Eri bor yolğiz ayol…
U yoşligidan gözal, şöx şaddod, sarvqomat qiz edi. Uni körgan nafaqat yigitlar balki qizlarning ham suqi kirardi. Qişloqning yarmi unga oşiq bölib, uzzu-kun yölini poylaşardi. Taqdir taqozosi bilan özi yaxşi bilgan bölsa-da, xohlamagan insoniga ota-onaning qistovi bilan turmuşga çiqdi. Ikki nafar qiz farzandli böldi. Turmuş örtoği ayrim sabablarga köra xorijga işlaşga ketdi. Bu vaqtda u 20 yoşda edi. Oradan oylar, yillar ötaverdi, qizlar böy çözaverdi.
U turmuş örtoğini faqatgina telefon orqali körar, qizlar ham otasi bilan şu taxlit suhbatlaşar edi. Oila har jihatdan tökis hayot keçirsa-da, soğinç va muştoqlik ularning yurak bağrini yaralardi.
Turmuş örtoği ketgan vaqtda 20 yoşda bölgan navjuvon hozir 45 yoşda.
Suhbat asno avvalgi şaddodlikdan asar yöq. Közlarda mung, qalbda dard, alam, yurakda ğam mujassamligi yaqqol sezilib turadi. Şunça yil turmuş örtoğining yöliga köz tikib, qizlarni oq yuvib, oq tarab, mehr bilan parvariş qildi.
Öylab qoladi kişi baʼzi ayollarimiz eri yonida böla turib, xiyonat köçasiga kirib ketadilar. Bizning qahramonimiz esa bunday işdan hazar qildi. Or-nomusni birinçi qöydi. Turmuş örtoğining, farzandlarining, ota-ona, aka-uka, singillarining yuziga oyoq qöymadi. Bunday taqdirga sabab bölgan ota-onadan yozğirmadi. Şunday bölişi kerak ekan demak şunday qabilida tuşundi.
Eri uruşga ketib, qaytişini ölgunça kutgan momolarimiz haqida eşitganimizda bunday onalarning sabr, bardoşiga qoyil qolardik. Buni boşidan ötkazgan, tanasida his qilgan ayollargina tuşuna olişadi. Tasavvur qiling turmuş örtoği bor, lekin u… uyda yöq.
Zamonaviy dunyoda bu kabi ayollarning borligi kimlargadir eriş tuyular. Biroq or-nomusni hamişa birlamçi poğonaga qöygan ayollarning borligidan har qança faxrlansak, ğururlansak arziydi. Millat barhayotligi boşqa xalqlar orasida martabasi şu kabi ayollarimiz qanoatidan yuz hissa oşadi. Bunday ayollar oldida har qança boş egsak, taʼzim qilsak oz.
U hamon tökis oila bölib yaşaş ilinjida…
(Suhbatdoşimiz ism şarifini oşkor etilmasligini xohladi. Göyoki bu qilayotgan iş ham minnat bölib qoladigandek. Uning bu jafokaşligi oilaviy ajrimlar köpayayotgan jamiyatimizda, turmuş örtoqlari xorijga işga ketgan ayrim oilalarga, ayrim ayollarimizga saboq bölsin)!
Şu örinda tirikçilik, turmuş taşvişlari deya öz oilasini 10 yillab taşlab ketgan, ön yil emas, hatto yigirma yilda ham bir marta oilasi bağriga kelib-ketmagan erkak-çi, ota-çi, u haqda nima deyiş mumkin?
Keling, bu haqda navbatdagi maqolamizda…
Bahrom BOYMURODOV
