Xitoyda Özbekiston turizm yiliga start berildi
Pekin şahrida “Xitoyda Özbekiston turizm yili”ning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbir mamlakatimiz elçixonasi, Özbekiston Turizm qömitasi, Xitoy madaniyat va turizm vazirligi hamda Xalqaro turizm taşkiloti (UNWTO) hamkorligida taşkil etildi.
Tantanali marosimda Xitoyning turli vazirlik va idoralari, yirik sayyohlik kompaniyalari, madaniyat taşkilotlari, OAV vakillari iştirok etdi.
Iştirokçilar sönggi yillarda Özbekistonda sayyohlik sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, xorijiy turistlar uçun yaratilayotgan qulay şaroitlar, mamlakatimizning turizm salohiyati va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot olişdi.
Xitoy madaniyat va turizm vaziri örinbosari Lu Inçuan Özbekiston Xitoy fuqarolari uçun jozibali sayyohlik maskaniga aylanib borayotganini taʼkidladi.
UNWTO boş kotibi Zurab Polikaşvili öz nutqida, Özbekiston yuksak turizm salohiyatiga ega mamlakat ekanligini alohida qayd etib, UNWTO sayyohlik sohasida Özbekiston bilan yaqindan hamkorlikni faol davom ettirişini qayd etdi.
Tadbir davomida, şuningdek, turizm va investitsiyalar böyiça biznes-forum, taqdimotlar va “B2B” uçraşuvlari ötkazildi.
Mehmonlar eʼtiboriga Özbekiston sanʼat ustalari iştirokida konsert dasturi namoyiş etildi. Şuningdek, iştirokçilarga milliy taomlar ulaşildi.
“Xitoyda Özbekiston turizm yili” doirasida Pekin, Şanxay, Guançjou, Xançjou, Sian, Tyanszin, Şençjen, Çendu va boşqa köplab şaharlarda turli madaniy, turistik va iqtisodiy tadbirlar, mediaturlar, sayyohlik kompaniyalari taşriflari, Xitoy ommaviy axborot vositalarida turkum maqola va körsatuvlar taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 dekabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy taşqi işlar vaziri Van I özaro vizadan ozod qiliş töğrisidagi hukumatlararo bitimni imzoladilar.
Bitimga muvofiq, Özbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kiriş, undan çiqiş yoki tranzit qiliş uçun 30 kungaça muddatga viza talablaridan ozod qilinadi.
“Dunyo” AA,
Pekin şahri.
