Fidoyilik

Hamişa şunday bölgan: fidoyilar, xalqparvar, haqiqatgöy va halol zotlarning qadr-qimmati, hurmat-eʼtibori öz uyi, qişloği, mahalla-köyida köpinça bilinmaydi. Tinmaydi çumoliday, hali u, hali bu odamning dardu taşvişi bilan çopib yuradi özini, oilasini unutib. Keyin bir qarasa, UMR ötib ketgan böladi va… ortiga qarasa, SAVOB degan daryoga u ham baholi qudrat öz uluşini qöşgani haqida odamlar, beş-begonalar samimiy sözlarni ayta boşlaydi. Şunda…

Şu sözlarni yozyapman-u beixtiyor xayolimga qariyb yarim asrlik qiyomatli döstim, jigarim Röziboy QÖLDOŞEV tuşdi! Uniyam taqdir siylagani yöq, yarim umri kuraşu talotumlarda ötib ketdi. Radioda işlab ming-minglab odamlar könglidan munosib joy oldi. Televideniyeda ham kam bölmadi: eng şov-şuvli, muammoli, xalqçil körsatuvlar tayyorlab, millionlab muxlislar orttirdi.

Oltmişdan oşibam qölidan mikrofon tuşgani yöq, bir oy — 30 kunning 22 kuni safarda ötayotgandir, balki. Qaçon telefon qilsam, “Tirikmisan, jörajon, yöldaman, özim qönğiroq qilaman”, deydi şoşa-pişa.

Nega bu yoruğ sözlarni yozayotganim sababini angladingizmi? Röziboy Qöldoşev qöşni bovurlarimiz, Qozoğiston Respublikasida taʼsis etilgan uluğ bobomiz Ahmad Yassaviy nomidagi medal bilan taqdirlanibdi!

“Turkiy xalqlar tarixi, milliy qadriyatlari va madaniyatini muhim tadqiqotlari bilan örganib, xalqimizga örgatib kelayotgani uçun” degan eʼtirofni öqib… közlarim yoşga töldi!

Muborak bölsin, bunday ehtirom va hurmat uçun qondoşlarimizga ming rahmat!

Norqobil JALIL,

Özbekistonda xizmat

körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan