red alert Icon
Davlatning asosiy “OAuth” autentifikatsiya serveri buzilişi oqibatida Hukumat tizimlaridan kamida 15 million Özbekiston fuqarosining şaxsiy maʼlumotlari darknetga çiqib ketgani aytilmoqda.
Şuningdek, fuqarolarning tibbiy maʼlumotlari saqlangan Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) tizimi ham töliq buzilgan. Içki işlar organlariga tegişli şaxsiy maʼlumotlarning tarqalişi ham elektron hukumat “OAuth” serveri buzilgani bilan boğliq bölişi mumkin.
Yaʼni, oddiy pasport maʼlumotlaridan tortib, iş joyi va tibbiy tarixgaça bölgan maxfiy axborotlar xakerlar qöliga tuşgani taxmin qilinmoqda.
* * *
Nomingizga kredit olişni çeklab qöying
15 million kişining şaxsiy maʼlumotlari tarqab ketgani haqidagi bugungi xabarlar fonida tavsiya: nomingizga kredit olişni çeklab qöying. Buni nafaqat özingiz uçun, balki ota-onangiz va yoşi kattaroq boşqa oila aʼzolaringiz uçun ham amalga oşiring.
Buning uçun nima qiliş kerak?
my.gov.uz portalida «Kredit bitimini tuzişga taqiq qöyiş yoki taqiqni olib taşlaş (https://my.gov.uz/uz/service/1242)» xizmati bor, öşa xizmatni faollaştiring.
Bu nima degani?
Siz nomingizga kredit rasmiylaştirilişiga taqiq qöyasiz. Kredit taşkilotlari esa qarz berişdan oldin, fuqaro öziga kredit ajratilişiga taqiq qöyganmi-yöqmi, tekşirişga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi.
Mazkur xizmatdan foydalaniş bepul va juda oson.
Maʼlumot uçun: “Yoqilgan” statusi — kredit olişga taqiq örnatilgan degani; “Öçirilgan” statusi — taqiq yöq degani.
* * *
Kreditga taqiq qöyiş yetarli emas, “OneID” va “MyGov” parollarini almaştiriş hamda ikki bosqiçli himoyani yoqişni ham maslahat berişyapti.
Agar yovuz niyatli şaxs (xaker) “OneID”ga dostup olgan bölsa, u “MyGov” şaxsiy kabinetiga kirib, kreditga qöyilgan çeklovni bekor qilişi mumkin.
Şuning uçun eng töğri yöl — “OneID” va “MyGov” parollarini almaştiriş, ikki bosqiçli himoyani yoqiş va tasdiq kodlarini heç kimga bermaslikdir. Token sizib çiqqan holatlarda esa, barça “refresh” tokenlarni bekor qiliş, barça faol sessiyalarni yakunlaş va parolni almaştiriş tavsiya etiladi.
Faqat çeklov qöyiş bilan çeklanmang — akkaunt xavfsizligini taʼminlang.
* * *
Kiberhujum bölgani va maʼlumotlar taşqariga çiqqanligi rasman tan olindi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi eski maʼlumotlar bazasiga kiberhujum uyuştirilganini tasdiqladi. Maʼlumotlarga köra, agentlikka tegişli eski maʼlumotlar bazasiga kiberhujum uyuştirilgan, ayni paytda neçta fuqaroning amaldagi maʼlumotlari tarqalganini aniqlaş işlari olib borilmoqda.
Şuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligida fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari sizib çiqişi yuzasidan tezkor ştab taşkil etilgan, hozirda holat mutaxassislar tomonidan örganilmoqda.
Manba: platforma.uz
