Ezgulikka intilib…

Nok tusagan köngil

 Otasi tongga yaqin közini oçdi. Xayriyat, yaxşi tomonga özgariş. Uç kundirki, farzandlar yiğilgan, heç kimning tinçi yöq, padari buzrukvori ölim bilan olişmoqda. Qarilik davosi yöq kasallik, agar qöşimça dard bezovta qilsa, bunisi ortiqça. “Ana uziladi, mana uziladi” deb aka-uka, opa-singillar keça-kunduz “navbatçi”. Xudoning rahmi keldi, şekilli, otasi bugun sal önglandi. Qarşiboy aka u kişining ahvoli-ruhiyasiga qarab, kayfiyati kötarildi.

— Bolam, beri kel, – otasi tovuşi çiqar-çiqmas ohangda öğlini yoniga çaqirdi. — Nok yegim keldi, ilikuzildi payt, bilmadim, bozorda bormi-yöqmi…

— Topsa böladi, ota, nok köp-ku.

Balki, köngli tusayotgan mevani yesa, otasi oyoqqa turib ketar, Allohning möʼjizalari köp. Axir qon bosimi kötarilib, meʼyorlaşsa, qançadan-qança odamlar yaşab ketadi-ku.

Qarşiboy aka avval Jarqörğon bozoriga tuşdi. Rastada nok körmadi, anqoning uruği, meva sotayotganlardan söradi, yelka qisişdi. Balki Qumqörğon bozoridan topsa bölar.

— Niyatim xolis ekan. Otam rahmatlining istagini bajo aylaş uçun narxi qimmat bölsa ham ikki kilo nok xarid qildim, – deb eslaydi Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida istiqomat qiluvçi otaxon Qarşiboy Jangirov. — Xuddi xazina topgan kişidek uyga halloslab qaytdim. Otamning ikki közi şift uzra qadalgan, yuz-közida sölğinlik, hayot nişonasini jonlantiriş uçun nokdan bir donasini yuvib, qöliga tutdim. Yuziga tabassum yoyildi: “Topib kelibsan-da, bolam, umringdan baraka top. Odam u dunyoga ketar oldidan nimanidir köngli tusar ekan-da. Alloh sendan rozi bölsin!” Mening közimga yoş keldi. Sira xayolimdan ketmaydi. Otam nokni qöliga olib, u yoq-bu yoğini aylantirib kördi. Pöstloği sarğiş-qizğiş meva “meni ye” degandek yal-yal yonardi. Bemor otam kuç töpladi-da, mevadan bir tişladi, uning şarbati dahani uzra oqib tuşdi, oxirigaça amallab tanovul qildi. Yengil tortdim va nokdan yana bir donasini uzatdim. Ammo u kişi boşini çayqadi. Keçga yaqin otamning joni uzildi… Bir dona nok edimi, u kişining köngli tusagani ezilib-ezilib, tökilib-tökilib yiğladim. Sönggi manzilga ketar çoğda otamning duosini olib qolganim menga taskin beradi.

Dilda armon bölmasin, agar afsus-nadomat örtasa, har bandaki öz hayotidan köngli tölmay yaşaydi. Alloh taoloning roziligi birinçi örinda tursa, ota-ona duosini oliş, ularni hayotlik çoğida siylaş, hurmat-ehtirom körsatiş har bir insonni baxtu saodat manziliga yetkazadi, bu bor gap, azaliy haqiqat.

“Heç kimdan kam bölmasin!” debman-u…

1990-95 yillar edi, yanglişmasam, hozirgidek ijtimoiy tarmoqlar jamiyat hayotini işğol etmagan, odamlar televizor körib, radio eşitadigan zamonlar. Özbekiston televideniyesi orqali “Toyçoq” videospektakli namoyiş etildi. Boş rollarni el nazariga tuşgan Lutfulla Saʼdullayev va Gulçehra Saʼdullayeva, Fathulla Masʼudov kabi aktyorlar öynaşgan edi. Teleasar ğoyasi, syujeti farzand tarbiyasida qattiq yanglişgan ota-onaning afsus-nadomatiga bağişlangan. Bolaning oğzidan çiqqanini muhayyo qiliş, unga haddan ziyod mehribonlik körsatiş, qiynalmasligi uçun ota-onaning özini ötga-çöqqa urişi köp hollarda tanazzulga olib kelişi “Toyçoq” videospektakli mazmuniga çuqur singdirilgan. Ehtimol, qadamini notöğri taşlab, barmoğini tişlab ötirgan zamondoşlarimiz spektaklda öz qiyofasini körişgandir. Farzand tarbiyasida xatolikka yöl qöyganini anglab, endi ularni “qayirib” ololmayotganlar oramizda yöq deysizmi?

— Turmuş örtoğim bilan oilaviy mojarolarimiz juda kuçayib ketdi, piçoq borib suyakka qadaldi-yu, ajraşdik, – dedi Toşkent şahrida yaşovçi beva ayol. — Ikki qiz, ikki öğlimni birovdan kam qilmay, qornini töq qilib, egniga brend darajasiga çiqqan qimmat kiyim-keçak ilibman. Otasi yöq, köngli öksimasin, tengqurlari oldida mulzam bölmasin, deb topganimni ularning oğziga tiqibman. Afsuski, ularni boriga şukur, yöğiga qanoat qilişga örgatmabman. Kunda yegan oç, oyda yegan töq bölarkan, rözğorda nimadir uziliş bölib qolsa, endi dodlab yuborişadi. Endi törtovlonni yölga sololmayapman. Nafaqat menga, hattoki ular bir-biriga sapçiydi. Rözğor işlari sansalor, tun yarmiga qadar telefon titkilaş… Xullas, taqdir meni ne köylarga solmadi…

Taniş ayol yiğlamsirab sözlaydi. Unga qanday taskin-tasalli berişni bilmaysan, kişi. Bu yuqorida zikr etilgan “Toyçoq” videospektakli mazmuniga mos voqelik. Ota-onani rozi qiliş savob ekanligini bilamiz-u, baʼzida teskari holatning röy berişiga ularning özlari ham sababçi bölib qolişi haqida öylab köravermaymiz. Qariyalar uyida istiqomat qilayotgan nuroniylar hayotini tahlil qilsangiz, bunga aynan ularning özlari şart-şaroit yaratganini armon bilan tan olişadi. Xom sut emgan bandalar ğişt qolipdan köçgan paytdagina puşaymon çekadilar. Bunday xatolikdan Allohning Özi qaytarsin, Özi asrasin!

Islom dinidagi muhim ğoya

Muqaddas islom dini ota-onaga itoatda böliş, izzat-hurmat körsatiş va ularning roziligini olişni tarğib qiladi. Qurʼoni karimning “Niso” surasi 36-oyatida “Va Allohga ibodat qiling, Unga heç narsani şirk keltirmang va ota-onangizga yaxşilik qiling”, deya marhamat qilinadi.

Darhaqiqat, muqaddas islom dini oilaning har bir aʼzosi uçun u loyiq bölgan maqom va darajani belgilab bergan. Oilada eng qadrlanişi lozim bölgan zot bu ota-onadir. Insonning dunyoga kelişi Alloh taoloning ğaybi va marhamati bölsa, ota-ona zohiriy sababçi ekanligi barçaga ayon. Çortoq tumanidagi “Sulton Said” jome masjidi imom-xatibi Lutfulloh Davlatovning mulohazasini keltirib ötamiz:

— Har bandaning ota-onasiga yaxşilik qilişi ezgulikdan nişona. Bu heç qaçon ularga qarşi çiqmaslik, xizmatlaridan böyin tovlamaslik bilan ölçanadi. Donişmandlardan biri “Ota-onaga yaxşilik qiliş ham farz, ham qarzdir. Farzligi seni oxiratda Alloh rizosi va jannatga kirişingga sabab bölsa, qarzligi senga farzandlaringdan qaytişidir”, degan ekan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam matni uzun bir hadisning oxirida aytganlar: “Meni haq bilan payğambar qilib yuborgan Zotga qasam. Kimga Alloh taolo mol ato etsa, bu molidan u ota-onasiga ehson bersa, jannatda men bilan birga böladi”. Bir kişi: “Yo Rasulalloh, agar ota-onasi dunyodan ötib ketgan bölsa-çi?” deb söradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ularning nomidan sadaqa qiladi, Qurʼon öqiydi va haqlariga duo qiladi. Agar bularni tark qilsa, ularga oq böladi. Kim ularga oq bölsa, osiy bölibdi”, deb javob berdilar. Ulamolardan biri: “Ota-onang senga malol kelişidan xavfsirab, senga xuşomad qilib muloyimroq sözlaşayotgan bölişsa, bilginki, sen ularga oq bölişni boşlabsan”, degan ekan.

Ota-onaga yaxşilik qiliş buyuk Alloh taolo tarafidan amr-farmon qilingan bölişiga qaramay, bu boradagi holatimiz juda açinarli. Baʼzilar dunyo taşvişlari yoki farzandlari bilan ovora bölib, ota-onasidan köngil söraşga, xizmatlarini qilib, bebaho duolarini olişga befarq, ertaga, indinga deb, ular bilan diydorlaşuvni orqaga suradilar. Bilib olişimiz lozim bölgan bir haqiqat borki, ­dunyoviy işlarimiz köp, çeki-çegarasi yöq, lekin ota ham, ona ham omonat. Işni, şaxsiy taşvişlarni biroz keyinga sursak böladi, lekin ota-onaga ğamxörlik körsatişda keçikmaslik eng katta savob, çunki ular ğanimat, bugun bor, ertaga bölmasligi mumkin.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan uşbu sözlarni eşitdim: “Xor bölsin! Xor bölsin! Xor bölsin!”. “Kim u, yo Rasulalloh”, deb söraşdi. “Kim ota-onasining birini yoki ikkalasini qarilik çoğida topib, ularga yaxşilik qilib jannatiy bölib olmagan bölsa”, dedilar. Qarangki, payğambarimiz yaşab ötgan damlarda ham ota-ona haqqi, hurmati baland tutilgan. Demak, ota-onalarimizni hayotlik çoğida ğanimat bilib, xizmatini qilsak, duosini olsak, vafotidan keyin tilovatimiz va savob amallarimiz bilan doimo yod etib tursak, ikki dunyo saodatiga erişamiz, inşoolloh!

Hulkar TÖYMANOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist,

I darajali “Mehnat faxriysi”.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan