Özbekiston — BMT Boş Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi taşabbuskori

Iordaniyaning “Ammon News” gazetasi saytida “Özbekiston — BMT: barqaror taraqqiyot yölidagi hamkorlik” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Naşrda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20-24 sentyabr kunlari Nyu-York şahrida bölib ötayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida iştirok etayotgani maʼlum qilingan.

“Özbekiston 1992 yil 2 martda BMTga töla huquqli aʼzo böldi. Bu qadam yoş mustaqil respublika nafaqat barça xalqaro jarayonlarda faol iştirok etişga, balki öz taşqi siyosatini xalqaro huquq va BMT Nizomiga hurmat tamoyillariga asoslaşga tayyor ekanligining asosiy tasdiği böldi. Öşandan beri öttiz yildan köproq vaqt ötdi va şu davr içida Toşkent takliflari xalqaro maydonda keng aks-sado berayotgan faol global taşabbuslardan biriga aylandi”, — deyilgan materialda.

Qayd etilişiça, BMTdagi iştirok Özbekiston mustaqilligini mustahkamlaş, uning suvereniteti xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinişini taʼminlaş, barça davlatlar bilan teng huquqli muloqot uçun zamin yaratişda muhim omil bölyapti. 1993 yilda Toşkentda BMT vakolatxonasining oçilişi hamkorlikning uzoq muddatli xarakterini mustahkamlagan yana bir muhim voqea sifatida tarixga kirdi.

Özbekistonning BMT doirasidagi ustuvor yönalişlari dastlab xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş, zamonaviy çaqiriq va tahdidlarga qarşi kuraşiş, barqaror rivojlanişga kömaklaşiş, ekologik muammolarni hal etişdan iborat. Global ekologik halokatga aylangan Orol dengizi inqiroziga alohida eʼtibor qaratildi.

“Özbekiston Orolböyi böyiça qator taşabbuslarni ilgari surgani bejiz emas, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan qöllab-quvvatlandi. Xususan, 2018 yilda BMT şafeligida Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik asosidagi Trast fondi taşkil etildi”, — deya taʼkidlangan maqolada.

Muallif yozganidek, Özbekiston Prezidenti BMT Boş Assambleyasi sessiyalarida muntazam ravişda nutq sözlaydi. Uning 72-, 75-, 76- va 78-sessiyalardagi nutqlari mintaqaviy xavfsizlik, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, inson huquqlarini himoya qiliş va sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirişga qaratilgan muhim siyosiy bayonotlarga aylandi.

Iordaniya OAV yozganidek, 2018 yildan 2025 yilgaça Özbekiston BMT Boş Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi taşabbuskori böldi. “Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni taʼminlaş böyiça mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş” (2018 yil), “Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qiliş töğrisida” (2021 yil), “Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişni jadallaştirişda parlamentlarning rolini kuçaytiriş töğrisida”gi (2022) va “Örmonlarni östiriş va qayta tiklaş böyiça harakatlar ön yilligi” (2025) rezolyutsiyalari şular jumlasidandir”, — deya urğulagan “Ammon News”.

“Dunyo” AA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan