Li Çan U: Özbekiston jahon tarixida alohida örin tutadigan davlatga aylanmoqda

Özbekistonning Janubiy Koreyadagi elçixonasi tomonidan Tejon şahrining strategik ahamiyat, fan va texnologiya sohasidagi yutuqlari, Özbekiston bilan hamkorlik istiqbollari, taʼlim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va almaşinuvlar haqida şahar hokimi Li Çan U bilan “Dunyo” axborot agentligi muxbiri suhbatlaşdi.

– Tejon katta şahar, uning Janubiy Koreyadagi strategik mavqei va iqtisodiy salohiyati haqida qisqaça töxtalib ötsangiz?

–  Tejon Janubiy Koreyadagi fan va texnologiyalar markazi sanalgani uçun köpinça “Fan poytaxti” deb ataladi. Hukumat tomonidan moliyalaştiriladigan 27 tadqiqot instituti Tejonda joylaşgan. U Koreyaning elektronika, telekommunikatsiya, biotexnologiya va milliy mudofaa sanoati kabi asosiy sohalarni tadqiq qiluvçi institutlarni öz içiga oladi, magistr va doktorlik darajasiga ega taxminan 30 ming nafar tadqiqotçi işlaydi.

Şuningdek, Tejonda yarimötkazgiçlar va batareyalardan tortib, sunʼiy yöldoşlar, robototexnika, kvant hisoblaş va yadroviy sintez energiyasigaça bölgan turli xil tadqiqotlar markazi mavjud. Şu bois şahrimizni “Janubiy Koreyaning miyasi” deb ataş mumkin.

– Sizlardagi fan, texnologiya va taʼlim sohasidagi asosiy yutuqlar omili nimada?

–  Aytişim kerakki, Tejon Jahon intellektual mulk taşkiloti – “WIPO” tomonidan dunyo darajasidagi fan va texnologiya şahri sifatida tan olingan. 2024 yil holatiga köra, fan va texnologiya intensivligi böyiça Osiyoda birinçi, dunyoda yettinçi örinda turadi. Yurtimizning kelajakdagi ösiş mexanizmlari böyiça tadqiqotlar şahrimizda davom etmoqda. Yaqindan beri kvant hisoblaş bilan boğliq asosiy tadqiqot institutlari Tejonda keng kölamli tadqiqotlar olib bormoqda. Mudofaa sanoatida ham sezilarli darajada ösişni boşdan keçirmoqda va bu sohada asosiy tadqiqot institutlari şu yerda joylaşgan.

Keyingi 10 yil içida Tejon mamlakatimizning eng boy şahriga aylanişi kutilmoqda. Şahrimiz oltita strategik sohaga ega: aerokosmik, biosoğliqni saqlaş, yarimötkazgiç, mudofaa, kvant va robototexnika. Uşbu strategik sohalar tez ösişni boşdan keçirmoqda va Tejon kelajakdagi ösiş mexanizmiga yetakçilik qilişi kutilmoqda.

Tejonda 29 ta biokompaniya röyxatga olingan va şahar Koreya biosanoatida muhim rol öynaydi. Şahar uşbu innovatsion texnologiyalardan foydalanib, startaplar va yetakçi kompaniyalarga aylana oladigan isteʼdodlarni rivojlantirişga turtki bermoqda.

– 2025 yil oktyabr oyida Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirgan edingiz, ammo u turli sabablarga köra bekor qilinibdi. Tejon va Özbekiston örtasida hududlararo almaşinuv va hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça qanday rejalar mavjud?

– Yaxşi bilamizki, Özbekiston Markaziy Osiyodagi yetakçi davlat. Janubiy Koreya va Özbekiston örtasidagi döstona va hamkorlik munosabatlari yil sayin rivojlanib bormoqda. Özbekistonda taxminan 170 ming koreys millatiga mansub aholi yaşaydi. Bu raqamlar munosabatlarimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

2022 yilda Sirdaryo viloyati hokimi Tejonga taşrif buyurgan edi. Öşa paytda köplab ahamiyatli kelişuvlarga erişilgan. Biz ham şu yil oktyabr oyida Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirgan edik. Biroq jadvaldagi tiğiz vaqt tufayli taşrif amalga oşmay qoldi. Men doim keraksiz taşriflardan köra, amaliy, maqsadli çora-tadbirlarni afzal bilaman. Kelgusi yil imkoniyat bölişi bilan, albatta, yurtingizga taşrif buyuramiz.

– Tejondagi oliy taʼlim muassasalari özbek talaba yoşlariga qanday imkoniyatlarni taklif qiladi?

– Hozirda Tejondagi universitetlarda taxminan 13 yarim mingga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda. Şundan 420 nafari özbekistonlik. Bu talabalarning Tejonda tadqiqot olib borişi, magistr va doktorlik darajalarini olişi uçun barça şart-şaroit yaratilgan. Hatto iş faoliyatini yölga qöyişi uçun ham imkoniyatlar mavjud.

– Kelajakda ikki mamlakat örtasida yoşlar va madaniy almaşinuv dasturlarini joriy etiş böyiça fikringiz qanday?

– Avvalo, birodar va döst şaharlar örtasidagi hamkorlik juda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidlaşim kerak. Men madaniyat, sanʼat va sportning barça sohalarida almaşinuvlarni rivojlantiriş tarafdoriman. Tejon şahrida simfonik orkestr, raqs ansambli va xori, anʼanaviy musiqa guruhlari, umuman, turli xil sanʼat yönalişida markazlar faoliyat yuritadi. Muntazam ravişda madaniyat va sanʼat böyiça xalqaro tadbirlar ötkazilib kelinadi. Masalan, Tejon “Midnight” xalqaro festivalida Özbekiston sanʼat namoyandalari ham iştirok etişi mumkin.

Sönggi yillarda Özbekiston Prezidentining faol va uzoqni közlagan mintaqaviy siyosati tufayli nafaqat özaro işonçni mustahkamlaşga, balki mintaqa rivojiga tösqinlik qilayotgan köp yillik kelişmovçiliklarga barham berişga muvaffaq bölindi. Aynan Maslahat uçraşuvlari formatidagi muloqot davomida bahsli masalalarni, şu jumladan, davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş bilan boğliq masalalarni hal qiliş uçun asoslar yaratilgani alohida eʼtiborga loyiq.

Toşkent şahrida ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida Ozarbayjonning ham sammitga qöşilganini eşitdim. Bu mintaqaning diplomatik imkoniyatlarini yanada oşirişga zamin yaratadi. Özbekiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Janubi-Şarqiy Osiyo va Şimoli-Şarqiy Osiyoda ham köplab mamlakatlar bilan aloqalarda muhim öringa ega.

Özbekiston Markaziy Osiyodan taşqariga çiqib, jahon tarixida alohida örin tutadigan davlatga aylanmoqda.

“Dunyo” AA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan