Talabalar ovozi
Jurnalistikaga havas qilib, qalbida ijodga mehr uyğongan yoşlar bugun yurtimizda judayam köpligi kişini quvontiradi. Ularning aksariyati oliy öquv yurtlarida jurnalistika yönalişida tahsil oliş bilan birga, tez-tez tahririyatimizga kelib, universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etişga, şaxsiy kuzatişlari jarayonida tuğilgan fikr-mulohazalarini maqola şaklida gazetada eʼlon qilişga intilişadi.
Gazetamizning ötgan haftadagi 23-sonida ÖzMU jurnalistika fakulteti va “Jahon adabiyoti” jurnali qoşidagi mahorat maktabida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy işlaridan ayrimlarini eʼtiboringizga havola etgan edik. Bugungi sonimizda ham yurtimizdagi oliy öquv yurtlarining jurnalistika fakultetlarida tahsil olayotgan bir qança bölajak jurnalistlarning ijodidan namunalar beryapmiz. Ularni öqib, yoş ijodkorlarning öy-keçinmalari ifodasi, til va uslubi, yoziş mahorati hali biroz qiyomiga yetmaganini seziş mumkin bölsa-da, kelajakda ularning qalami borgan sari çarxlanib, milliy matbuotimizning közga köringan, xalqning dardu quvonçlari, taşvişlarini dadil qalamga oladigan yetuk jurnalistlar bölib şakllanişiga işonamiz.
TAHRIRIYAT
Matbuot bizga kerak!
Hozirgi kunda “gazeta va jurnallar bizga kerakmas, yangilik bölsa internetdan ham bilib olaveramiz” kabi gap-sözlar tez-tez quloğimizga çalinadi. Ayni damda odamlar telefonga qattiq boğlanib qolganini inkor etolmaymiz. Ijtimoiy tarmoqlar öz girdobiga yoş-u qarini birdek tortib ketyapti. Bundan taşqari, telegramda yangilik ulaşuvçi kanallar ham juda köp. Hamma yangilikni ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olayotgan ekan, gazetalar endi öz örnini internetga böşatib bersa ham bölaveradi, degan fikr töğrimi?
Yöq, albatta.
Birinçidan, gazetalar OAVning eng dastlabki va işonçli vositalaridan biridir. Şu bois jahonning taraqqiy etgan davlatlarida ham gazetalarning öziga yaraşa örni, mavqei va eng muhimi, öz öquvçilari bor.
Ikkinçidan, gazetalar faqatgina yangilik ulaşibgina qolmay, bizni ezgulikka çorlaydi. Undagi ibratli va hayotiy hikoyalar yoşlarni töğri yölga boşlaydi. Bundan taşqari, biz gazeta yordamida sanʼat, adabiyot, tarix kabi sohalardagi bilimlarimizni yanada oşirişimiz mumkin. Hayotimizda sodir bölayotgan ijtimoiy özgarişlar gazetalarda jurnalist va soha vakillari tomonidan batafsil yoritiladi. Ularning ijtimoiy tarmoqlardan yana farqi şundaki, biz muallif nega bunday fikr yuritgani, bu özgarişning qançalik muhim yoki muhim emasligi, bizga foydasi bor yoki yöqligi haqida muşohada qilamiz. Demak, gazetalar bizga axborotlarni yetkazibgina qolmay, bizni öylaşga, fikr yuritişga ham undaydi.
Uçinçidan, gazetalarda xalqimizning dardlari va muammolari, milliy qadriyat va anʼanalarimiz ham qalamga olinadi.
Fikri ojizimça, odamlar lift ixtiro qilingani uçun zinapoyalardan, televizor bor deya teatrlardan, videoqönğiroq bölgani uçun diydor körişişdan voz keçmaganidek, internet qançalik rivojlansa ham, gazetalardan voz keçişi mumkin emas. Töğri, ming afsuski, bugun aksariyat yoşlar gazeta öqişmaydi. Hamma qölidagi telefon bilan ovora. Ammo bu gazetalarning keraksizligidan emas, aksinça, undan uzoqlaşganlarning xatosidir.
Asilbek JALOLOV,
ÖzJOKU talabasi.
Meni taʼsirlantirgan asar
Maktabda taniqli özbek yozuvçisi Ötkir Hoşimovning “Uruşning sönggi qurboni” hikoyasini öqib, bu adibning ijodiga mehr qöyganman. Keyinçalik uning köplab asarlarini öqib çiqdim, jumladan, “Ikki eşik orasi”ni ham.
Romanda Toşkent yaqinidagi qişloqlardan birining çorak asrlik hayoti haqida hikoya qilinişi asnosida butun özbek xalqining uruş yillaridagi matonati va jasorati tasvirlanadi. Voqealar ötgan asrning 40-yillari arafasida boşlanadi, uruş yillari va undan keyingi davrda davom etadi, 1966 yildagi Toşkent zilzilasi bilan tugaydi. Kitob bir qator öziga xosliklarga ham ega. Muallif, birinçi navbatda, uruşni qoralaydi, uning insoniyat boşiga oğir kulfatlar olib kelişi mohiyatini oçadi, uning jarohatlari odamlarga ozor yetkazişini körsatadi. Şu bilan birga muallif uruş yillarida oddiy odamlarning vatanparvarligi, bardoşi, matonatini körsatadi.
Romandagi qahramonlar ham bir-birini töldirib, asarga özgaça körk bağişlagan. Undagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi qahramonlar özining yorqin feʼl-atvori, ajabtovur qiliqlari va fazilatlari bilan barçamizga örnak böla oladi. Muallif, ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini mahorat bilan tasvirlagan. U — ayni çoğda haqiqatni yuzga aytişdan çöçimaydigan şartaki, jasoratli odam.
Kimsan Husanov obrazi ham ajoyib. U mard, tanti, oriyatli yigit. Ammo uruşda halok böladi. Ölimi oldidan jasorat körsatib, bir neça faşistlarning kapitanini özi bilan birga suv tubiga ğarq qilib olib ketadi. Ayol obrazlar ham bir-birini töldirib, özbek ayolining matonatini yaqqol oçib bergan. Masalan, Qora amma timsolida juda mehribon, farzandlari uçun jonini berişga tayyor ona obrazi gavdalantirilgan. Robiya timsolida esa soflik, halollik, maʼnaviy barkamollik sifatlari juda yaxşi oçib berilgan.
Xulosa sifatida şuni aytiş mumkinki, bu asar hayotiyligi, tabiiyligi bilan ajralib turadi. Roman xalq hayotining muhim jihatlarini oçib berişi, odamlarimizning gözal va barkamol maʼnaviy qiyofalarini körsatişi bilan katta badiiy qimmat kasb etadi.
Guliraʼno NAZAROVA,
ÖzDJTU talabasi.
Jamoat transportining afzalliklari
Transport şahar hayotining asosidir. Yurtimizda aholi hamda mansabdor şaxslarga jamoat transportlaridan foydalanişlari uçun köproq tavsiyalar berilmoqda. Sabab nima? Albatta, xavfsizlik, tirbandlikning kamayişi hamda havo ifloslanişining oldini oliş. Buning uçun bizga jamoat transportlari zarur. Jumladan, ular işonçli, qulay va manzilga tez yetib boradigan bölişi kerak. Aholiga bu qulaylikni yaratiş uçun esa bir qança çora-tadbirlar işlab çiqiş lozim deb öylayman.
Masalan, avtobekatlarda avtobuslarning kelib-ketiş vaqtlarini, harakat jadvalini oldindan körsatuvçi maxsus elektron qurilmalar örnatilişi hamda ular ovozlaştiriş tizimi bilan jihozlangan bölişi zarur. Bu közi ojiz yoki yoşi katta insonlarga qulaylik yaratiş bilan birga, yölovçilarning avtobus qaçon kelişini bilolmay jiğibiyron bölişining oldini oladi. Şu bilan birga uşbu tizimli qurilmani bir neça tillarda yaratiş lozim. Bu nafaqat aholi, balki çet ellik sayyohlar uçun ham qöl keladi.
Ikkinçi masala bevosita turizm bilan boğliq. Qadimiy şaharlar —Samarqand, Buxoro, Xiva singari Toşkent köçalarida ham turistlarga közimiz tuşadi. Ularni manzillariga yetkaziş, sayohatlarini samarali taşkil etiş uçun maxsus avtobuslar qöyilişi lozim. Bu nafaqat ularga qulaylik yaratadi, balki kelgusida turizmni ham bevosita rivojlantirişga hissa qöşadi.
Özimiz ham doimiy tarzda jamoat transportida yurişni odat qilsak, zarur bölmagan holatlarda şaxsiy avtomobildan foydalanmasak, atrof-muhit va havoning tozaligini saqlaşga munosib hissa qöşgan bölamiz. Bu nafaqat özimiz, balki yon-atrofimiz va jamiyatimiz uçun ham foydalidir.
Murodjon MAHMUDOV,
ÖzDJTU talabasi.
Tungi klublar kerakmi?
Kelajak avlodni soğlom va barkamol qilib tarbiyalaş yölida eʼtibor qaratişimiz lozim bölgan masalalar bisyor. Ular orasida şunday bir masala borki, unga bugun jamoatçilik eʼtibor qaratib, tegişli çoralar körişni boşlamas ekan, kelajak avlodning maʼnaviy qiyofasini kamol toptiriş muammoga aylanişi mumkin.
Ayni damda mobil telefoningizni qölingizga olib, internet orqali jonajon şahrimiz böylab dam oliş maskanlarini qidirsangiz, sizga yigirmaga yaqin tungi klublar manzili taqdim etiladi.
Fikrimça, bunday joylarning bir donasi ham ortiqça, aslida. Yaxşilik yölida xizmat qilmaydigan har qanday narsaning yomonlik öçoğiga aylanişi ehtimoli yuqori böladi. Tungi klublar haqida ham şunday deyiş mumkin.
Xöş, tungi klublarning ijobiy tarafi bormi? Menimça, yöq. Bunga yaqqol misol: ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan noxuş xabarlar, odatda, tungi klublar nomi bilan aloqador holda taqdim etiladi. Yaʼni, tungi klublar haqidagi ijobiy xabarlarni deyarli eşitmaymiz.
Ming afsuski, tungi klublar yengiltabiat ayollar va oğufuruşlarning mijoz ovlovçi maskaniga aylanib qolgan. Voyaga yetmagan ayrim yigit-qizlarning öşa yerlarda vaqt ötkazişayotgani esa xavotirimizni ikki karra oşiradi.
Şunday ekan, yoşlarimizni tungi klublarga borişdan asraylik. Bunday klublar faoliyatiga tezroq barham beraylik.
Baxtiyor ERKINBOYEV,
ÖzMU jurnalistika
fakulteti talabasi.
Imkoniyatlar eşigi
Bugun Yangi Özbekistonda hayotning barça sohalari çuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu borada ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan taʼlim tizimidagi özgarişlar, ayniqsa, tahsinga loyiq. Sönggi yillarda taʼlim tizimining barça bosqiçlarini zamonaviy talablar asosida qayta taşkil etiş böyiça amaliy işlar jadal olib borilmoqda.
Inçunin, amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi yangilanişlar taşkil etadi. Yurtimizdagi yoşlar bilimli va öz sohasining yetuk mutaxassisi bölişlari uçun keng imkoniyatlar va imtiyozlar yaratildi. Misol qilib oladigan bölsak, oliy öquv yurtiga öz bilimi bilan kirgan abituriyent öqişni davom ettirişga imkoniyati yetmasa yoki soğliğida muammolar bölsa, davlatimiz tomonidan unga imtiyozli grantlar ajratiladi. Şu bilan birga, yurtimizda oliy taʼlimning magistratura bosqiçiga şartnoma asosida öqişga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlatimiz tomonidan tölab berilayotgani tahsinga sazovordir.
Bundan taşqari, oliy öquv yurtlari va taʼlim tizimining quyi böğinlari örtasidagi uzviylikni kuçaytiriş maqsadida akademik litseylar oliy öquv yurtlari tasarrufiga ötkazilişi, şuningdek, texnikumlar ham bevosita öz yönalişi böyiça turdoş oliy öquv yurtlari va tarmoq korxonalariga biriktirilişi — yana bir muhim yangiliklardan biri böldi.
Yodingizda bölsa, mamlakatimiz rahbari öz faoliyatini boşlagan kezlarida yurtimizdagi akademiklar, yetakçi olimlar, umuman, ilm ahli bilan uçraşgandilar. Ular bilan dildan suhbat qilgandilar. Bu bejiz emas, albatta. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan bunday xayrli işlar, ezgu maqsadlar mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvçi salohiyatli kadrlar tayyorlaşga keng imkoniyatlar yaratişi şubhasiz.
Dilnura ERGAŞQULOVA,
ÖzMU jurnalistika
fakulteti talabasi.
“LETHARGIC”lar masʼuliyatni his qilmaydimi?
Oftob boyning qasri-yu kambağalning xarobasiga birdek nur soçgani kabi, taʼlim dargohlarida ham barçaga barobar ilm oliş uçun şart-şaroitlar yaratilgan. Biroq yoşlarning aksariyati bundan unumli foydalanmaydi. Kimdir doim maşğulotlarga keçikib borişni odat qilsa, kimdir dars paytida orom olişni yaxşi köradi, yana birining hamrohi — dangasalik. Çet el meditsinasi bunga “Lethargic” (energiya va iştiyoq yetişmasligi) deya nom bergan. Umumiy qilib aytganda, bugun biz “Lethargic” bölib qolyapmiz, masʼuliyatsizlik, maqsadsizlik kasalligi vujudimizni çulğab olmoqda. Xöş, nega şunday? Nima uçun oldimizga yuksak marralar, maqsadlar qöyişga çöçiymiz? Nega maqsadimiz tomon ildam va şaxdam qadamlar taşlaşda tolib qolyapmiz?
Keling, bu haqda mulohaza yuritişdan oldin talabalarning öy-fikrlariga quloq tutaylik:
Jaloliddin:
— Keça soat uçgaça “Pubg” öynabmiz, mana endi uxlab qolibman. Soat sakkizdan ötibdi, keçikdim. Baribir darsga kiritmaydi. Özi bugun ikki para dars bölsa, bir paragagina borib nima qildim? Yaxşisi, uyquni davom ettiriş kerak.
Abbos:
— Universitetga kirib ham heç nima özgarmadi. Yana öşa gap: “darsga keçikma”, “uyga vazifani bajar” — tugamaydigan iş bu. Bu yil birinçi yil bölsa. Uyimdagilar xarajatlarimni qoplab turişibdi. Maza qilib öyin-kulgi qilib qoliş kerak.
Dilbar:
— Hali universitetga ketişimga bir soat bor, böyanişim, soçimni turmaklaşim kerak. Oq köylagimni keça kiygandim, bugun qanaqa kiyinsam ekan-a?
Sanjar:
— Kontrakt töloviga ham oz qoldi. Darsdan çiqib işga borişim kerak. Yana ertaga sʼyomkam ham bor, çarçab qolaman. Ertaga bormay qöya qolarman darsga.
Marjona:
— Stipendiya tuşişiga oz qoldi. Havo ham isiy boşladi. Yangi tufli olişim, yana “parfyumeriya”larimniyam yangilaşim kerak.
Ruslan:
— “IELTS”im böla turib, çet elga ketolmasam. Töğri, bu yerda grantda öqiyapman, işlayapman, uyimga ham pul jönataman, lekin bitirgaç, 4-5 million söm oylikka yaşab bölarmidi? Qizil pasportimni ham oldim. Endi bir amallab ota-onamni köndirib olsam, öquv yili tugaşi bilan Dubayga işlagani ketaman.
Yuqorida sanab ötilganlar deyarli barça universitet talabalarining xayolini band qilgan öylar. Ayrim talabalar tanlagan OTMlarida omadi kelib kirib qolgani uçun öqiydilar. Sababi, ularning yagona maqsadi oliy maʼlumotli böliş va yaxşi işda işlaş. Qaysi universitet bölişi esa ahamiyatsiz. Göyo talaba bölgaç, közlangan maqsadga erişilgan va endi oldinga undovçi ikkinçi maqsad yöq.
Abituriyentlik davrida esa ijtimoiy muhit taʼsiri yuqori böladi, yaʼni öqişga kiriş uçun tayyorgarlik körayotganlar özlari kabi maqsadi bir yoşlar bilan harakat qilib, imtihon uçun yetarliça bilim va könikmalarga ega böladilar, raqobatlarda toblanadilar.
Paulo Koyelo “Alkimyogar”ida aytganidek: “Agar biror narsaga çin köngildan erişişni istasang, butun koinot seni unga yetiştiriş payida böladi”. Qilingan niyat, qöyilgan maqsad, albatta, amalga oşadi, agarda sobit qadamlar va işonç bilan harakat qilinsa. Oldimizga katta maqsadlar qöyişdan, uşalmasdek köringan orzular qilişdan qörqmaslik zarur. Kim bölib tuğilganingning ahamiyati yöq, ammo kim bölib ölişing öz qölingda.
Maşhura BURHONOVA,
ÖzDJTU talabasi.

