Şuhrat ORIPOV Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi
Oripov Şuxratjon Orip öğli (Şuhrat Orif) Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi etib iş boşladi. Bu qaror Jurnalistlar uyuşmasi Boşqaruvining joriy yil 6 mart kuni bölib ötgan yiğilişida qabul qilindi.
Şuhrat Oripov mehnat faoliyatini 1999 yilda jurnalist sifatida boşlagan. U bir qança matbuot naşrlarida, Özbekiston televideniyesida faoliyat yuritgan.
Keyinçalik davlat va jamoat taşkilotlarida (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida), şuningdek, siyosiy partiya (ÖzLiDeP) tizimida axborot siyosati va matbuot xizmati yönalişlarida işlagan. Tayinlovga qadar “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB Axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Maʼlumot uçun, Şuhrat Oripov — 1981 yili Farğona viloyatining Uçköprik tumanida tuğilgan.
Özbekiston Milliy universiteti va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
Jamoatçilik bilan aloqalar va xalqaro munosabatlar böyiça magistr darajasiga ega.
Uning publitsistik maqolalari respublika naşrlarida doimiy çop etib kelinadi. Ijodiy asarlari turk, rus, ozarbayjon, qozoq, qirğiz tillarida naşr etilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “Şuhrat” medali hamda “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
