Özbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlaş töğrisida

Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlaş, ularning ezgu orzu-intilişlarini qöllab-quvvatlaş hamda özining iqtidori, muhim ğoya va taşabbuslari, ibratli amaliy işlari va erişgan yutuqlari bilan yoşlarga örnak bölib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi özgarişlar jarayonida faol iştirok etib, yurtimiz ravnaqi yölida bor kuç-ğayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rağbatlantiriş maqsadida:

  1. Oila va xotin-qizlar qömitasi huzuridagi ­Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining ­Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, taşabbuskorligi, öqişdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalarida va jamoatçilik faoliyatida erişgan alohida yutuqlari uçun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlaş töğrisidagi takliflari ilovadagi röyxatga muvofiq maʼqullansin.
  2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va kökrak nişonlari topşirilsin.
  3. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilişini taʼminlasin.
  4. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erişgan yutuqlarini keng yoritib boriş tavsiya etilsin.
  5. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Ğ.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

 

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti Ş.MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2026 yil 3 mart

Özbekiston Respublikasi Prezidentining

2026 yil 3 martdagi PQ–76-son qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar RÖYXATI

Satniyazova Indira Qaniyaz qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqiç talabasi (Qoraqalpoğiston Respublikasi)

Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqiç magistranti (Qoraqalpoğiston Respublikasi)

Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi – Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqiç magistranti (Andijon viloyati)

Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi – Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqiç magistranti (Andijon viloyati)

Ergaşova Mehriniso Husniddin qizi – Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqiç magistranti (Buxoro viloyati)

Fayzullayeva Vazira Xamidovna – Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqiç magistranti (Buxoro viloyati)

Tursunova Visola Behzodovna – Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqiç talabasi (Jizzax viloyati)

Jöraboyeva Muhsina Orif qizi – Özbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)

Murodova Marjona Şuxrat qizi – Bojxona institutining xalq­aro hamkorlik bölimi inspektori (Qaşqadaryo viloyati)

Amirova Latofat Bahrom qizi – Erkin ijodkor, şoira (Qaşqadaryo viloyati)

Qudratova Maşxura Fazliddin qizi – Navoiy şahridagi Prezident maktabining 11-sinf öquvçisi (Navoiy viloyati)

Haydarova Laziza Nabijon qizi – Navoiy davlat universitetining 2-bosqiç talabasi (Navoiy viloyati)

Ergaşova Xuşnozaoy Toxirjon qizi – M.Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)

Ismoilova Gulşanoy Şuhrat qizi – Özbekiston Milliy universitetining 1-bosqiç talabasi (Namangan viloyati)

Mamedova Amaliya Parvizovna – Samarqand şahridagi 33-umumiy örta taʼlim maktabining 11-sinf öquvçisi (Samarqand viloyati)

Tohirova Mohigul Umir qizi – Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand ­viloyati)

Mingboyeva Zulxayo Uluğbek qizi – Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf öquvçisi (Sirdaryo viloyati)

Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi – Özbek milliy maqom sanʼati markazining Sirdaryo viloyati bölimi sozandasi (Sirdaryo viloyati)

Ibrogimova Nodira Jurabekovna – Toşkent şahridagi “Shkola 21” nodavlat taʼlim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)

Şokirova Gulhayyo Öktam qizi – Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining 1-bosqiç magistranti (Surxondaryo viloyati)

Uralova Gulhayo Baxodir qizi – Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining özbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqiç tayanç doktoranti (Toşkent viloyati)

Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi – Yuqori Çirçiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va sanʼat maktabining badiiy kaştaçilik öqituvçisi (Toşkent viloyati)

Jöraboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi – Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farğona viloyati)

Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi – Farğona şahridagi Prezident maktabining 11-sinf öquvçisi (Farğona viloyati)

Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi – Urganç davlat tibbiyot institutining katta öqituvçisi (Xorazm viloyati)

Dösmetova Şahzoda Dösmet qizi – Özbek milliy maqom sanʼati markazining Xorazm viloyati bölimi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)

Saranseva Anastasiya Olegovna – Mirzo Uluğbek tumanidagi 208-umumiy örta taʼlim maktabining 11-sinf öquvçisi (Toşkent şahri)

Mavlonova Sevinç Sanjar qizi – “Yangi Özbekiston” universitetining 2-bosqiç talabasi (Toşkent şahri)

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan