Xalq mehrini qozongan suxandon

Örta avlod vakillariga yaxşi taniş bölgan Dilorom Umarova Özbekiston televideniyesi tarixida muhim iz qoldirgan suxandonlardan biri. “Oynai jahon” orqali tomoşabinni ekranga maftun etib qöygan, özini tutişi, ovozining tiniqligi, talaffuzning aniqligi, kiyinişidan tortib, soç turmagiga qadar eʼtiboringizni tortadigan maftunkor ayol Dilorom Umarova edi.

Farğona viloyatining Bağdod tumanida ziyoli oilada dunyoga kelgan qahramonimizning dadasi tuman  avtokorxonasi rahbari Qöçqorali Umarov, onasi maktabda rus tili va adabiyoti fani öqituvçisi Oynisaxon Umarovaning farzandlari orasida qizi Diloromni heç kimnikiga öxşamagan taqdir kutayotgandi. U adabiyotga mehr qöygan, şeʼr öqişni yoqtirardi. Muomalada madaniyatli, öziga oro berişi ham boşqaça edi.

Dilorom Toşkent madaniy-oqartuv texnikumining rejissyorlik bölimiga öqişga kiradi. Öquv dargohida Özbekiston televideniyesining rejissyori Saʼdulla Anorqulov va maşhur dramaturg Hayitmat Rasuldan ssenariy yoziş va rejissyorlik mahoratidan saboq olarkan, ular sabab televideniyening adabiy körsatuvlar tahririyati tomonidan tayyorlanadigan “Şeʼriyat böstoni” körsatuviga jonli efirda şeʼr öqiş uçun taklif etiladi.

“Talabalik yillarimning ilk davri men uçun oğir judolik bilan boşlandi, — deb esladi u. — Xastalik tufayli dadajonim  vafot etdilar. Biz farzandlarining yutuğimizga sevinib, öqişimiz, bilim olişimiz uçun neki imkon bor bölsa yaratib, qöllab-quvvatlardilar. Har birimizning orzu-maqsadlarimiz, kelajak rejalarimiz bilan qiziqar, ularning röyobi uçun birinçi qadamni ular taşlardi. Sira töxtab qolmasligimizni, ortida doim kuç-quvvat bölib özlari turişini taʼkidlardilar. Şunday suyanç toğimdan ayriliş men uçun katta yöqotiş böldi”.

Maktabda rus tilida tahsil olgan Dilorom bilim yurtida rejissyorlik kursini özbek tilida öqidi. Öquv yurti rahbari: “Qizim, xavotir olmang, sizga yengillik yaratamiz, birinçi yil rus tilida javob berasiz. Ikkinçi va uçinçi bosqiçda esa özbek tilida”, — deya unga imkon berişdi. Maʼruzalarni özbek tilida tinglab, rus tilida javob berar, bu esa ikki tilni ham mukammal örganişiga yordam berardi.

Öqiş davrida tadbirlarda sahnada boşlovçi bölgan Diloromga köplar havas qilardi. Bir gal talabalar tomonidan tay­yorlangan adabiy kompozitsiyani körişga Özbekiston televideniyesi adabiy-dramatik tahririyati rejissyori Nabi Razzoqov va jurnalist Marat Asadullayevlar kelişadi. Adabiy kompozitsiya namoyişidan söng ular tadbir boşlovçisiga Özbekiston televideniyesida suxandonlar tanlovi ötkazilayotgani, unda özini sinab körişi mumkinligini aytib, uni tanlovga taklif qilişadi.

Dilorom Umarova tanlovdan muvaffaqiyatli ötib, Özbekiston televideniyesiga işga qabul qilingaç, uşbu xuşxabarni ilk bor onajoniga yetkazdi. Onasi farzandi arjumandini uzoq duo qildi. Ammo sevinç uzoqqa bormadi. Oğir dardga çalingan Oynisa opa qizini efirda uç oygina kördi. Onasining vafotidan qattiq qayğuda qolgaç, unga ustozi Öktam Jobirov otasidek mehr körsatdi. Yolğiz qolib, tuşkunlikka tuşmasin, deb, uni har kuni efirga qöyardi. Uni oğir kunlarida iş bilan band qilib, qayğuni unutişga yordam bergandi.

Diloromxonning televideniyedagi birinçi ustozi Öktam Jobirov edi. Guruh rahbari bölgan bu inson öşa davrda işga kelgan yoşlarning barçasiga ustoz bölgan. Ustozlar efir masʼuliyati, matn öqiş, körsatuvlarni olib boriş, kamtarlikni, odamiylikni ham örgatganlar. Yana ular köp kitob öqişni maslahat berar, muomalada ehtiyotkor va huşyor bölişni tayinlardilar. Bu borada özlari doim namuna bölişardi. Kamtarinlik — ustozlar maktabining asosiy talabi edi.

“Men televideniyega işga kelganimda ön beşinçi suxandon edim, — deya öşa yillarni xotirladi qahramonimiz. — U paytlar diktorlarga talab judayam yuqori bölgan. Ustozlarimizning kiyinişlari, özlarini tutişlari, efir madaniyati va etikasini andoza qilib olardim. Şu tariqa yillar ötib, öz imijimga ega böldim. Efirga kiyadigan liboslarimni özim tikardim. Har bir körsatuv mazmunidan kelib çiqib, libos tanlardim. “Axborot” dasturiga kostyum, sahnaga uzun etakli köylaklar. Imij — kasbimizda muhim. Uni şakllantiriş har bir boşlovçining öziga havola, muhimi, efir talablariga mos bölişi kerak.

Kasbimizning qiyin jihati — bu nafaqat ekranda, balki köça-köyda, mahallada tomoşabinlarimiz nazarida bölişdir. Oilada biz ona, ayol, oddiy uy bekasi edik.

Zuhriddin Dilorom Umarovani teleekran orqali yoqtirib qoladi. Sovçilikka borgan bölğusi qaynona hamkasblaridan iliq fikr eşitadi. Ikki yoşning tolei qöşilib, töy ham ötadi. Öziga oro berib yurgan qiz kelinlik vazifalarini ham binoyidek uddaladi. Dilorom biçiş-tikişning hadisini olgan. Uy-rözğor yumuşlariga saranjom-sarişta. Böş vaqtlarida esa kitob mutolaasi bilan maşğul bölardi.

Qizlari Sevaraxon va Elnoraxonlar ilm yölidan ketdilar. Bugun har ikkisi ham bir etak bolalarning onalari bölib, baxtli hayot keçirmoqda. Afsuski, bu kunlarni köriş dadalariga nasib etmadi.

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibasi, oliy toifali suxandon Dilorom Umarova “Axborot” dasturi, bayram konsertlari, köngiloçar körsatuvlar, turli davlat tadbirlarida suxandonlik qildi. 2009 yilda “Eng yaxşi diktor” eʼtirofiga sazovor böldi. Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼat xodimlari gildiyasi aʼzosi.

“Multipanorama”, “Onalar maktabi”, “Qizlar guldastasi”, “Nafosat”, “Kamolot sirlari”, “Yakşanba oqşomida” singari körsatuvlarga boşlovçilik qilgan Dilorom Umarova özining mehnati, izlanişlari bilan muvaffaqiyatlarga erişdi. Şirali ovozi, oçiq çehrasi hammaga yoqadi. “Oltin fond”ga kiritilgan körsatuvlar, “Özkinoxronika”, “Özbektelefilm”dagi uning ovozi yozilgan önlab kinofilmlar uning ijodiy jarayon va izlanişlari mevasidir.

Öz davrining yulduzi bölgan, bugun ustozlik maqomidagi dilbar ayol Dilorom Umarova yana uzoq yillar hayotlarimiz zarvaraqlariga nur soçib tursin deymiz.

Feruza ORIPOVA,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan