Pokistonning nufuzli “24 News HD” telekanalidagi “Noor-e-Ramzan” teleşousining navbatdagi soni Özbekistonga bağişlandi

Pokistonning ommabop “24 News HD” telekanalida Ramazon oyi munosabati bilan namoyiş etiladigan maşhur “Noor-e-Ramzan” teleşousining navbatdagi soni Özbekistonga bağişlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur teledastur Pokistonda Ramazon oyi davomida har kuni iftor vaqtida töğridan-töğri efirda namoyiş etiladi. Özbekistonga bağişlangan maxsus sonda Özbekistonning Pokistondagi elçixonasi maslahatçisi Ravşan Alimov öz oilasi bilan, şuningdek, Özbekiston Turizm brendi elçisi Çaudri Xamid Maxmud iştirok etdi.

Dastur davomida Pokiston va Özbekiston örtasidagi turizm, mehmonxona biznesi hamda madaniy meros sohalaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Ikki mamlakat örtasidagi tarixiy va maʼnaviy aloqalar ildizlari Buyuk ipak yöli davriga borib taqalişi taʼkidlandi.

Teleşou davomida Özbekistonda Ramazon oyini nişonlaş anʼanalari, jamoaviy iftorliklar, xayriya tadbirlari va maʼnaviy qadriyatlar haqida sözlab berildi. Şuningdek, mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlari hamda Samarqand, Buxoro, Xiva va Toşkent şaharlarining boy tarixiy merosi haqidagi muhim maʼlumotlar tomoşabinlar eʼtiboriga taqdim etildi.

Taʼkidlanganidek, mazkur muqaddas maskanlar va tarixiy şaharlar har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab ziyoratçilar va sayyohlarni jalb etib, Özbekistonning boy tarixiy merosi va ziyorat turizmi salohiyatini namoyon etmoqda.

Dasturda “Toşkent — Islomobod” va “Toşkent — Lahor” şaharlari örtasida haftasiga ikki marta amalga oşirilayotgan töğridan-töğri aviaqatnovlar Özbekiston va Pokiston xalqlarini yanada yaqinlaştirişda muhim ahamiyat kasb etayotgani urğulandi. Qayd etilganidek, 2025 yil davomida uşbu aviaqatnovlardan 30 mingdan ziyod yölovçi foydalangan. Şuningdek, ötgan yili 18 mingdan ortiq pokistonlik sayyoh Özbekistonga borgan.

Teledastur davomida mamlakatimizning tarixiy va madaniy ziyoratgohlariga bağişlangan maxsus videoroliklar ham namoyiş etildi.

Körsatuv doirasida Özbekiston diplomatlari oilasi özbek milliy taomi — Toşkent töy palovini tayyorladi. Şuningdek, özbek somsasini tayyorlaş böyiça master-klass ötkazildi. Milliy şirinliklar — nişolda, sumalak, Qöqon holvasi va çak-çak tayyorlaş anʼanalari haqida maʼlumot berildi. Dastur yakunida tayyorlagan palov iftorlik dasturxoniga tortildi.

Maʼlumot uçun aytiş kerakki, “24 News HD” telekanalining “YouTube” kanalida 9,5 million, “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida esa 1 milliondan ortiq obunaçilari bor.

“Dunyo” AA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan