordan söng ommaviy axborot vositalarida milliy kontentni boyitişga qaratilgan işlar jonlandi. Bu borada faollik körsatgan ijodkorlarni rağbatlantirib boriş maqsadida Uyuşma tomonidan ötkaziladigan “Oltin qalam” tanlovi rağbatlantiruvçi nominatsiyalari qatoriga “Maʼnaviyatni yuksaltiriş, vatanparvarlik tuyğulari tarğib etilgan eng yaxşi materiallar uçun”, “Milliy urf-odat va anʼanalarimiz aks etgan eng yaxşi materiallar uçun” kabi yönalişlar kiritildi. Joriy yilning may oyida ötkazilgan “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda mazkur nominatsiya ğoliblari munosib taqdirlandi. Bundan ruhlangan OAV xodimlari bor ğayrat-şijoatini işga solib, milliy kontentni boyitiş, salbiy axborot xurujlariga qarşi samarali kuraşiş, şuningdek, olib borilayotgan islohotlarni keng tarğib qiliş va milliy manfaatlarimizni axborot makonida himoya qilişga oid tahliliy materiallarni köpaytirişga munosib hissa qöşmoqda.
Internet naşrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni köpaytirişga hissa qöşiş, jurnalist va blogerlarni rağbatlantiriş maqsadida Uyuşma tomonidan “Eng yaxşi milliy kontent” tanlovi ham ötkazildi. Mazkur tanlov sakkizta – “Kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan eng yaxşi materiallar uçun”, “Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga qaratilgan eng yaxşi materiallar uçun”, “Internet tarmoğida eʼlon qilingan eng yaxşi milliy kontent uçun”, “Dolzarb mavzulardagi eng yaxşi tanqidiy-tahliliy materiallar uçun”, “Bolalarni kitobxonlikka qiziqtirgan blog-postlari uçun”, “Ijtimoiy tarmoqlarda yoşlar tarbiyasiga oid eʼlon qilingan materiallari uçun”, “Milliy urf-odat va anʼanalarimiz aks etgan eng yaxşi materiallar uçun”, “Facebook” ijtimoiy tarmoğida milliy kontentni köpaytirişga qöşgan hissasi uçun” nominatsiyalari böyiça taşkil etildi. Uşbu tanlovning eʼlon qilinişi internet naşrlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari (blogerlar)ning milliy kontent yaratişga iştiyoqi oşişiga, internetning milliy segmenti milliy urf-odat va anʼanalarimiz aks etgan materiallar, özbek tilini uluğlaş, kitobxonlik tarğiboti, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga çorlovçi blog-postlar bilan boyişiga turtki berdi, desak xato bölmaydi.
Özbekistonda Şanxay hamkorlik taşkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi hamkorligida joriy yilning 21-23 avgust kunlari bir qator tadbirlar, jumladan, “Markaziy Osiyo ovozi: milliy makondan mintaqaviy makon sari” mavzusida Markaziy Osiyo jurnalistlari forumi ötkazildi. Mazkur xalqaro tadbirda Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston Respublikasidan kelgan jurnalistlar, respublikamiz markaziy OAV vakillari, blogerlar, qardoş xalqlar madaniyat markazlari xodimlari hamda talabalar iştirok etdi.
Tadbirda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov tomonidan Markaziy Osiyo mediamakoniga möljallangan yagona axborot platformasini taşkil etiş, uşbu axborot vositasida taqdim etiladigan materiallarni bir vaqtning özida Markaziy Osiyo xalqlari tilida eʼlon qiliş imkoniyatlarini yaratiş, Markaziy Osiyo davlatlari taniqli jurnalistlari hayoti va faoliyati, ijodiga bağişlangan “Markaziy Osiyo jurnalistlari” kitobini naşr etiş taklifi örtaga taşlandi. Forumda muhokama qilingan mavzular böyiça bildirilgan taklif va tavsiyalarni mintaqaviy hamkorlik darajasida amalga oşirişga kelişib olindi.
Soha olimlari janrlar jurnalistga öz materialiga mos körinişni tanlab olişi, voqealarni muayyan şaklda körsatib berişi uçun zarurligini taʼkidlaydi. Ular har bir janr muayyan axboriy vazifaning yeçimini topiş uçun qöllanilişi, janrlar böyiça ixtisoslaşiş ham mumkinligi xususida fikrlar bildirgan.
Maʼlumki, bugungi kunga kelib bosma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan materiallar orasida esse, oçerk, felyeton kabi janrlarda yozilgan ijodiy işlar kamayib ketmoqda. Buning sabablari qatoriga milliy media maydonimizda tendensiyalar özgarişi, turli janrlarda materiallar tayyorlaydigan ijodkorlar kamayib borayotgani, qolaversa, jurnalistika kasbini tanlagan baʼzi ijodkorlarimizda bu borada bilim, malaka va mahoratning yetişmasligini ham qöşiş mumkin.
Ayni holat milliy jurnalistikamiz rivojiga, uning rang-barangligiga soya soladi. Xöş, nima qiliş kerak? Fursatni boy bermasdan, media sohaning turli janrlarida öqişli materiallar yoza oladigan ustozlar hayotligida “Ustoz-şogird” anʼanasi asosida bu borada ularning tajribalarini yoşlarimizga örgatiş, yigit-qizlarning qiziqişini oşiriş böyiça bir qator işlarni amalga oşirişimiz zarur va muhim. Ana şu işlar doirasida ustozlar, “Oltin qalam” tanlovi ğolib va sovrindorlarining turli janrlarda mahorat bilan yozilgan eng sara materiallaridan namunalar yiğib, “Oltin qalamli jurnalistlar” kitobini naşr qiliş taşabbusi ilgari surildi. Bu ğoya tajribali jurnalistlar tomonidan qöllab-quvvatlandi. Yaqin kunlarda çop etilişi kutilayotgan mazkur kitob talabalar, ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida endi iş boşlayotgan ijodkorlar, turli yoşdagi qalamkaşlarga möljallangan bölib, unda 50 nafarga yaqin ustoz jurnalistlarning önga yaqin janrlarda yozilgan materiallari jamlanmoqda. Jurnalistikada ijodiy uslubga ega böliş, doimiy ravişda kasbiy mahoratni östiriş muhim sanaladi. “Oltin qalamli jurnalistlar” kitobi media sohani tanlaganlar, umuman, ijodkorlarga bu borada zarur manba-qöllanma sifatida xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan, şuningdek, ayni kunda keksalik gaştini surayotgan ustoz jurnalistlarning tajribalari, hayot va ijod yöli bilan media soha vakillarini, jamoatçilikni taniştiriş, sohadagi mavjud muammolarga ularning eʼtiborini qaratiş, kamçiliklar yeçimi böyiça taklif-tavsiyalarini oliş, milliy jurnalistikamizning bugungi holati, uning rivoji yölida amalga oşirilayotgan işlar, dolzarb masalalar xususida fikr almaşişni yölga qöyiş maqsadida Uyuşma tomonidan “Ustozlar nima deydi?” dasturi-körsatuvini tayyorlaş yölga qöyildi.
Ötgan bir yil davomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boş taşkilotçiligida hamkor taşkilotlar bilan birgalikda jurnalistika sohasi rivoji yölida bir qator işlar amalga oşirildi. Xususan, 2023 yil 15-16 avgust kunlari Toşkentda “France 24” Fransiya xalqaro yangiliklar telekanali jurnalistlari Polina Çubar va Antuan Kormeri iştirokida öquv-treninglari taşkil etildi. Ularda faktlarni tekşiriş uçun işonçli manbalar, faktçekingda eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlar, feyk yangiliklarni farqlaş, eng birinçi manbani qisqa fursatda topiş yöllari haqida “France 24” tajribasi asosida maʼlumotlar berildi. Şuningdek, axborot tarqatişda aniq maqsad belgilaşning jurnalistik faoliyat uçun ahamiyati tuşuntirildi.
2023 yil 28-29 avgust kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda gender masalalari va unga boğliq voqeliklarni turli ijtimoiy tarmoqlar, şuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali yoritiş mezonlari yuzasidan öquv-trening ötkazildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan YUNESKO, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Özbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi” NNT, “Yangi media taʼlim markazi” NNT, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş fondi bilan hamkorlikda 2023 yil 23-27 oktyabr kunlari “Mediasavodxonlik haftaligi” taşkil etildi.
2024 yil 6-8 may kunlari Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi, Fransiyaning OAVni rivojlantiriş agentligi (CFI), AOKA va boşqa mutasaddi taşkilotlar hamkorligida Toşkent şahridagi “Panarams” mehmonxonasida mintaqaviy forum ötkazildi. Forumda Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston va Fransiya davlatlaridan 120 nafar iştirokçi, 40 nafar spiker, şu jumladan, jurnalistlar, media-taşkilotlar vakillari, media-ekspertlar, mutasaddi davlat organlari masʼullari, şuningdek, taniqli media xodimlari, mutaxassislar qatnaşdi.
2024 yil 27-30 may kunlari Toşkent şahrida AOKA boşçiligida hamda Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) kömagida davlat organlari va taşkilotlari oçiqligini taʼminlaş, turli feyk va dezinformatsiyalarga birgalikda kuraşiş masalalari yuzasidan tajriba almaşiş maqsadida TDTga aʼzo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi qöşma öquv-seminari taşkil etildi. Tadbirda TDTga aʼzo mamlakatlardan yuz nafardan ortiq mutaxassislar iştirok etdi.
Sohaga oid qonunçilik
Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda media sohaga oid qonunçilik bazasi yaratilgan. Yangilangan Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi belgilab qöyildi.
Şubhasiz, mazkur normaning mamlakatimiz asosiy qonunida mustahkamlab qöyilişi ommaviy axborot vositalari sohasi vakillarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişni yanada kuçaytiradi.
Umuman olganda, söz erkinligi va ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyatini taʼminlaşning huquqiy asoslarini mustahkamlaş maqsadida mamlakatimizda öndan ortiq qonunlar, jumladan, “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”, “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”, “Axborot oliş kafolatlari va erkinligi töğrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”, “Axborotlaştiriş töğrisida”gi va boşqa qonunlar amalda mavjud ekanligi jurnalistik faoliyatni emin-erkin yuritiş imkoniyatlarini bermoqda. Ayni kunda sohaga oid qonunçilikni takomillaştiriş böyiça işlar davom ettirilmoqda.
Oçiqlikni taʼminlaş yölida
Ayni kunda Özbekistonda 2340 dan ortiq ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda. Bu raqam 2016 yilga nisbatan media tuzilmalar 55 foizga oşganini körsatadi. Ularning 65 foizi nodavlat OAV hisoblanadi. Internet-naşrlar ham jadal rivojlanib, 738 taga yetgani esa ularning auditoriyasi muttasil ortib borayotganidan darak beradi.
Eʼtiborli jihati, mamlakatimiz mediasi xalqaro axborot makoniga integratsiyalaşmoqda. ÖzMTRK va bir qator xususiy telekanallarning körsatuvlari dunyoning köplab mamlakatlariga uzatiladi.
Bugun butun dunyoda nafaqat siyosiy ziddiyatlar, balki mafkuraviy kuraşlar ham har qaçongidan taranglaşgan. Odamlarga yolğon va tuhmatlardan iborat axborotlarning tarqatilişi ayançli oqibatlarga olib kelişi mumkin. Şu boisdan ham bugun media tuzilmalarda xolis va haqqoniylikka asoslanib iş yuritilişi juda muhim.
Ayni kunga kelib davlat va nodavlat taşkilotlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi ança yaxşilandi. Vazirlik va idoralarda taşkil etilgan matbuot xizmatlari faoliyati tubdan isloh qilinib, matbuot kotiblarining maqomi oşirildi. Hozirgi paytda vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlarida 1500 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda.
Davlat organlari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik oldida hisobot beriş mexanizmi yölga qöyildi, turli masalalar, jumladan, dolzarb masalalar yuzasidan muntazam brifinglar, matbuot anjumanlari ötkazilmoqda. Oçiqlik körsatkiçlarini aniqlaş va uni ilğor xalqaro standartlar asosida baholaş amaliyoti yölga qöyildi.
Mavjud muammolar
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining ötgan yili eʼlon qilingan I milliy maʼruzasida bir qator muammolarni keltirgan edik. Ularning ayrimlari yeçim topdi. Quyidagi masalalar esa hamon dolzarb ahamiyat kasb etib turibdi.
Jumladan, hozirgi kunda yangilanayotgan Özbekistonimizdagi mahalliy, xususiy va xorijiy taʼlim dargohlarida 4 mingdan ziyod yigit-qiz media soha yönalişlari böyiça tahsil olmoqda. Bu yaxşi körsatkiç. Ammo tahlillar hamma bitiruvçilar ham öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşa olmayotganini körsatmoqda. Öqiş davomida ularning barçasi yetarli darajada bilim va malakaga, tajribaga ega bölmoqda, deb bölmaydi. Şu bois, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirliklaridan mazkur masalaga jiddiy eʼtibor qaratiş söraladi.
Endi sözimizni kasbiy faoliyatimizga oid ayrim mulohazalar bilan davom ettirsak. Gap şundaki, baʼzi hamkasblarimiz kasb etikasi kodeksi qoidalari, ommaviy axborot vositalariga oid qonunçilik talablariga har doim ham rioya etmayapti.
Ayrim jurnalist va blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga insonning şaxsiy maʼlumotlari, uning şaʼni va qadr-qimmatiga daxl qiladigan, baʼzan oçiqdan-oçiq zöravonlik va haqorat körinişidagi post va izohlarni joylaştiriş holatlari uçrayotgani ham taşvişli.
Şu örinda, jurnalist va blogerlarning huquqiy savodxonligini oşiriş borasidagi işlarni davom ettiriş lozim, deb hisoblaymiz.
Bosma naşrlar haqida
Albatta, milliy jurnalistikamizning buguni va ertasini, istiqbolini bosma naşrlarning iştirokisiz tasavvur etib bölmaydi. Negaki, gazeta va jurnallarning örni, ahamiyati kerakliligi ortiqça isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu şuning uçunki, birinçidan, bosma naşrlar özining uzoq asrlik tarixiga ega. Ikkinçidan, jurnalistikaning muhim böğini hisoblangan holda dunyoda televideniye va internet naşrlari ham örnini bosa olmaydigan qadriyatlarga ega hisoblanadi. Hatto gazeta-jurnallar beradigan narsani kitoblar ham bera olmaydi. Negaki, bosma naşrlar har qanday zamon, davrlar bölmasin, u hayotda, jamiyatda voqelikni keng muşohada va tahlil bilan, sözning betakror imkoniyatlarini öziga jo qilgan tarzda yoritib berişi hamda tarixga muhrlaşi bilan alohida ajralib turadi. Bu eʼtiroflarga isbot sifatida bugungi kunda ham misli körilmagan darajada texnika, internet rivojlangan, telekanallar, radiokanallar nihoyatda katta imkoniyatlarga erişgan mamlakatlarda ham hamon millionlab nusxada naşr etilayotgan gazeta-jurnallarning mavjudligini keltirib ötiş mumkin.
Şu nuqtai nazardan sönggi yillarda mamlakatimizda bosma naşrlarning örni, imkoniyatlarini yanada oşiriş yuzasidan hukumatimiz tomonidan maʼlum saʼy-harakatlar qilinganini aytib ötiş kerak.
Ammo bosma naşrlarning aksariyat hollarda qöllab-quvvatlanmayotgani, muassislarning bu borada öz vazifalarini bajarmayotgani, köplab tumanlarda hokimliklar naşrlarining çop etilmay qolgani, hatto ayrim respublika gazeta va jurnallarining 1000-2000 adadda çop etilayotgani juda açinarlidir.
Özbekistonda 10 mingdan ziyod örta taʼlim maktablari, yana şunça mahallalar, 200 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari, bir neça yuz mingdan ziyod turli taşkilot va korxonalar, beş yarim milliondan köproq xonadonlar bölişiga qaramay, bolalar naşrlari hisoblangan “Ğunça”, “Gulxan”, “Tong yulduzi” yoki “Saodat”, “Qişloq hayoti”, “Jamiyat”, “Hurriyat” singari gazeta va jurnallar adadi 4-5 ming nusxada ham çop qilinmayotir.
Xöş, bunday ahvolni önglaş mumkinmi? Albatta, mumkin. Ammo ayni masala böyiça turli fikr va takliflar mavjud. Ayrimlar bozor iqtisodiyoti, gazeta va jurnallar öz kunini özi körsin, raqobatbardoş bölsin deydi. Nazarimizda, odamlar asosiy informatsiyani ijtimoiy tarmoqdan, qölidagi telefondan olayotgan bir paytda bu usul orqali bosma naşrlar rivojlanişi muşkul.
Bir guruh masʼullar esa respublika ahamiyatiga ega gazeta va jurnallarni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaşning aniq mexanizmlarini yaratiş lozimligini ilgari suradi. Viloyat va tuman gazetalarini, aytaylik, 4-5 ming nusxada çop etiş uçun mahalliy byudjet hisobidan moliyalaştiriş zarurligini taklif etadi.
Vaqtli matbuot naşrlarining obunaçilarga öz vaqtida yetkazilişini taʼminlaş uçun ham poçta xizmatlarining faoliyati tubdan isloh qilinişi lozim. Çunki poytaxtda çop etilgan gazeta va jurnallar joylarga 10-15 kunlab keçikib olib borilişi bosma naşrlar nufuzini tuşirmoqda.
Albatta, masalaning boşqa jihatlari ham yöq emas. Xususan, bugun köpgina bosma naşrlarning öqişliligi, ularda yoritilayotgan materiallar muştariyni qiziqtiradigan darajada deb bölmaydi. Buning uçun naşrlarning umumiy saviyasini oşiriş, mualliflarga risoladagidek qalam haqi tölaş, gazeta-jurnallarda işlayotgan jurnalistlarga davr talab qiladigan darajada oylik-maoşlar beriş kerak böladi. Bu masalalarni hal qiliş uçun matbuot naşrlarining obunasini köpaytiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş zaruriyati tuğiladi. Yana bir masala: bugun OAVda eʼlon qilingan tanqidiy va tahliliy materiallarga munosabat bildiriş, qonunçilikda belgilangan tartibda javob beriş masalasi oqsoqlangança qolmoqda. Agarda matbuot naşrlarida kötarib çiqilayotgan tanqidiy maqolalarga vazirlik va idoralar, qömita va agentliklar, hokimliklar tomonidan öz vaqtida çora-tadbir belgilanadigan bölsa, gazeta-jurnallarning jamiyatda tutgan örni, nufuzi, ahamiyati yanada oşardi. Eng muhimi, “Törtinçi hokimiyat” deb atalmiş matbuot naşrlari jamiyatda közgu vazifasini ötab, köpgina muammolarning yeçilişiga hissa qöşgan bölar edi. Afsuski, bu borada ham şunçaki közböyamaçilik, yuzakilik holatlari hukmronlik qilib turibdi. Çunki jurnalistlar tomonidan kötarib çiqilayotgan muammolarni körib körmaslikka oliş, javob yöllanganda ham nomigagina javob xati yuboriş holatlari köp uçramoqda.
Xalqaro munosabatlar
Ötgan bir yil davomida Uyuşma tomonidan xorij media tuzilmalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga ham jiddiy eʼtibor qaratildi. Jumladan, 20 nafarga yaqin sohamiz vakillari, yoş jurnalistlar xorij mamlakatlariga bilim va malaka oşiriş, tajriba almaşiş uçun yuborildi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining Astraxan şahrida 2023-2024 yillari ötkazilgan “Kaspiy mediaforumi”da Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi xodimi Dilşod Jörayev, Uyuşmaning Navoiy viloyati bölimi raisi Otabek Aslonov, “Işonç” va “Işonç-doveriye” gazetalari tahririyati muxbiri Ğulomjon Mirahmedov iştirok etdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va Umumxitoy Jurnalistlar assotsiatsiyasi örtasida 2023 yil 15 iyunda tuzilgan hamkorlik kelişuvi ijrosi doirasida Uyuşma aʼzosi bölgan uç nafar yoş jurnalist — Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) Prezident “POOL” markazi yetakçi muharriri Behruz Xudoyberdiyev, “Yangi Özbekiston” – “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati madaniyat va maʼrifat bölimi mudiri Sabina Alimova, “Renessans” telekanali muxbiri Nurullo Rasulov, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi yetakçi mutaxassisi Gulzaynab Zulhaydarova, “Namangan sadosi” gazetasi boş muharriri örinbosari Uluğbek Rözmatov Xitoyda öquv-seminar maşğulotlarida qatnaşib, hamkasblar bilan tajriba almaşiş imkoniyatlariga ega böldi.
Joriy yil boşida Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi elçixonasining sörovi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tavsiyasiga asosan 2024 yil 9-12 fevral kunlari “Hurriyat” mustaqil gazetasi muxbiri Islom Asilbekov Turkiya Respublikasida uç kunlik media-turda iştirok etdi.
2024 yil 20-25 aprel kunlari Uyuşma raisi v.b. Xolmurod Salimov boşçiligida bir guruh jurnalistlar – “Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalari tahririyati boş muharriri Husan Ermatov, “Tong yulduzi” gazetasi boş muharriri Feruza Odilova, Özbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro axborot tahririyati şarhlovçisi Aziza Alimova, Uyuşma huzuridagi Yoş jurnalistlar kengaşi raisi Şuhrat Oripovning Ozarbayjonga ijodiy safari uyuştirildi. Safar davomida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan Ozarbayjon Matbuot kengaşi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
2024 yil 22-27 may kunlari hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş va tajriba almaşişni yölga qöyiş maqsadida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov, “Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati boş muharriri Salim Doniyorov hamda yoş jurnalist, “Gulxan” jurnali masʼul kotibi Azim Axtamovning Hindistonga safari taşkillaştirildi. Dehli şahrida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasi böyiça 2-örinni qölga kiritgan Hindistonning “The Economic Times” gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Çaudhuriga tanlov statuetkasi, diplomi hamda pul mukofoti tantanali ravişda topşirildi. “The New Indian Express” gazetasi faoliyati bilan yaqindan tanişiş jarayonida ayni jurnalistika tendensiyalari va yönalişlari böyiça fikr-mulohazalar almaşildi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va Hindiston Press klubi (Press Club of India) örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ayni kunda Uyuşma tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlari media taşkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş böyiça bir qator işlar amalga oşirilmoqda.
Soha rivojiga doir yangi rejalar
Birinçidan, Uyuşma tomonidan milliy jurnalistikani rivojlantirişga oid 2030 yilgaça bölgan asosiy rejalarni aks ettiruvçi “Yöl xarita” işlab çiqiş.
Ikkinçidan, har yili mahalliy va xorijiy fotojurnalistlar örtasida “Yangi Özbekiston fotojurnalistlar nigohida” tanlovi ötkaziş. Uşbu tanlovga taqdim etilgan eng sara fotomateriallar körgazmasini Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda, şuningdek, xorijiy davlatlarda taşkil etiş.
Uçinçidan, yoş jurnalistlarning bilim va malakasini, sohaga qiziqişini oşiriş, ularning ijodiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida har yili Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida “Böstonliq seminari”ni ötkaziş.
Törtinçidan, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi muassisligida çop etib kelinayotgan “Hurriyat” gazetasi jurnalistlarning erkin minbari ekanligini inobatga olib, uning iqtisodiy imkoniyatlarini qöllab-quvvatlaş, tahririyat moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, har yili gazeta obunasi taşkillaştirilişini taʼminlaş maqsadida mablağ ajratib boriş.
Beşinçidan, milliy jurnalistikamizning xalqaro media makonga integratsiyalaşgan holda rivojlanişini taʼminlaş, ilğor xalqaro tajribalarni özlaştiriş maqsadida har yili dunyo media sohasi tajribali va taniqli jurnalistlari, mediatuzilmalar masʼullari iştirokida Toşkentda dolzarb mavzularga bağişlangan xalqaro mediaforumlar ötkaziş.
Oltinçidan, ommaviy axborot vositalari vakillari örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, salomatligini mustahkamlaşga kömaklaşiş maqsadida har yili 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida sportning bir qator turlari böyiça “Uyuşma kubogi” sport musobaqalarini ötkaziş.
Yettinçidan, uyuşma va uning hududiy bölimlari qoşida faoliyat olib borayotgan “Mahorat” maktablari hamda “Yoş jurnalistlar” tögaraklarini bitirib, ommaviy axborot vositalarida (kamida ikki yildan buyon) öz ijodiy işlari bilan qatnaşib kelayotgan yoşlarni oliy taʼlim muassasalarining jurnalistika yönalişlari böyiça öqişga OAV va Uyuşma tavsiyasi asosida imtiyozli qabul qiliş çoralarini köriş.
Sakkizinçidan, ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuçaytiriş böyiça iş olib boriş.
Töqqizinçidan, markaziy va hududiy OAV vakillarini xorijiy mamlakatlarga bilim va malaka oşiriş, yirik media tadbirlarda qatnaşiş uçun yuboriş.
Öninçidan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni öz vaqtida berib boriş orqali yolğon maʼlumotlar tarqalişining oldini oliş.
Ön birinçidan, mamlakatimizda bugungi islohotlar talabiga javob beradigan ijtimoiy masʼuliyatli ommaviy axborot vositalarini şakllantiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş.
Ön ikkinçidan, internetning global va milliy segmenti rivojlaniş tendensiyalarini doimiy örganib boriş, milliy kontentni rivojlantiriş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça takliflarni şakllantiriş.
Mamlakatimiz milliy mediasini yangi va yuqori bosqiçga olib çiqişga qaratilgan yuqoridagi vazifalar yurtimiz ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar jamoatçiligi bilan birgalikda, ularning xohiş-irodasi, taklif va tavsiyalari asosida amalga oşiriladi. Ayni jarayonda sohamizning barça vakillarini, şuningdek, jurnalistikamiz faollari hamda ustozlarni uyuşma atrofida yanada jipslaşiş va birlaşişga çorlaymiz.
