Hukumat uchun og'riqli savol

Amaldorlar va ularning oilalari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilish tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, ammo qariyb 4 yildan beri ortga surib kelinyapti.

Soliq qo'mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mutasaddilar mazkur tizimni ishga tushirish haqida qayg'urmayotgan ko'rinadi. Yoki agentlikning kuchi yetmayapti.

2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o'rinbosarlari, ularning turmush o'rtog'i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi kerak edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi daromad va mulkni deklaratsiyalash to'g'risidagi qonun loyihasini 2021 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritgan. Biroq hukumat hujjatni hozirgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgani yo'q.

Agentlikning ma'lum qilishicha, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi allaqachon tayyor bo'lgan, 2023 yildan buyon Bojxona qo'mitasida sinov tariqasida ishlatilmoqda. Qonun loyihasining o'zi esa hamon hukumatda va shaxsiy ma'lumotlarni ochiqlash bilan bog'liq qismi takomillashtirilmoqda.

Soliq qo'mitasiga chiqsang, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida deyishadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan so'rasak, hukumat o'tkazmayotganini aytishadi. Hukumatdan so'rasak, Soliq qo'mitasi ishni chala tashlab qo'yganini bahona qiladi.

Xullas, san solar, man solar, otga yemni kim solar?

Ishonchsiz “Ishonch telefoni”

Energetika vazirligining ishonch telefon raqami ishlamayotgani haqida murojaat qilishmoqda.

Aslida vazirlikdagilar qishda uyquga ketishadi.  Bahor kelib, kunlar isiganda uyg'onishib, yana matal to'qishni boshlaydilar.

Manba: platforma.uz

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × 2 =