Puşaymonlik jazodan qutqarib qolmaydi

Özbek sömini yoqib, olovida tamaki tutatgan xorijlik işçilar maʼmuriy jazoga tortildi

Özbek sömini yoqqan xorijlik fuqarolar topilib, maʼmuriy jazoga tortildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosov xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Sirdaryo viloyati içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşbu harakatni sodir etgan işçilar aniqlanib, ular bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan. Voqea yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş yoki tarqatiş) bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga yuborilgan.

JIB Sirdaryo tuman sudi qarori bilan aybdorlarning har biri BHMning 100 baravari, yaʼni 41 mln 200 ming sömdan jarima jazosiga tortilgan.

“23 dekabrda Özbekiston valyutasini olib, yoqdik. Qilgan işim notöğri ekanini anglab yetdim. Özbekiston xalqidan uzr sörayman. Qilgan işimdan puşaymonman”, degan huquqbuzarlardan biri.

Şuningdek, iş beruvçi tomonidan uşbu şaxslar bilan mehnat şartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.

Manba: kun.uz

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan