Yangi Özbekistonning asosiy ustuni
bilim, tafakkur va taʼlim-tarbiya bilan mustahkamlanadi
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu yilning 15 sentyabr kuni “Yangi Özbekiston tayançisiz, aziz ustozlar!” şiori ostida ustoz va murabbiylar bilan oçiq muloqot ötkazgan edi. Uşbu tarixiy muloqot mavzusi mamlakatimizda sönggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga bağişlandi.
Xususan, yurtimizda 2017 yildan buyon taʼlim sohasida röyobga çiqarilayotgan işlar quyidagi raqamlarda ham öz aksini topmoqda. Eʼtibor qilaylik, 2017 yilda maktabgaça taʼlim taşkilotlari soni respublikamizda 5211 tani taşkil etgan bölsa, 2025 yilga kelib, bularning soni 38145 taga yetdi. Maktabgaça taʼlim qamrovi esa 8 yilda 27 foizdan 78 foizga kötarilgani barçamizni mamnun qiladi.
Darhaqiqat, maktab taʼlimi tizimida 2017-2025 yillar oraliğida juda katta işlar amalga oşdi. Maktablar soni 9680 tadan 10193 taga, öquvçilar soni esa 4808059 nafardan 6754813 nafarga oşganligi, nodavlat va notijorat taʼlim muassasalari 30 tadan 705 taga köpayganligi qilingan ulkan işlarning yorqin samarasi, desak, mubolağa bölmaydi. Bu yoruğ islohotlar natijasi jahon miqyosida erişayotgan yutuqlarimizda ham öz aksini topmoqda. Jumladan, xalqaro fan olimpiadalarida öquvçilar 2017 yili 15 ta medalni qölga kiritgan bölsa, 2025 yilga kelib, 195 ta medal olişga muvaffaq bölişdi. Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni 2017 yilda 1457 nafar bölsa, 2025 yilga kelib 33797 nafarga köpaydi.
Mamlakatimizda yangi tizim sifatida joriy etilgan Prezident maktablari 14 tani, ijod maktablari 9 ta, sport maktablari 2 ta, ixtisoslaştirilgan maktablar 144 tani taşkil etib, 200 nafarga yaqin maktab bitiruvçilari dunyoning “TOP-100” reytingidagi oliy öquv yurtlariga grant asosida öqişga qabul qilinganining öziyoq taʼlim-tarbiya tizimidagi ulkan qadamlardan darak beradi.
Şu bilan birga, mamlakatimizda keyingi 8 yilda oliy taʼlim muassasalari soni 77 tadan 202 taga köpayganligi ham yoşlarimizga yaratib berilgan imkoniyatlar kalitidir.
Bulardan taşqari, Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan yangi öquv yilidan boşlab taʼlim tizimida bir qator yangiliklar joriy etildi. Umumiy örta taʼlim taşkilotlarida maktab maslahatçisi lavozimi joriy qilinadigan böldi. Ularning asosiy vazifalari umumiy örta taʼlim taşkilotlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi mazmunini yoritiş, unda nazarda tutilgan ğoya va maqsadlarni öquvçilar örtasida keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlarni yölga qöyiş, umumtaʼlim taşkilotlarida “Kelajak” markazlarining tarmoq tögaraklari faoliyatini tizimli taşkil etişdan iborat böladi. Ular 7-sinfdan boşlab öquvçilarning fanlarni özlaştirişi va kasbiy qiziqişi böyiça saralab olib, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yönaltirişga hissa qöşadilar. Endilikda 10-sinfga ötib, maktabda öqişini davom ettirişni xohlamaydigan öquvçilar taʼlimni texnikumlarda davom ettirişi mumkin böladi. Şu tariqa yoşlar maʼlum mutaxassisliklarni egallaydilar. Bu yildan boşlab 11-sinfni bitirib, oliy taʼlim öçoqlariga kira olmagan 200 ming nafar yoş yigit-qizlar ham ana şunday texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga öqitiladi.
Oçiq muloqotda quyidagi taşabbuslar ham ilgari surildi:
– yangi öquv yilidan örta maxsus maʼlumotli tarbiyaçilar uçun 5 kun işlab, 1 kun öqiydigan bakalavr taʼlim şakli joriy qilinadi. Bu orqali boğçalarga har yili qariyb 10 ming oliy maʼlumotli mutaxassis kirib keladi;
– Prezident maktablari singari, kelasi yili har bir viloyatda “Yangi avlod” boğçalari taşkil qilinib, ularda tarbiyaçilarga ilğor pedagogik texnologiyalar örgatiladi;
– yangi öquv yilidan boşlab maktab davrida öquvçilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy taʼlimga yönaltiriş uçun 9- va 11-sinf öquvçilari uçun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Şu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvçilari texnikumlarga qamrab olinadi;
– öqişni maktabda davom ettirib, oliy taʼlim maskanlariga kiriş istagida bölgan yoşlarga fanlar tanlov asosida çuqurlaştirib ötiladi;
– xorijiy til va fanlar böyiça xalqaro sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi.
Şuningdek, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev pedagoglarni yanada qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi taşabbuslarni ham ilgari surdilar:
– yangi yildan boşlab kamida 15 yil stajga ega bölgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi;
– kelgusi öquv yilida davlat oliy bilimgohlariga öqişga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz çegirma beriladi;
– öqituvçilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qöllaşi uçun kompyuter xaridiga 10 million sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi;
– kelasi yildan pedagoglar uçun davlat xizmatlari tölovi 2 karra kamaytiriladi;
– fan öqituvçilari kabi boşlanğiç taʼlim öqituvçilari uçun ham milliy sertifikat beriş tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama tölanadi;
– bakalavr bosqiçini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga işga kirganlarga avtomatik ravişda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
– dunyodagi TOP-300 talik oliy bilimgohlarga öqişga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargaça imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;
– reytingda 100 talikka kirgan maktab va boğça, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliy bilimgoh pedagoglariga yiliga bir marta Özbekiston böylab sayohat qiliş uçun samolyot va poyezdlar çipta narxlariga 15-20 foiz çegirma beriladi.
Yuqoridagi imtiyozlar bilan birga Prezidentimiz ustoz va murabbiylardan mamlakatimiz kelajagi bölgan yoşlarni har tomonlama barkamol şaxslar etib tarbiyalaşlari lozimligini, buning uçun davlat ham, Prezident ham ustozlarni doimo qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Oybek RÖZIYEV,
Denov tadbirkorlik va
pedagogika instituti
rektori.
