Halol mehnat qadrlanishi kerak

Bayram kunlari xodimlarni moddiy rag'batlantirishning butunlay yo'qligi jamoani yanada tushkunlikka solmoqda. Chunki ishonchni mustahkamlaydigan, odamga dalda beradigan aynan mana shunday e'tibor bo'lishi kerak.

Shu bilan birga, bayram kunlari xodimlar uchun eng oddiy moddiy rag'batlantirish ham amalga oshirilmaydi. Bunday ikki tomonlama yondashuv jamoa o'rtasida adolatga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytirmoqda.

Markaziy boshqaruv xodimlari barchasi har bayramda mukofot puli oladi, quyi tizimdagi xodimlar esa faqat kutish va umid qilishdan boshqa choraga ega emas. Bu amaliyot jamoada tushkun kayfiyat uyg'otmoqda.

Shu sababli, ushbu masalani jiddiy ko'rib chiqib, sud tizimida ishlab faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga aniq va ravshan tushuntirish berilishi kerak. Adolatning ta'minlanishi — rahbariyat tomonidan boshlanishi kerak.

Xodim har doim mas'uliyat, intizom, sadoqat bilan ishlaydi, biroq uning bayramdagi mehnatini e'tirof etish tizimda yo'lga qo'yilmagan.

Xodim oyligi hisobidan to'laydigan pulini tejashga majbur bo'ladi. Natijada esa majburiy topshiriqlarni bajarishda o'zining emas, boshqa manfaatdor shaxslarning yordamini izlashga majbur bo'lib qoladi. Bu esa rahbariyatning o'zi aytib kelayotgan korrupsiyani chetlab o'tmasdan, aksincha, uni chuqurlashtiradi.

Biroq amalda buning aksi kuzatilmoqda: rahbariyat tomonidan faqat talab qo'yiladi, lekin xodimning mehnati, uning moddiy ahvoli yoki bayramdagi kayfiyati bilan hech kim qiziqmayapti.

Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida sud tizimida ishlovchi xodimlarga hali kartoshka puli tugul, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan xodimlarga moddiy rag'batlantirish pullari ham berilmadi. Rostini aytganda, ushbu siyosat davom etsa, xodimdan halol mehnat, sadoqat va yuqori samaradorlik kutishning o'zi mantiqsiz.

Manba: platforma.uz.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × 4 =