Nega haşarning misi çiqdi?
Andijon yana “sahna”da. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-maktab direktori Z.Mamajonova joriy yilning 2 avgust kuni öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilganligi haqidagi voqea şov-şuv bölib ketdi. Aytişlariça, maktab direktori qaysi öqituvçi haşarga kelib, maktabni taʼmirlaşga hissa qöşmasa, dars soatlari ajratilmasligi bilan tahdid qiladi.
Viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi uşbu holatga tezkorlik bilan baho berib, direktor tomonidan yetarliça nazorat örnatilmaganligi sababli u lavozimidan böşatilganligini bildirdi. Uşbu holat böyiça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2025 yil 4 avgust kuni örganiş ötkazilib, faktlar tasdiğini topganligini maʼlum qildi. Maktab direktori Z.Mamajonova “Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Bugun bu jarima miqdori 41 million 200 ming sömni taşkil etadi. Marhamatda maktab rahbari Özbekistonda majburiy mehnat taqiqlanganini unutgan yo bölmasa, qonunni nazar-pisand qilmagan. Oqibati qanday bölişini kördi. Ammo endi keç böldi.
Öqituvçilarni video-tasvirga tuşirgan ayol qilayotgan işidan xafaga öxşamaydi. Andijonlik ayollar majburiy mehnatga jalb qilinganidan norozi bölib, dod-voy ham solayotgani yöq. Göyo topşiriqni bajonidil bajarayotgandek. “Boringizga şukur, sizdek öqituvçilar köpaysin” deb lutf qilmoqda. Oş tayyor deb dugonalarini ruhlantirmoqda. “Haşarga kelmaganlar sizlardan ortsa, keyin dars soati olişadi”, deb kinoya ham qiladi. Işlayotganlarning deyarli hammasi ayollar. Bir erkak çekkada ğödayib turibdi. Ammo masalaning muhim bir tomoni kişini taşvişlantiradi.
Ayol direktor uyalmay ayol muallimlarga zulm qilgan.
Töğrisi, keyingi paytda Andijon viloyatida falonçi pora bilan qölga tuşibdi, falonçi falonçini uyat sözlar bilan haqorat qilibdi, degan xabarlar tez-tez sodir bölmoqda. Har jabhada bayroqdor bölib yurgan Andijon ahli uçun Marhamatdagi holat navbatdagi köngilsiz voqea emasmi?
Bu qonunbuzarlik maktabgaça va maktab taʼlimi tizimidagi özibölarçilik kayfiyatida yurgan rahbarlarga saboq bölarmikan?
Şu örinda bir mulohaza. Haşar degan odatlarimiz hamişa eʼzozlangan, azaldan bölgan. Kimningdir uyini qurib berişga kömaklaşiş yoki mahalladagi yumuşlarga, obodonçilikka boş qöşiş deymizmi? Aslida maktabning obodonçiligi ham şaxsiy iş emas. Maktab direktori öqituvçilarni özining şaxsiy işiga yoki öz uyini taʼmirlaşga qöl ostidagilarni majbur qilmagan. Ammo nima uçun unda bu “haşar” tanqidga uçradi, taʼlim maskani rahbari jazolandi?
Bizningça, hamma gap munosabatda, işni qanday olib borişda. Çunki haşar heç qaçon majburiy ravişda bölmagan, heç kim har qanday savobli iş bölsin, haşar bölsin döq-pöpisa bilan amalga oşirilmagan. Aksinça, odamlar köngliga yöl topilgan. “Agar falon işni qilmasang, körasan!” qabilida emas. Şuning uçun Marhamatdagi “haşar”ning misi çiqdi.
Gavhar DILMURODOVA,
jurnalist.
