O'zbekistonning yangi siyosati tufayli Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat tubdan o'zgardi

image description
Evropa tashqi harakatlar xizmatining muhim kritik minerallar bo'yicha katta maslahatchisi Lyuk Devin O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari haqidagi fikrlarini bildirdi:
— Faoliyatim davomida Yevropa Ittifoqining O'zbekiston bilan hamkorligida avvaliga muhim kritik minerallar savdosi bo'yicha bosh direktorat xodimi, keyin Yevropa diplomatik xizmati vakili sifatida ishtirok etdim.
O'tgan yillar davomida O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari ijobiy rivojlanayotganini kuzatish baxtiga muyassar bo'ldim. Bu ikkala jarayon ham bir-biri bilan chambarchas bog'liq. 2016 yilda Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Prezidenti etib saylanishi bilan biz u tomonidan ilgari surilgan, Yevropa Ittifoqida to'liq qo'llab-quvvatlanayotgan juda muhim keng ko'lamli islohotlar strategiyasi amalga oshirilayotganiga guvoh bo'ldik. Bu strategiya O'zbekistonning mintaqa va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari uchun muhim hal qiluvchi kuchga aylandi.
Shuningdek, bu O'zbekiston uchun burilish nuqtasi bo'ldi, chunki mamlakatga siyosiy sohada – demokratiya va qonun ustuvorligini qo'llab-quvvatlash uchun ham, iqtisodiy sohada ham islohotlar dasturi zarur edi. Xorijiy sarmoyani jalb qilishda iqtisodiy ochiqlik va qonun ustuvorligi juda muhim. Shu bois bu sohalardagi islohotlar Yevropa Ittifoqi tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi.
Evropa Ittifoqi O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishini ham qo'llab-quvvatlaydi va biz 2026 yilda mamlakat ushbu maqsadiga erishadi, deb umid qilamiz.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar keng qamrovli va ortga qaytmas xususiyatga ega bo'lib, bu mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari uchun ham, xorijiy investorlar uchun ham juda muhim.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so'ng O'zbekiston keyingi yillarda naqadar jadal rivojlanib, modernizatsiya qilinayotganini ko'rish quvonarlidir.
O'zbekistonning yangi siyosati mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlari mustahkamlangani tufayli Markaziy Osiyodagi vaziyatni butunlay o'zgartirdi. Chegara masalalarini birgalikda hal etish, mintaqa davlatlari o'rtasida chegara punktlarini ochish, suv muammolarini hal etish kabi ijobiy natijalar qayd etildi. Biz mintaqada qo'shma loyihalarni amalga oshirishda faol hamkorlik, jumladan, sarmoyaviy sheriklik rivojlanayotganini ko'ryapmiz.
Evropa Ittifoqi mintaqaviy hamkorlikning ushbu ijobiy jarayonlarini qo'llab-quvvatlashga intiladi, savdoni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan integratsiya sohasidagi tajribasini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o'rtoqlashadi.
Shu nuqtai nazardan, 2022 yilda Samarqandda bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o'rtasida barqaror aloqalar bo'yicha konferensiya, shuningdek, 2025 yil aprel oyida bo'lib o'tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti muhim voqea bo'ldi.
Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O'zbekiston Yevropa bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligidan juda mamnunmiz.
O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasini alohida ta'kidlamoqchiman. Bunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar hal qiluvchi ta'sir ega.
Xulosa o'rnida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston-Evropa munosabatlari samarali rivojlanib, kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Umid qilamizki, aloqalarimiz bundan keyin ham yanada mustahkamlanadi.
Dunyo” AA.
Bryussel shahri.