Yangi yil arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxi asossiz oşirilişining oldi olinadi

Raqobat qömitasi yirik savdo tarmoqlarini Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlaş muhimligi töğrisida ogohlantirdi.

Maʼlum qilinişiça, qömita tomonidan Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oşadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlaş böyiça çakana savdo tarmoqlariga (“Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”) yetkazib beruvçi korxonalar tomonidan narxlarni özgartirişi, logistika xarajatlari va boşqa narxning oşişiga olib kelişi mumkin bölgan omillar töğrisida qömitani tezkor xabardor qilib boriş hamda yetkazib beruvçilarni narxlarni asossiz oşirişga yöl qöymaslik yuzasidan ogohlantirib borişlari böyiça körsatmalar yuborildi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari — aholi isteʼmolining asosiy ratsionini taşkil qiladigan, ular böyiça içki bozorda talab va takliflarning mavsumiy hamda boşqa keskin özgarişlari kuzatiladigan oziq-ovqat mahsulotlaridir.

Bularga, birinçi navbatda, göşt (mol göşti, qöy göşti, parranda göşti), ösimlik va hayvon yoği, şakar, ğalla, un, kartoşka, sabzi, boşpiyoz va röyxati Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan boşqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.

Bundan avval Raqobat qömitasi tadbirkorlarni yangi yil arafasida çegirmalar va aksiyalar ötkaziş qoidalariga rioya qilişlari zarurligi haqida ogohlantirgandi.

Manba: daryo.uz naşri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan